MKBANK
11.4K subscribers
2.13K photos
283 videos
1.16K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
🔰Biz har kuni ko‘chada, yangiliklar va reklamalarda turli so‘zlarga duch kelamiz. Lekin ko‘pincha ularning asl ma'nosini tushunmaymiz. Keling, birgalikda iqtisodiyotga oid ba'zi atamalar bilan qisqacha tanishib chiqamiz:

✔️Yuridik shaxs – fuqarolik huquq va majburiyatlarining subyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar.
✔️Jismoniy shaxs – huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi boʻlgan alohida fuqaroni ifodalovchi tushuncha.
✔️Aksiya – qimmatbaho qog‘oz.
✔️Likvidlilik – aktivlarning bozor narxiga yaqin boʻlgan narxda tezlik bilan sotilish qobiliyati.
✔️Kapital – bu sarmoya deganidir, ya'ni, o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'larni, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymatni ifodalovchi tushuncha.

Biz bilan moliyaviy savodxonligingizni oshiring.

#mikrokreditbank #bilib_qoygan_yaxshi #yangi_imkoniyatlar

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
🔰Biz har kuni ko‘chada, yangiliklar va reklamalarda turli so‘zlarga duch kelamiz. Lekin ko‘pincha ularning asl ma'nosini tushunmaymiz. Masalan: LIZING. U nima? Qanday ma'noni anglatadi?

Lizing – bu uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi.

Misol uchun, traktorni lizingga olmoqchi bo‘lgan fermer ushbu xizmat turini ko‘rsatuvchi kompaniyaga tashrif buyuradi. O‘z navbatida, kompaniya o‘z mablag‘lari hisobiga traktorni xarid qiladi va uni mijozga ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga muddatli foydalanish uchun topshiradi. Belgilangan ijara muddati yakunlanganidan so‘ng esa traktorga egalik qilish huquqi bevosita mijozning nomiga o‘tadi.

Biz bilan moliyaviy savodxonligingizni oshiring.

#mikrokreditbank #bilib_qoygan_yaxshi #yangi_imkoniyatlar

Telegram | Facebook| Instagram | You tube