Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.6K photos
4.86K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Termiz shahrida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi!

Bugun Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida, shahar hokimi O’.To’rayev, Xalq qabulxonasi mudiri Q.Xolmatov va respublika ishchi guruhi vakillari ishtirokida shaharda yashovchi fuqaro va tadbirkorlarning muammolarini bevosita hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabul bo’lib o’tdi.

Qabulda shahar va viloyat rahbarlari, shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimi O’.Hamraev, Mahallalar uyushmasi xodimi S.Mirzayev hamda boshqa aloqador idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Shahardagi “Majnuntol”, “Bog’ishamol” hamda boshqa mahallalardan 50 nafardan ortiq fuqarolar o’z muammolari bilan murojaat qilishdi. Murojaatlar turli sohalarni qamrab olib, fuqarolar tomonidan ko’plab dolzarb masalalar ko’tarildi. Shahar prokurori X.Mamatqulov, IIB boshlig’i M.Boltayev, Adliya bo’limi boshlig’i G.Tilovqobilov, shahar hokimi o’rinbosarlari va boshqa mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘tkazilgan ushbu qabulda, har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, muammoning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shahar va viloyat rahbarlari tomonidan fuqarolarni tinglash, ularning ehtiyojlari va muammolarini hal etish borasida samarali chora-tadbirlar ko’rish ta’kidlandi.

Ommaviy sayyor qabul davomida fuqarolar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va ko’plab masalalar bo‘yicha tezkor yechimlar topildi. Ushbu tadbirning o‘tkazilishi aholi va davlat organlari o‘rtasida bevosita aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish uchun samarali mexanizm sifatida xizmat qilmoqda.

Bunday sayyor qabul tadbirlar davom etadi va aholining barcha qatlamlarining murojaatlari inobatga olinadi.

#Termiz #OmmaviyQabul #FuqarolarMurojaati #Surxondaryo #XalqQabulxonasi #Mahalla #DavlatXizmatiniRivojlantirish

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram