Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🩺🗣Termiz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika katta hamshirasi Chorshanbiyeva Salomat Pardayevna O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi – Hamshira-2025” ko‘rik-tanlovida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Ushbu yutuq – nafaqat Termiz shahri, balki butun Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari uchun katta g‘urur va motivatsiya manbai bo‘ldi. Fidokorona mehnatlari, kasbiga bo‘lgan sadoqati, bemorlar salomatligiga mas’uliyat bilan yondashuvi tufayli erishilgan ushbu yutuq – tibbiyot sohasidagi fidoyi ayol mehnatiga berilgan munosib e’tibordir.

Termiz shahar hokimligi jamoasi nomidan Chorshanbiyeva Salomat Pardayevnani ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz, kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar, sog‘liq, bardavom muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Aholidan energiya xarajatlari uchun kompensatsiya olish bo‘yicha arizalar hali ham qabul qilinmoqda!

Elektr yoki gazdan ko‘p foydalanadigan ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan yordam puli — ya’ni kompensatsiya berilyapti. Bu orqali aholining xarajatlari yengillashtirilayapti, ijtimoiy tenglik ta’minlanyapti.

📊Bugungi kunga qadar 277 719 ta oila ariza topshirgan. Shulardan:

240 018 tasi — ijtimoiy himoya reyestrida yoki kambag‘al oilalar ro‘yxatidan;
37 701 tasi — ro‘yxatga kirmagan, lekin og‘ir ahvoldagi oilalardan.

💰Ushbu yordam moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Arizalar ko‘rib chiqilyapti, ehtiyoj baholanyapti va kompensatsiyalar tayinlanyapti.

✏️Agar siz hali ariza topshirmagan bo‘lsangiz — yashab turgan mahallangizdagi ijtimoiy xodimga, “Inson” markaziga yoki 1140 qisqa raqamiga murojaat qiling.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Surxondaryoda yoshlar oyligiga start berildi

Respublikamiz bo'ylab o‘tkazilayotgan iyun oyi - “Yoshlar oyligi” festivali doirasida Termiz shahrining "San’at saroyi" yozgi amfiteatr maydonida "Vatan turnesi festivali" tashkil etildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM