Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.77K subscribers
36.1K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri Manguzar mahallasida bo‘lib, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va tozalash ishlarining borishi hamda infratuzilma holati bilan tanishdi.

Hududda infratuzilmani yaxshilash, huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish hamda jinoyatchilikdan holi mahallaga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi” axborot berdi.

Viloyat rahbari bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish lozimligini ta’kidlab, hududdagi ko‘p qavatli turar joylar atrofi tartibga keltirilmaganligi, BSKlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmaganligini tanqid qildi.

Shahar hokimi va mutasaddilarga qisqa muddatda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etib, BSKlar faoliyatini tashkil etish vazifasi topshirildi.

#Surxondaryo #Manguzar #jinoyatchilikdanholihudud #BSK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X