Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.7K photos
4.86K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termiz shahar sport maktabi xodimlari 4-sonli maktabda sport targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi

Termiz shahar sport maktabi xodimlari Termiz shahridagi 4-sonli maktabda sportning ahamiyatini targ‘ib qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazishdi. Tadbir davomida o‘quvchilarga sportning jismoniy va ruhiy salomatlikka foydasi, muntazam mashg‘ulotlarning inson hayotidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularga yaratilgan sharoitlar va sport maktabida mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Targ‘ibot tadbiri interaktiv ruhda o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir yakunida sport maktabiga qiziqishi bor yoshlarni muntazam shug‘ullanishga chorlovchi tavsiyalar berildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣FOTOREPORTAJ | Milliy liboslar kunining o'zi o'zgacha bayram!

O‘zbek milliy liboslari – xalqimizning boy madaniyati, an’analari va turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liq. Ularning yorqinligi, nafisligi va qulayligi azaldan ajdodlarimiz hayotida muhim o‘rin tutgan.

Termiz garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari ham ushbu qadriyatlarni ulug‘lash maqsadida “Milliy trend chellenji”da faol ishtirok etmoqda. Yurt posbonlari oila a'zolari bilan milliy liboslarda hamda harbiy orkestor jamoasi milliy kuy ijrosida Termiz davlat pedagogika institutida tashkil etilgan sumalak sayliga kelib, o‘zligimizni ifodalovchi milliylik madaniyatini keng targ‘ib qilishga hissa qo‘shmoqda.

Ushbu tashabbus milliy liboslarimizni ommalashtirish, ularning zamonaviy hayotimizda ham muhim o‘rin egallashini ko‘rsatish hamda yoshlarga milliy qadriyatlarimizni sevish va qadrlash ruhini singdirish yo‘lida katta ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM