Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda Termiz shahri va boshqa tumanlar yoshlari ham videokonfrensaloqa tarzida ishtirok etishdi. Markaziy va hududiy studiyalar orqali yoshlar bilan muloqot qilinib, mutasaddilarga ularning muammolarini hal etish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilab berildi.

Uchrashuvdan so‘ng tibbiyot muassasalarida dori-darmonlarning ishlatilishi ahvoli muhokama qilindi. Mutasaddilarga fuqarolarimizning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini so‘zsiz ta’minlash, bu borada doimiy va qat’iy nazorat o‘rnatish vazifalari yuklandi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1776

#Surxondaryo #yoshlar #ochiqmuloqot #tibbiyot #doridarmon

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari, axborot xizmatlari rahbarlari ishtirokida Termiz muhandislik-texnologiya institutida OAV vakillari hamda blogerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda vohamizda keng ko‘lamli islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan loyihalar, kelgusidagi rejalar xususida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, faollar tomonidan ko‘tarilayotgan murojaat va masalalarning hal etilishi, hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida tahlil qilindi.

#Surxondaryo #OAV #faollar #ochiqmuloqot

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh