MKBANK
10.9K subscribers
2.13K photos
283 videos
1.16K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
🔰Bugundan yangi ko‘rinishdagi 5000 va 10 000 so‘mlik pullar muomalaga kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli qaroriga asosan 2021-yilning 26-avgustidan boshlab yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 5000 so‘m va 10 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilari muomalaga chiqarilishi belgilangan edi.

Mazkur banknotlar mavzusi “Buyuk Ipak yoʼli” hamda mamlakatimiz hududidagi qadimiy Samarqand va Toshkent shaharlari tarixiga bagʼishlangan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda muomalada boʼlgan 2013-yil namunasidagi 5000 soʼmlik va 2017-yil namunasidagi 10 000 soʼmlik banknotlar ham yangi ko‘rinishdagi pullar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada boʼladi, ya'ni to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
27/08/2021

#kurs_valyuta
🔰Mikrokreditbank o`z mablag`laringizni samarali ko`paytirib olishingiz uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi!

“Maksimum” omonatidan foydalaning. Ushbu omonatga mablag'lar naqd pulda yoki online 📲 (MKB mobile ilovasi orqali) qabul qilinadi.

13 oy muddatga – Naqd pulda yillik 21%
MKB mobile ilovasi orqali yillik 22%
Omonatning eng kam miqdori – 500 000
Omonat miqdori — cheksiz

O’z daromadingizni eng yuqori darajaga oshiring!
—————————————
🔰 Вам предоставляется уникальная возможность увеличить доход, благодаря повышенной процентной ставке. 🤝 Воспользуйтесь вкладом "Maximum" . У вас есть возможность размещать вклады через MKB Mobile 📲 без посещения банка.

Сроком на 13 месяцев – 21% годовых наличными
22% годовых через МКБ
Минимальная сумма вклада — 500 000.
Сумма вклада — без ограничения

Увеличьте свой доход до максимума!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰 Imtiyozli shartlarda ajratiladigan ta'lim krediti bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga javob beramiz:

👉Kimlarga ajratiladi?
OTMning bakalavriat va magistratura mutaxassisligiga toʼlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarga

👉Oldingi davrda tijoriy taʼlim kreditlari olgan talabalarning keyingi oʼquv davri uchun imtiyozli kredit ajratiladimi?
Аgar olingan kreditdan muddati oʼtgan qarzdorligi mavjud boʼlmasa ajratiladi

👉Qancha muddatga ajratiladi?
Kreditlar oʼquv davri va qoʼshimcha 7,5 yil (90 oy) muddatga ajratiladi. Masalan: oʼquv davri 4 yil boʼlsa va kredit 1-bosqich talabasiga ajratilsa muddat 11,5 yilni (138 oy) tashkil etadi

👉Necha foizdan ajratiladi?
Yillik 14 foiz (Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida)

Ta'lim krediti uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi hamda kimlarga ajratilmasligi bo‘yicha batafsil

Ta'lim krediti olish uchun Mikrokreditbank filiallari va bank xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰Hurmatli mijozlar!

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining barcha filial va Bank xizmatlari markazlari, minibank, maxsus kassalari va chakana kassalarida oʼrnatilgan kassa toʼlov terminallarida dasturiy sozlash va profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu sababli, joriy yilning 31-avgust kuni ushbu terminallar orqali toʼlovlarni qabul qilish vaqtincha toʼxtatilishini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr soʼraymiz.
30/08/2021

#kurs_valyuta
🔰O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida Mikrokreditbank ATBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli filiali yangi binoda oʼz faoliyatini boshladi

Zamonaviy ko‘rinishdagi yangi binoning ochilish marosimida Mikrokreditbank ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filial boshlig‘i R.Utambetov hamda tuman sektor boshliqlari ishtirok etishdi.

Filialdagi malakali bank xodimlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga barcha turdagi bank va konsalting xizmatlari koʼrsatiladi.

👉Ta'kidlab o‘tish joizki, mijozlarga qulay hamda samarali xizmat ko‘rsatishda rekonstruksiya qilingan hamda innovatsion jihozlar bilan ta'minlangan binoning ahamiyati katta.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
31/08/2021

#kurs_valyuta
🔰Mustaqillik bayrami arafasida Mikrokreditbank xodimlari esdalik nishoni hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar

Mikrokreditbank ATB tizimida ayni kunlarda bayram shukuhi munosib tarzda nishonlanmoqda. Jumladan, bank xodimlarimizdan biri Hilola Niyazova Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, bank tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir qator xodimlarga "Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni tantanali tarzda topshirildi.

Bundan tashqari, yana bir qator iste'dodli hamda jonkuyar xodimlarga bank rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰Mikrokreditbank ATB mijozlari diqqatiga!

Sizlarni kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik shodiyonasi bilan tabriklaymiz. Bizning bayram kunlaridagi ish tartibimiz quyidagicha:

1,2,3,4,5-sentyabr – dam olish kunlari;
6-sentyabrdan boshlab bank odatiy tartibda ish faoliyatini boshlaydi.

Unutmang, dam olish kunlari "MKB mobile" ilovamiz orqali to‘lovlar qilishingiz, o‘tkazmalar jo‘natishingiz va boshqa ko‘plab imkoniyatlardan masofadan turib foydalanishingiz mumkin!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🇺🇿Mikrokreditbank jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O`zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 30 yillik shodiyonasi bilan muborakbod etadi!

Ushbu yorugʼ va qadrli kunda Sizga mustahkam sogʼlik-salomatlik, baxt-saodat, tinchlik-farovonlik yor boʼlishini tilaymiz! Mustaqilligimiz abadiy boʼlsin!
______

🇺🇿От имени коллектива Микрокредитбанка поздравляем Вас с праздником 30-летия государственной независимости Республики Узбекистан!

В этот светлый и радостный день желаем всем Вам крепкого здоровья, счастья, мира и благополучия! Пусть будет вечной наша Независимость!

#mikrokreditbank #mustaqillik #30_yil
06/09/2021

#kurs_valyuta