Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Termizda BMT va Shveytsariya bilan hamkorlikda mahalliy boshqaruv tizimi takomillashmoqda

Bugun Termiz shahar hokimi Sh. Lolayev boshchiligida Shveytsariya Taraqqiyot va Hamkorlik agentligi (SDC) vakili Tyerri Umber rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv BMTning “Yoshlar va bolalar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiya qilish” qo‘shma dasturi doirasida tashkil etildi. Ushbu tashabbus doirasida Termiz shahar hokimligi, “Yuksalish” harakati va BMT agentliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Dastur mahalliy hokimiyatni yoshlar va bolalar ehtiyojlariga yo‘naltirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash, xalqaro tajribalarni joriy etishga qaratilgan.

Uchrashuvda boshqaruvdagi vakolatlar aniqligi, moliyaviy mustaqillik, ishtirokli byudjet, yoshlar maslahatchi kengashlari va innovatsion yechimlar muhokama qilindi.

Bunday hamkorliklar orqali Termiz shahrida aholiga qulay, zamonaviy va ishonchli boshqaruv tizimi shakllantirilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida xalqaro delegatsiya ishtirokida muhim uchrashuv va muloqotlar bo‘lib o‘tdi

Termiz shahrida “Yoshlar va bolalar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiya qilish” bo‘yicha SDC – Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanayotgan BMTning UNICEF, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikdagi qo‘shma loyihasi doirasida qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvlarda Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining Kavkaz, Markaziy va Sharqiy Osiyo bo‘limi boshlig‘i Tyerri Umber boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Delegatsiyaning tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:

💬O‘zbekistonning yangi mahalliy boshqaruv dasturi bilan yaqindan tanishish va uning amaliyotda qanday joriy etilayotganini baholash;
💬Mahalliy hokimiyatlar nuqtai nazaridan mamlakatdagi boshqaruv va nomarkazlashtirish islohotlari bilan tanishish;
💬Hududiy hamkorlik doirasida boshqaruv sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar va imkoniyatlarni muhokama qilish.

Termiz shahar hokimi bilan delegatsiya uchrashuvidan so‘ng Yoshlar maslahat kengashi bilan interaktiv sessiya o‘tkazildi. Shuningdek, Termiz shahar Mahalliy ishchi guruhi bilan alohida muhokamalar tashkil qilindi.

Delegatsiya tarkibida quyidagi mehmonlar ishtirok etdi:

💬Andrin Fink – Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi missiyasi rahbari o‘rinbosari, Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi vakolatxonasi rahbari
💬Ursula Keller-Alzawi – Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari
💬Shamshod Yunusov – Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasida milliy dastur koordinatori

Termiz shahridagi mazkur uchrashuvlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, mahalliy boshqaruvni inklyuziv asosda takomillashtirish va yoshlar ishtirokini kengaytirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Dolzarb 90 kun” doirasida mehnat yarmarkasi Termiz shahrida boʻlib oʻtdi!

Bugun Termiz shahrida 12-maktab hududida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida keng koʻlamli mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda 250 nafar bitiruvchi va ishsiz yoshlar ishtirok etib, ularga bo‘sh ish o‘rinlari haqida tushuncha berilib shundan 20 nafariga yo'llanma berildi.

🔹 Boʻsh ish oʻrinlari taklif qilindi
🔹 Oʻzini oʻzi band qilmoqchi boʻlganlar uchun maslahatlar berildi
🔹 Professional tayyorgarlik va kasbga oʻqitish imkoniyatlari tanishtirildi
🔹 Yoshlar, ayollar va ishsiz fuqarolar faol ishtirok etdi

Mazkur yarmarka ishsizlikni kamaytirish, aholi bandligini oshirish hamda fuqarolarni munosib mehnat sharoitlariga yoʻnaltirish maqsadida tashkil etildi.

#MehnatYarmarkasi #Dolzarb90Kun #Bandlik #Termizshahar #IshgaJoylashish #YoshlarKelajagimiz

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida Qurbon hayiti arafasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Muqaddas Qurbon hayiti bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab, ayniqsa mahalliy jamoalarda ezgu an’analar asosida hashar va obodonlashtirish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Termiz shahrida ham ushbu xayrli ishlar keng qamrovda amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun erta tongdan shahar hududidagi “Chegara” mahallasida joylashgan tarixiy va muqaddas maskan — “Sulton Saodat” qabristonida umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida qabriston atrofini tozalash, mavjud qabrlarni suvoqlash, yo‘laklarni tekislash, daraxt va butalarni parvarishlash, chiqindilarni chiqarib tashlash ishlari uyushqoqlik bilan olib borildi.

Hashar ishlarida mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, turli soha vakillari va tegishli tashkilotlar xodimlari hamjihatlikda ishtirok etdi. Ularning barchasi Qurbon hayiti kabi ulug‘ ayyomni ozoda, fayzli va muqaddas muhitda qarshi olish maqsadida bir yoqadan bosh chiqarib, fidoyilik ko‘rsatmoqda.

Ayni damda shaharning boshqa qabriston va ziyoratgohlarida ham shu kabi ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Bunday sa’y-harakatlar yurtdoshlarimizning o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikda ezgu an’analarni asrab-avaylash yo‘lidagi yuksak madaniyatidan dalolat beradi.

💬Hashar ishlari davom etmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM