Transport litseyi
814 subscribers
2.93K photos
172 videos
22 files
1.01K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
🚀 Orzular sari yangi sahifa |

Aziz o‘quvchilar va ota-onalar! Sizlarni Toshkent Davlat Transport Universiteti Akademik Litseyida bo‘lib o‘tadigan unutilmas bitiruv tadbiriga taklif qilamiz!

🌟 Bu kun — yillar davomida qo‘lga kiritilgan bilim va tajribaning guli ochiladigan, yangi orzular sari parvoz boshlanadigan kundir!

🗓 Sana: 14-iyun soat 08:00
📍 Manzil: Akademik litsey hovlisi

🎤 Dasturda:
Bayramona chiqishlar
🎶 Musiqa va qo‘shiqlar
🎓 Diplom topshirish marosimi
📸 Esdalik suratlar hamda samimiy tilaklar

#Bitiruv2025 #AkademikLitsey #Yangibosqich

🌐 Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Qabul #AkademikLitsey

📣 2025/2026-o‘quv yili uchun QABUL BOSHLANDI!

🏛 Toshkent davlat transport universiteti Akademik litseyi
Sizni bilimga, texnologiyaga va kelajakka yetaklovchi makonga taklif qiladi!


📅 Hujjatlarni 10-iyundan, 10-iyulgacha my.edu.uz portali orqali topshirishingiz mumkin.

🧾 Kerakli hujjatlar: Tug‘ilganlik guvohnomasi, 9-sinf shahodatnomasi, 3x4 rasm.

Imtihonlar quyidagi yo‘nalishlar uchun bo‘lib o‘tadi:

• Aniq fanlar - 1 texnika (fizika, matematika, IQ)
• Aniq fanlar - 2 iqtisod (matematika, ingliz tili, IQ)
• Xorijiy tillar (ona tili, adabiyot ingliz tili, IQ)

📍 Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi - 107

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:+998936645556

🚀 Kelajagingizni biz bilan quring!


🌐 Akademik litsey sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook
📣 OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Aziz ota-onalar va 9-sinf bitiruvchilari!

Sizlarni 🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida bo‘lib o‘tadigan Ochiq eshiklar kuniga taklif qilamiz!

📃 Bu kunda siz:
Litsey hayoti, imkoniyatlari va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishingiz,
• Ta’lim yo‘nalishlari va kirish imtihonlari haqida batafsil ma’lumot olishingiz,
• Litseyda o‘qib muvaffaqiyatga erishgan bitiruvchilarimiz bilan uchrashib, ularning hayotiy tajribalari va maslahatlarini tinglashingiz mumkin boʻladi.


🤝 14-iyun kuni, soat 08:00 dan boshlab barchani kutib qolamiz

📍 Manzil: Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi hovlisi

Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefon: +998936645556

#OchiqEshiklarKuni #AkademikLitsey

🚀 Kelajagingizni biz bilan quring!

🌐 Akademik litsey sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook
🎓 Bitiruv – 2025!

Bugun Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida unutilmas “Bitiruv tadbiri” bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida tantanali tarzda boshlandi.

#Bitiruv2025 #AkademikLitsey

🌐 Akademik litsey sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook
🎓 Bitiruv – 2025!

Tadbirning tantanali ochilish marosimida martabali mehmonlar ishtirok etishdi. Ular bitiruvchilarga samimiy tilaklar tilab, mustahkam bilim, yuksak maqsad va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishlarini tilab, ularni kelajakda yetuk mutaxassislar sifatida ko‘rishga umid bildirdilar.

Bunday ezgu so‘zlar bitiruvchilarimizga katta ilhom va kuch bag‘ishladi.

#Bitiruv2025 #AkademikLitsey

🌐 Akademik litsey sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook
🎓 Bitiruv – 2025!

Tadbirning eng hayajonli lahzalaridan biri bu – bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘ldi. Har bir bitiruvchi sahnaga tantanali ohanglar ostida taklif etilib, o‘z diplomini katta faxr va hayajon bilan qabul qilib oldi.

🎉 Shuningdek, yil davomida o‘zining fidokorona mehnati va yuksak mas’uliyati bilan ajralib turgan o‘qituvchilar hamda o‘zining namunali xulqi va a’lo baholari bilan boshqalarga ibrat bo‘lgan o‘quvchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

#Bitiruv2025 #AkademikLitsey

🌐 Akademik litsey sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook
🎓 Bitiruv – 2025!

🎉 Bayram munosabati bilan tadbir davomida ko‘ngilochar chiqishlar ham tashkil etildi. Bitiruvchilarning o‘zlari tayyorlagan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

📸 Tadbir so‘ngida barcha bitiruvchilar, o‘qituvchilar va mehmonlar esdalik suratlariga tushib, bu unutilmas kunni xotira sifatida qalblariga muhrlab oldilar.

🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi jamoasi barcha bitiruvchilarni chin qalbdan tabriklaydi va ularga yorqin kelajak, bardavom muvaffaqiyatlar tilaydi!

#Bitiruv2025 #AkademikLitsey

🌐 Akademik litsey sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Bitiruv - 2025!

🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan bitiruv tadbiri "Zamon" informatsion dasturi nigohida.

#Bitiruv2025 #AkademikLitsey

🌐 Akademik litsey sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook
#Qabul #AkademikLitsey

📣 2025/2026-o‘quv yili uchun QABUL BOSHLANDI!

🏛 Toshkent davlat transport universiteti Akademik litseyi
Sizni bilimga, texnologiyaga va kelajakka yetaklovchi makonga taklif qiladi!


📅 Hujjatlarni 10-iyundan, 10-iyulgacha my.edu.uz portali orqali topshirishingiz mumkin.

🧾 Kerakli hujjatlar: Tug‘ilganlik guvohnomasi, 9-sinf shahodatnomasi, 3x4 rasm.

Imtihonlar quyidagi yo‘nalishlar uchun bo‘lib o‘tadi:

• Aniq fanlar - 1 texnika (fizika, matematika, IQ)
• Aniq fanlar - 2 iqtisod (matematika, ingliz tili, IQ)
• Xorijiy tillar (ona tili, adabiyot ingliz tili, IQ)

📍 Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi - 107

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:+998936645556

🚀 Kelajagingizni biz bilan quring!


🌐 Akademik litsey sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook