Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.77K subscribers
36.1K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda yangi investitsiya loyihalari bilan tanishish maqsadida Termiz shahri va Termiz tumanidagi qator obyektlarga tashrif buyurdi.

Xususan, Termiz shahrida xostel, ko‘p tarmoqli xususiy klinika, lak bo‘yoq va pardozlash mahsulotlari ishlab chiqarish hamda milliy shirinliklar tayyorlash korxonalari faoliyati hamda Termiz tumanida parrandachilik klasteri va “Termiz xalqaro savdo markazi” hududida Fonon zargarlik loyihasini tashkil etish ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining 2024-yil 1-yarim yilligidagi faoliyati hamda Prezidentimizning “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan mutasaddilarning taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2146

#Surxondaryo #investitsiyaloyihalari #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X