MKBANK
11.6K subscribers
2.15K photos
283 videos
1.16K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
🔰Bugundan O‘zbekistondagi barcha ta'lim dargohlarida yangi o‘quv yili boshlandi

Barcha o‘quvchilar hamda talabarni hayotning yana bir pog‘onasiga ko‘tarilganlari bilan tabriklaymiz. Boshlangan o‘quv yili omadli hamda muvaffaqiyatli bo‘lsin! Unutmang, sifatli ta'lim kelajakdagi yuqori marralaringizning asosiy qismidir.

Ilm yo‘lidagi harakatlaringizda Sizga shijoat hamda yengilmas iroda tilab qolamiz. Ustozlarimizga esa o‘z faoliyatlari davomida qat'iyat hamda salomatlik yor bo‘lsin.

👉Mikrokreditbank tomonidan ajratilayotgan imtiyozli shartlardagi ta'lim kreditlari haqida batafsil.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
07/09/2021

#kurs_valyuta
🔰Milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari yordamida yurtimiz bo‘ylab masofalarni qisqartiring!

Mikrokreditbank yordamida uzoqdagi yaqinlaringizga bir zumda pul jo‘natishingiz mumkin.

👉Pulni milliy valyutada bankning istalgan filialiga topshirasiz va yaqinlaringiz shu ondayoq o‘zlariga qulay bo‘lgan filialimiz orqali mablag‘larni naqd pul yoki naqdsiz (mijoz istagiga ko‘ra) shaklda olishlari mumkin.

Mikrokreditbank pul o‘tkazmalari — tez, oson va xavfsiz usul!
——————-
🔰Думаете о том, как отправить деньги дальнему родственнику?

👉Если вы переводите деньги в национальной валюте в любое отделение банка, ваши родственники могут сразу же получить деньги наличными или безналично (по требованию клиента) через отделения Микрокредитбанка по всей стране.

Денежные переводы от Микрокредитбанка — самые быстрый, надежный и удобный способ!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
08/09/2021

#kurs_valyuta
🔰 G‘oliblar aniqlandi!

Mikrokreditbank tomonidan o‘tkazilgan, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan “Mustaqillik mening taqdirimda”: yoshlar o'rtasidagi insholar tanlovi natijalarini eʼlon qilamiz.

G'oliblar ro‘yхati:
1 – Abdusaidova Sevara
2 – To‘ychiyeva Jasmina
3 – Ganjayev Ro‘zimboy
4 – Yunusova Mohinur
5 – Jumag‘ulova Gulhayo

Shuningdek, yosh ishtirokchilarimizdan biri Pardayeva Xusniya rag‘batlantiruvchi, maxsus sovg‘amizga loyiq deb topildi🥳

Mazkur ishtirokchilarimiz @mkbank1103 telegram manzili orqali biz bilan bog‘lanib, o‘z Smart soatlarini olib ketishlari mumkin.

G‘oliblarni chin qalbdan muborakbod etamiz va barcha ishtirokchilarga kelgusi tanlovlarimizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
09/09/2021

#kurs_valyuta
🔰O‘z biznesini boshlash oson jarayon emas, albatta. U katta e'tibor, moliyaviy tayyorgarlik, puxta reja va alohida bilimlarni talab etadi. Biz Sizga bu boradagi ayrim maslahatlarni aytib o‘tmoqchimiz:

👉Biznes g'oya shu qadar qiziq bo'lishi kerakki, boshqa odamlar unda qatnashishga yoki sarmoya kiritishga tayyor bo'lishlari lozim;

👉Biznesda hamkorlik juda yaxshi, biroq har doim mas'uliyatni, asosiy vazifani o‘z zimmasiga oladigan, so‘nggi qarorni qabul qiladigan shaxs bo‘lishi kerak;

👉Mahsulot yoki xizmatga bozorda barqaror, yuqori talab borligiga ishonch hosil qiling;

👉Asosiysi, o‘zingiz yetarli tajribaga yoki bilimga ega bo'lgan biznes turini tanlang.

"Mikrokreditbank" bilan maqsad sari dadil qadam tashlang!

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
10/09/2021

#kurs_valyuta
🔰Sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi!

Mikrokreditbank tomonidan o‘tkazilgan Mustaqillik mening taqdirimda”: yoshlar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan insholar tanlovi g‘oliblari maxsus Aqlli soatlar bilan taqdirlandi.

Tanlovda ishtirok etgan barcha obunachilarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Bizni kuzatishda davom eting!

#mikrokreditbank #yangi_imkoniyatlar #bizsizbilan

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
13/09/2021

#kurs_valyuta
🔰Kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun bankka kelish, navbat kutish va ortiqcha vaqt sarflash shart emas. MKB mobile ilovasi bu borada Sizga ishonchli yordamchi bo‘la oladi.

Ilovaning "Kommunal xizmatlar" bo'limida siz quyidagi to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin:
👉 elektr energiyasi,
👉 tabiiy gaz,
👉 chiqindi tashish,
👉 sovuq/ issiq suv.

Shuningdek, MKB Mobile ilovasida mobil hamda internet aloqalari uchun to'lovlarni amalga oshirish, kreditlarni so'ndirish, jarimalarni to'lash kabi ko‘plab imkoniyatlar ham mavjud.

MKB Mobile ilovasini yuklab oling va to‘lovlar bo‘yicha ko‘plab qulayliklarga ega bo‘ling😊

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
14/09/2021

#kurs_valyuta
🔰Biz har kuni ko‘chada, yangiliklar va reklamalarda turli so‘zlarga duch kelamiz. Lekin ko‘pincha ularning asl ma'nosini tushunmaymiz. Keling, birgalikda iqtisodiyotga oid ba'zi atamalar bilan qisqacha tanishib chiqamiz:

✔️Yuridik shaxs – fuqarolik huquq va majburiyatlarining subyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar.
✔️Jismoniy shaxs – huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi boʻlgan alohida fuqaroni ifodalovchi tushuncha.
✔️Aksiya – qimmatbaho qog‘oz.
✔️Likvidlilik – aktivlarning bozor narxiga yaqin boʻlgan narxda tezlik bilan sotilish qobiliyati.
✔️Kapital – bu sarmoya deganidir, ya'ni, o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'larni, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymatni ifodalovchi tushuncha.

Biz bilan moliyaviy savodxonligingizni oshiring.

#mikrokreditbank #bilib_qoygan_yaxshi #yangi_imkoniyatlar

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
15/09/2021

#kurs_valyuta
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰Bankka omonat qo‘yish istagida bo‘lsangiz, mazkur tavsiyalarimiz aynan Siz uchun:

👉Birinchi navbatda, o‘zingizga mos keladigan omonat turini tanlash uchun barcha tijorat banklaridagi omonatlarni taqqoslab chiqing;
👉Aynan qaysi valyutada omonat qo‘yish Siz uchun qulay bo‘lishiga alohida ahamiyat bering;
👉Omonatga qo‘yish usullaridan birini tanlang: naqd, naqdsiz yoki mobil ilova orqali;
👉Barcha shartlar hamda foizlar bilan tanishib chiqqandan so‘ng o‘zingizga qulay bo‘lgan bank filialiga tashrif buyuring.

Bankka borishdan avval shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni olishni unutmang!

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
16/09/2021

#kurs_valyuta
#motivation

⚡️Bugun biz sizga buxorolik tadbirkorning parrandachilik biznesi haqida hikoya qilamiz.

Nozim aka anchadan beri o'z biznesini yo'lga qo'yishni rejalashtirib yurgan edi. Turli sohalarda o'zini sinab ko'rgan bo'lsa-da, ko'nglidagidek biznes ochish uning uchun har doim birinchi o'rinda turdi. Joriy yil Nozimjon va nihoyat aniq qarorga keldi – tadbirkorlikni yo'lga qo'yish🎯.

Qahramonimiz barcha insonlarga foydasi tegadigan hamda bozorda talab kuchli bo'lgan biznes ochishni niyat qilar edi. Davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan parrandachilik bo'yicha kreditlar haqida eshitib esa, bu uning uchun zo'r imkoniyat ekanligini anglab yetdi.

👉Shunday qilib, tadbirkor bankdan 4 mlrddan ziyod kredit olib, o'z faoliyatini yo'lga qo'ydi. Qisqa muddat ichida esa 10 dan ziyod ish o'rinlari yaratishga muvaffaq bo'ldi.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
17/09/2021

#kurs_valyuta
🔰Hamyonda yoki uydagi javonda pul yig‘ish unchalik ham yaxshi g‘oya emas. Agar Sizda bo'sh turgan valyutangiz bo‘lsa, ularni yanada ko'paytirib olish imkoniga egasiz.

“Stimul 2” – bu qulay yechim. Omonatga mablagʼlar naqd pul shaklida qabul qilinadi.

👉6, 12 va 24 oy muddatga – yillik 5%
👉Omonatga dastlabki mablag‘ning eng kam miqdori – 100 AQSh dollari.

O’z daromadingizni avvaldan rejalashtiring!
———————————
🔰 Если у вас есть свободные средства в иностранной валюте, у вас есть возможность удвоить их.

"Stimul 2" – это удобное решение. Средства зачисляются наличными.

👉На 6, 12 и 24 месяца – 5% годовых
👉Минимальная сумма депозита – 100 долларов США.

Позаботьтесь об организации своего дохода заранее!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
20/09/2021

#kurs_valyuta