TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.4K subscribers
7.53K photos
870 videos
6 files
4.47K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
#Kadastr #mehnat_yarmarkasi
BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

⚜️ Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Bo‘sh ish o‘rinlari - 2023” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda qurilish, arxitektura, kadastr sohasida faoliyat olib borayotgan idora va tashkilotlarning vakillari oʻzlaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini talaba yoshlarga taklif etdilar.

🏢 Yarmarkada Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi masʼul xodimi ham ishtirok etib, sohaga qiziquvchi bitiruvchi talabalar bilan muloqot qildi. Suhbat davomida kadastr sohasi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berildi.

🔷 Har tomonlama manfaatli boʻlgan mehnat yarmarkasida yoshlarning talab va takliflar ham oʻrganildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Yer_kuni #mehnat_yarmarkasi
YOSHLAR YER MASALALARIGA BEFARQ EMAS

🔷 Bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot Universitetida 22-aprel - Butunjahon Yer kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

🔷 Yer resurslaridan oqilona foydalanish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan mazkur tadbir unutilmas voqeliklarga boy bo‘ldi.

🔷 Jumladan, “Sayyoramizga sarmoya kiriting” mavzusidagi tanlovda talabalar 4 yo‘nalishda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar. Yakunda g‘olib deb topilgan ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.

🔷 Shuningdek, tadbir davomida “Karyera kuni” ham tashkil etildi. Unda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi masʼullari sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Yer_kuni #mehnat_yarmarkasi
TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

🔷 "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida tadbir o‘tkazildi.

🔷 Yer resurslaridan oqilona foydalanish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan mazkur tadbir davomida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.

🔷 Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari masʼullari sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.

🔷 Ochiq muloqot davomida talaba yoshlar boshqarma hamda hududiy bo‘limlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ularga qo‘yiladigan talablar va ishga qabul jarayonlari haqida ham kerakli tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube