Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣SHAHAR TIBBIYOT MUASSASASIDA AMALIY TASHRIF O‘TKAZILDI

Bugun Viloyat hokimining o’rinbosari I.Saparov, Termiz shahar hokimi Sh.Lolayev shahar tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tibbiyot muassasasining faoliyati, mavjud shart-sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishildi.

Shahar hokimi joylarda mavjud kamchilik va muammolarni o‘rganib, muassasa rahbariyati hamda tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Jarayonda tibbiy xizmat sifati, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minot, xodimlar soni va ularning ish sharoitlariga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tibbiyot birlashmasi rahbariyati va xodimlar tomonidan bir qator taklif va mulohazalar ilgari surilib, ularning har biri alohida qayd etildi. Shahar hokimi bu takliflarni amaliy jihatdan ko‘rib chiqish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Uchrashuv yakunida Sh.Lolayev tibbiyot tizimi faoliyatini takomillashtirish, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida mavjud kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish zarurligini ta’kidlab, tibbiyot birlashmasi rahbariyatiga muayyan vazifalarni belgilab berdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb90Kun

🟢Termiz davlat universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va mustahkam hayotiy qarashlarini shakllantirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

🟢Shu jumladan, talabalarning ruhiy olami, irodasi va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi "Garov" nomli o‘zbek badiiy filmi namoyish etildi.

🟢Film tomoshasi davomida talabalar chuqur hayajon va qiziqish bilan voqealarni kuzatdilar. Unda ilgari surilgan ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy g‘oyalar yoshlarda yuksak insoniy fazilatlar — fidoyilik, jasorat, va sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM