🗣Termiz shahar Sport maktabi Dzyudo murabbiylari hamda Surxon Viloyati Dzyudo federatsiyasi 11-sonli maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi⏺Termiz shahar Sport maktabi Dzyudo murabbiylari hamda Surxon Viloyati Dzyudo federatsiyasi Termiz shahridagi 11-sonli maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, dzyudo sportining foydalari va uning yoshlar rivojlanishidagi ahamiyati haqida ma’lumot berdilar. Tadbir davomida sport bilan muntazam shug‘ullanish jismoniy hamda ruhiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, dzyudo insonda matonat, chidamlilik va intizomni shakllantirishga yordam berishi ta’kidlandi.
⏺Murabbiylar maktab o‘quvchilarini, ayniqsa, qizlarni dzyudo sportiga jalb etish maqsadida Termiz shahar Sport maktabiga taklif qilishdi. Uchrashuv interaktiv tarzda o‘tib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yakunida sport bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar uchun klubda yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirish berildi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram