MKBANK
11.5K subscribers
2.15K photos
284 videos
1.17K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
#motivation

Sizga 44 yoshli ayolning biznesi haqida aytib bermoqchimiz!

Muborak opa hech qayerda o'qimagan ammo uning guldek hunari bor. U tikuvchilik bilan mana 20 yildan beri shug'ullanib keladi.

Dastlab barcha tikuvchilarga o'xshab uyda yaqinlarga, tanishlarga kiyim tikib yurgan tadbirkor ayolning hozir tikuvchilik sexi bor.

Birinchi bo'lib, Muborakxon ishni bankdan 6 million so'm kredit olish bilan boshladi. Sevimli kasb bilan shug'ullanish buning ustiga u daromadli bo'lsa kimga ham yoqmaydi. Ishbilarmon xonim tikuvchilikni rivojlantirish uchun Mikrokreditbankdan yana 25 million kredit oldi. Hozir uning 10ta ishchisi bor.

👉 Ayni paytda Muborak opaning olayotgan foydasi oilasiga anchagina daromad keltirmoqda.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan
#motivation

Tanishing! Surxondaryolik Biznes-Lady hikoyasi 🙋🏻‍♀️

Nazokat 27 yoshda. Uning oilasida hamma harbiy - dadasi ham, aka va ukasi ham. Qiz bolaga yaxshi kasb tikuvchilik deb, yoshlikdan bo'lg'usi tadbirkorimiz shu hunarni o'rganadi.

Hammaga o'xshab faqat tikuvchilik bilan shug'ullanish tabiiyki Nazokatga yoqmaydi. Qo'shimcha kurslarga borib, harbiy kiyimlar tikishni o'rganadi.

Shunday qilib, 2019- yilning o'zida bankka tashrif buyurib, 14 mln miqdorida kredit oladi va o'zining shaxsiy faqat HARBIYLAR uchun mo'ljallangan Atelyesini ishga tushiradi.

👉 Vatanimiz sarhadlarini himoya qilayotganlar uchun kiyim tikishning mas'uliyatini bilgan ishbilarmon xonimning ayni paytda 3 ta yordamchi-tikuvchisi bor.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan
#motivation

Tanishing! Bugun sizga oliy ma’lumotga ega, tadbirkor ayolning biznesi haqida hikoya qilamiz. 🙋🏻‍♀️

Feruza opa 37 yoshda. Maktabda ingiliz tilidan dars beradi. Shunday bo’lsada 10 yildan beri tadbirkorlik bilan shug’ullanadi.

“Faqatgina oylik maosh bilan boyib bo’lmas”ligini yaxshi bilgan bo’lajak tadbirkorimiz, universitetda o’qib yurgan paytlari qo’shimcha hunarni – stilistlikni o’rganadi. "O‘zimdan kelib chiqib, aytamanki, orzularim qisqa va lo‘nda bo‘lgan, ya'ni yaxshi stilist bo‘lish va o‘z salonimni ochish", - deydi Feruza opa. ☺️

👉 Shunday qilib, 2019- yilda bankka tashrif buyurib, 25 mln miqdorida kredit oladi. Shijoatkor “bussines women” o'zining go’zallik hamda kelin ko'ylaklar uchun mo'ljallangan salonini ochadi.

Ayni paytda Feruza opa maktabdan bo’sh vaqtida go’zallik salonida kelinlarning chiroyli obrazga ega bo’lishida harakat qilmoqda.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!
#motivation

⚡️ Tanishing! Bugun sizga navoiylik tadbirkor o’qituvchining biznesi haqida hikoya qilamiz.🙋🏻‍♂️

Hamid aka 36 yoshda. Maktabda tasviriy san’at fanidan dars berganiga ham ancha bo’lgan, hozir u shaxsiy biznesiga ega ziyoli shaxs.

Ko’pdan beri Hamid aka serdaromad sohaga aylangan – o’quv markazi ochishni niyat qilib yurgan. “Olma pish – og’zimga tush” degan bilan ish bitmaydi. Shu sababdan ham bo’lajak tadbirkorimiz 2020- yilda “Matlyuba’S Smart Kids” MChJni tashkil qilib, shu yilning o'zida bankka tashrif buyuradi va 140 mln so’m miqdorida kredit oladi. Tabiiyki, tadbirkor shaxsiy jamg’armaga ham ega bo’lgan.

👉 Hozirda o’quv markazida 7 ta o'qituvchi 90 nafar o’quvchiga ta'lim bermoqda. Markazning o’rtacha daromadi 10 million so’mni tashkil etadi.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
#motivation

⚡️ 1995- yilda tug’ilgan tadbirkor shaxsiy biznesiga ega!

Bugun Sizga bankdan kredit olib, qandolat mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona ochgan 26 yoshli tadbirkor haqida hikoya qilamiz!

Samandar Toshkent davlat texnika universitetini bitirgach, mutaxassisligi – elektr energetika yo’nalishida kelajagini ko`rmaydi va tadbirkor bo'lishni maqsad qiladi. Bo'lajak tadbirkor o`zining orzulari tomon dadil qadam tashlab, 2019-yilning dekabrida Mikrokreditbankdan 1 mlrd so`m miqdorida kredit oladi hamda Jizzax shahrida “Samandar shirinliklari” nomli oilaviy korxona ochadi.

“Meni bolalikdagi orzuim shirinliklar do’koniga rahbar bo’lish edi. Orzularimdan voz kechmadim va bugun qisman bo’lsada ularga erishdim”, deydi yosh biznesmen.

👉 Hozirda butun O`zbekiston bo`ylab o`z mahsulotlarini tarqatayotgan tadbirkor 20 dan ziyod ish o`rinlari yaratishga ulgurdi.

Siz hozir ham qo`limdan kelmaydi desangiz, adashasiz! Boshlang, qo`lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo`llab-quvvatlaymiz!
#motivation

Sizga 33 yoshli Alina Vladimirovnaning kashta biznesi haqida aytib bermoqchimiz.

Alina opa yoshligida buvisidan kashtachilikni o’rganadi. Kun kelib, bolalikda olgan bilimlari uni muvaffaqiyatli tadbirkorga aylantirishi hayoliga ham kelmagan bo’lsa kerak😊

Bo’lg’usi tadbirkorimiz yoshlikdagi hobbisini foydali kasbga aylantirish maqsadida “milliy hunarmadchilikni rivojlantirish” uchun bankdan 50 million so’m miqdorida kredit oladi.

👉 U hozir uy sharoitida kashtachilik bilan shug’ullanib, ustoz-shogird an’analarini davom ettirmoqda. Ishbilarmon ayolning qo’lida bugungi kunda 15 ta shogirdi bor. 150 turdagi kashtachilik mahsulotlarini tayyorlaydi.

“Yaqin kunlarda faoliyatimizni kengaytirib, oilaviy korxona ochish niyatimiz bor”, deydi "business woman".

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan

Telegram | Facebook| Instagram |You tube
#motivation

Buxorolik beshiksozning biznesi

Bugun Sizga G’ijduvonlik 27 yoshli yigitning ota kasbidan meros qolgan biznesi haqida hikoya qilamiz.

Jahongir yoshligidan beshik yasash bilan shug’ullanar, o’zining alohida ustaxonasi bo’lishini hayol qilardi. Bir kuni u orzularini maqsadga aylantirish haqida jiddiy o’ylay boshlaydi va bankdan beshik yasash va beshiksozlik yo’nalishida 33 million imtiyozli kredit oladi.

👉 Bugun mahoratli kasb egasining 4 ta shogirdi bor. Ular ishlab chiqargan mahsulotlarini mahalliy bozorlarga yetkazib berishmoqda.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#motivation

⚡️ Bir sportchining biznesi!

Bugun Sizga maktabda o'qituvchilik qilib, sport maydonchasini ochgan yosh tadbirkor haqida hikoya qilamiz!

Tolib yoshlikdan muntazam ravishda sport bilan shug'ullanib kelgan. Unda yoshlikdagi hobbisini foydali tadbirkorlik sohasiga aylantirish niyati paydo bo'ladi.

Xullas, Tolibjon bankka keladi va sport va sogʼlomlashtirish markazini tashkil etish uchun 155 mln. soʼm miqdorida imtiyozli kredit oladi.

👉 Hozirda namanganlik tadbirkor 200dan ortiq yoshlarga sport mashg'ulotlarini o`rgatmoqda va o`ndan ziyod yangi ish o`rinlari yaratishga ulgurdi.

Siz hozir ham qo`limdan kelmaydi desangiz, adashasiz! Boshlang, qo`lingizdan keladi.

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#motivation

⚡️ Tanishing! Bugun sizga navoiylik tadbirkor o’qituvchining biznesi haqida hikoya qilamiz.🙋🏻‍♂️

Hamid aka 36 yoshda. Maktabda tasviriy san’at fanidan dars berganiga ham ancha bo’lgan, hozir u shaxsiy biznesiga ega ziyoli shaxs.

Ko’pdan beri Hamid aka serdaromad sohaga aylangan – o’quv markazi ochishni niyat qilib yurgan. “Olma pish – og’zimga tush” degan bilan ish bitmaydi. Shu sababdan ham bo’lajak tadbirkorimiz 2020- yilda “Matlyuba’S Smart Kids” MChJni tashkil qilib, shu yilning o'zida bankka tashrif buyuradi va 140 mln so’m miqdorida kredit oladi. Tabiiyki, tadbirkor shaxsiy jamg’armaga ham ega bo’lgan.

👉 Hozirda o’quv markazida 7 ta o'qituvchi 90 nafar o’quvchiga ta'lim bermoqda. Markazning o’rtacha daromadi 10 million so’mni tashkil etadi.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
#motivation

⚡️ Surxondaryolik sportchining biznesi!

Bugun Sizga bankdan kredit olib, sport maydonchasini ochgan yosh tadbirkor haqida hikoya qilamiz!

Baxtiyorjon yoshlikdan sportga juda qiziqqan, biroq oilaviy yetishmovchilik sabab, professional sport bilan shug'ullana olmagan. Unda yoshlikdagi hobbisini foydali tadbirkorlik sohasiga aylantirish haqida o'ylaydi.

"Menga o'xshab bolalarda armoni bo'lmasligi uchun ham arzon, ham foydali sport markazini tashkil qilish niyati paydo bo'ldi", deydi tadbirkor.

Xullas, Baxtiyorjon bankka keladi va sport va sogʼlomlashtirish markazini tashkil etish uchun 200 mln. soʼm miqdorida imtiyozli kredit oladi.

👉 Hozirda sherobodlik tadbirkor 200dan ortiq yoshlarga sport mashg'ulotlarini o'rgatmoqda va o'ndan ziyod yangi ish o'rinlari yaratishga ulgurdi.

Bir kun kelib Baxtiyorning sport markazida yetishgan bolalar jahon chempionatida O'zbekiston faxri bo'lishi mumkin.

Harakat qiling, bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingni_kashf_qil #mikrokreditbank
#motivation

⚡️Bugun biz sizga buxorolik tadbirkorning parrandachilik biznesi haqida hikoya qilamiz.

Nozim aka anchadan beri o'z biznesini yo'lga qo'yishni rejalashtirib yurgan edi. Turli sohalarda o'zini sinab ko'rgan bo'lsa-da, ko'nglidagidek biznes ochish uning uchun har doim birinchi o'rinda turdi. Joriy yil Nozimjon va nihoyat aniq qarorga keldi – tadbirkorlikni yo'lga qo'yish🎯.

Qahramonimiz barcha insonlarga foydasi tegadigan hamda bozorda talab kuchli bo'lgan biznes ochishni niyat qilar edi. Davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan parrandachilik bo'yicha kreditlar haqida eshitib esa, bu uning uchun zo'r imkoniyat ekanligini anglab yetdi.

👉Shunday qilib, tadbirkor bankdan 4 mlrddan ziyod kredit olib, o'z faoliyatini yo'lga qo'ydi. Qisqa muddat ichida esa 10 dan ziyod ish o'rinlari yaratishga muvaffaq bo'ldi.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
#motivation

⚡️ Sizga 20 yoshli surxondaryolik qizning biznesi haqida aytib bermoqchimiz!

Sarvinoz kollejni bitirib, o’qishga kirolmadi. Uning ikkita yo’li bor edi – yoki qaytadan yana bir yil davomida tayyorlanish yo biznes bilan shug’ullanish. Taxmin qilganingizdek, u ikkinchi yo’lni tanladi.

🟠 2022-yil Sarvinoz MKBANKdan 30 million miqdorida kredit olib, kelin va milliy ko’ylaklar salonini ochdi.

👉 Hozir yosh "business lady" bir salonning rahbari. Uning 2 ta xodimi bor. Ayni paytda Sarvinozning olayotgan foydasi oilasiga anchagina daromad keltirmoqda.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

Veb-sayt |MAVRID|Instagram|Facebook |Call-markaz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM