MKBANK
11.4K subscribers
2.13K photos
283 videos
1.16K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
#motivation

Sizga 44 yoshli ayolning biznesi haqida aytib bermoqchimiz!

Muborak opa hech qayerda o'qimagan ammo uning guldek hunari bor. U tikuvchilik bilan mana 20 yildan beri shug'ullanib keladi.

Dastlab barcha tikuvchilarga o'xshab uyda yaqinlarga, tanishlarga kiyim tikib yurgan tadbirkor ayolning hozir tikuvchilik sexi bor.

Birinchi bo'lib, Muborakxon ishni bankdan 6 million so'm kredit olish bilan boshladi. Sevimli kasb bilan shug'ullanish buning ustiga u daromadli bo'lsa kimga ham yoqmaydi. Ishbilarmon xonim tikuvchilikni rivojlantirish uchun Mikrokreditbankdan yana 25 million kredit oldi. Hozir uning 10ta ishchisi bor.

👉 Ayni paytda Muborak opaning olayotgan foydasi oilasiga anchagina daromad keltirmoqda.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan
#motivation

Tanishing! Surxondaryolik Biznes-Lady hikoyasi 🙋🏻‍♀️

Nazokat 27 yoshda. Uning oilasida hamma harbiy - dadasi ham, aka va ukasi ham. Qiz bolaga yaxshi kasb tikuvchilik deb, yoshlikdan bo'lg'usi tadbirkorimiz shu hunarni o'rganadi.

Hammaga o'xshab faqat tikuvchilik bilan shug'ullanish tabiiyki Nazokatga yoqmaydi. Qo'shimcha kurslarga borib, harbiy kiyimlar tikishni o'rganadi.

Shunday qilib, 2019- yilning o'zida bankka tashrif buyurib, 14 mln miqdorida kredit oladi va o'zining shaxsiy faqat HARBIYLAR uchun mo'ljallangan Atelyesini ishga tushiradi.

👉 Vatanimiz sarhadlarini himoya qilayotganlar uchun kiyim tikishning mas'uliyatini bilgan ishbilarmon xonimning ayni paytda 3 ta yordamchi-tikuvchisi bor.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan
#motivation

Sizga 33 yoshli Alina Vladimirovnaning kashta biznesi haqida aytib bermoqchimiz.

Alina opa yoshligida buvisidan kashtachilikni o’rganadi. Kun kelib, bolalikda olgan bilimlari uni muvaffaqiyatli tadbirkorga aylantirishi hayoliga ham kelmagan bo’lsa kerak😊

Bo’lg’usi tadbirkorimiz yoshlikdagi hobbisini foydali kasbga aylantirish maqsadida “milliy hunarmadchilikni rivojlantirish” uchun bankdan 50 million so’m miqdorida kredit oladi.

👉 U hozir uy sharoitida kashtachilik bilan shug’ullanib, ustoz-shogird an’analarini davom ettirmoqda. Ishbilarmon ayolning qo’lida bugungi kunda 15 ta shogirdi bor. 150 turdagi kashtachilik mahsulotlarini tayyorlaydi.

“Yaqin kunlarda faoliyatimizni kengaytirib, oilaviy korxona ochish niyatimiz bor”, deydi "business woman".

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan

Telegram | Facebook| Instagram |You tube
#motivation

Buxorolik beshiksozning biznesi

Bugun Sizga G’ijduvonlik 27 yoshli yigitning ota kasbidan meros qolgan biznesi haqida hikoya qilamiz.

Jahongir yoshligidan beshik yasash bilan shug’ullanar, o’zining alohida ustaxonasi bo’lishini hayol qilardi. Bir kuni u orzularini maqsadga aylantirish haqida jiddiy o’ylay boshlaydi va bankdan beshik yasash va beshiksozlik yo’nalishida 33 million imtiyozli kredit oladi.

👉 Bugun mahoratli kasb egasining 4 ta shogirdi bor. Ular ishlab chiqargan mahsulotlarini mahalliy bozorlarga yetkazib berishmoqda.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#motivation

⚡️ Bir sportchining biznesi!

Bugun Sizga maktabda o'qituvchilik qilib, sport maydonchasini ochgan yosh tadbirkor haqida hikoya qilamiz!

Tolib yoshlikdan muntazam ravishda sport bilan shug'ullanib kelgan. Unda yoshlikdagi hobbisini foydali tadbirkorlik sohasiga aylantirish niyati paydo bo'ladi.

Xullas, Tolibjon bankka keladi va sport va sogʼlomlashtirish markazini tashkil etish uchun 155 mln. soʼm miqdorida imtiyozli kredit oladi.

👉 Hozirda namanganlik tadbirkor 200dan ortiq yoshlarga sport mashg'ulotlarini o`rgatmoqda va o`ndan ziyod yangi ish o`rinlari yaratishga ulgurdi.

Siz hozir ham qo`limdan kelmaydi desangiz, adashasiz! Boshlang, qo`lingizdan keladi.

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰 G'oyalaringizni reallik bilan birlashtiring!

Mikrokreditbank tomonidan yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash bo'yicha ijtimoiy dastur asosida

yillik 14 foizdan kreditlar ajratilmoqda.

2021-yil davomida bankimiz tomonida yoshlarga 1 trillion 270 milliard so'm miqdorida kreditlar ajratilgan. Buning natijasida 44 ming 453 nafar yoshlar o'zlarining shaxsiy biznesiga yoki amaldagi biznesini yanada rivojlantirishga ega bo'lishdi.

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan

Telegram | Facebook| Instagram | You tube
Forwarded from MKBANK