Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.77K subscribers
36.1K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 12-sonli maktabga tashrif buyurib, ta’lim-tarbiya jarayonlarining borishi bilan tanishdi. Viloyat rahbari maktabda otalar bilan o‘tkazilayotgan kitob targ‘iboti tadbirida ham ishtirok etdi. Tadbirda otalar va nuroniylar hamda o‘qituvchilar bilan suhbat qilindi.

Suhbat davomida yosh avlodning ta’lim va tarbiyasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Farzandlarni ilm o‘rganishga qiziqtirish, ta’limga jalb qilishda “maktab-mahalla-oila” hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Viloyat rahbari ushbu ta’lim maskani misolida shaharning barcha maktablarida ta’lim jarayonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

#Surxondaryo #maktab #otalaryigilishi #talimtarbiya

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh