Transport litseyi
579 subscribers
2.14K photos
121 videos
21 files
744 links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
⭕️ “ENG ILG’OR HARBIY GURUH” MUSOBAQASI YAKUNIY JARAYONIDAN

🔷 2024-yil 17-may kuni TDTrU akademik litseyida bitiruvchi kurs o’quvchilari o’rtasida ChQBT kursining yakuni sifatida “Eng ilg’or harbiy guruh” musobaqasi bo’lib o’tdi.

🔶 Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, kurs davomida olgan nazariy va amaliy bilimlarni qiziqarli va tezkor shartlar orqali topshirish kerakligini aytib o’tdi.

🦠 Har bir jamoa tomonidan saf tortib yurish, qo’shiq aytish, AK-47 avtomatni yig’ish, gaz niqobini to’g’ri va tez kiyish, jarohatlangan jangchini xavfsiz joyga olib borish kabi mas'uliyatli va quvnoq shartlar mahorat bilan namoyish etildi.

🏆 Hakamlar qarori bo’yicha g’oliblar aniqlandi va esdalik sovg'alari topshirildi.

🥇-o’rin: “Lochinlar” (6-22-gr);
🥈-o’rin: “Shunqorlar” (2-22-gr);
🥉-o’rin: “Everest” (5-22-gr);
🥉-o’rin: “Navqiron Temurbeklar” (1-22).

💐 Tadbirni tashkillashtirgan ChQBT rahbari Sh.Xanxadjayevga va o’quvchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
📚 “KITOBXONLIK OYLIGI”NING YAKUNIY FINAL BOSQICHI

1-KURS KITOBXON O'QUVCHILAR DIQQATIGA!

🔴 So'nggi O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning "Qiziquvchan Matmusa" asari bo'yicha tayyorgarlikni boshlang.

📍IZOH: So'nggi asardan "Matmusaning qishlog'i", "Matmusaning qalpog'i", "Matmusaning lagani", "Matmusaning tandiri", "Matmusaning uylanishi", "Qiziquvchan Matmusa" bo'limlaridan savollar tushadi.

O'tkazish vaqti: 2024-yil, ...

📍4 ta asar doirasida eng yuqori ochkoni to'plagan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi.

🥇-o'rin: mobil telefon (jamoa sardori) va badiiy kitob (jamoa a'zolari)ga.
🥈-o'rin: esdalik diplom va sovg'alar (jamoa a'zolari)ga.
🥉-o'rin: esdalik diplom va sovg'alar (jamoa a'zolari)ga.

💎 2024-yilning "Eng kuchli Zakovat jamoasi"ni aniqlashda oz vaqt qoldi.

💐 Barcha jamoalarga omad yor bo'lsin!

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
⭕️ “ICHKI ISHLAR XODIMLARI VA O’QUVCHI-YOSHLAR UCHRASHUVI”

🔵 2024-yil 21-may kuni TDTrU akademik litseyida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “O’quvchi yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish choralari” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

🟣 Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, mavzu doirasida fikr bildirib mehmonlarni tanishtirib o’tdi.

🟢 Tadbirda IIBB terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili, podpolkovnik A.Otaxo’jayev, kapitan X.Gaynazarov, shuningdek, tuman IIO FMB Xotin-qizlar inspektorlari Sh.Damirova, N.Pulatova hamda G.Ishanxanovalar ishtirok etdi.

🟠 Bugun yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, bir-birini kamsitish holatlari, mobil telefon orqali noto’g’ri yo’lga kirish, birovga qaram bo’lish, joniga qasd qilish, shahvoniy shilqimlik kabi keng qamrovli mavzular mutaxassislar tomonidan tushuntirib o'tildi.

🔴 O’quvchi-yoshlarga mavzuga oid tavsiyalar berildi va videoroliklar ko'rsatildi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ 2024-yil 17-may kuni TDTrU akademik litseyida bitiruvchi kurs o’quvchilari o’rtasida ChQBT kursining yakuni sifatida o'tkazilgan “Eng ilg’or harbiy guruh” tadbiridan lavhalar.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ Joriy yilning may oyida TDTrU akademik litseyida Rossiya transport universiteti, Toshkent davlat transport universitetlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan ochiq muloqot uchrashuvi tadbiridan lavhalar.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
⭕️ DIQQAT E’LON!!!

🏆 “REKTOR STIPENDIYASI” TANLOVIGA MARHAMAT!

👮👮 Ilmga chanqoq aiziz o’quvchi-yoshlar. “Rektor stipendiyasi” tanlovi siz uchun katta imkoniyatlar eshigi.

⛪️ Yangi o’quv yilidan boshlab har o’quv semestr yakuni bo’yicha "Rektor stipendiyasi"ni joriy qilish to'g'risidagi Nizomda keltirib o'tilgan talab (kretiya)larga javob beruvchi o’quvchilar “Rektor stipendiyasi” bilan taqdirlanadi.

🩸Nizomda keltirib o'tilgan talab (kretiya)larning to'liq ro'yxatini Yoshlar bilan ishlash bo'limidan olishingiz mumkin.

🥇Stipendiyani qo'lga kiritish uchun hozirdan harakatni, o'z ustingizda ishlashni boshlang aziz o'quvchi-yoshlar!

🎗BARCHANGIZGA OMAD YOR BO'LSIN!

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube