TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.3K subscribers
10.2K photos
1.3K videos
6 files
6.31K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
KADASTR MUTAXASSISLARI ILMIY ANJUMANDA

◾️Kuni kecha “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “Globallashuv sharoitida ixtisoslashgan oliy taʼlim va ilm-fanning rivoji: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi universitetning 90 yillik yubileyiga bag‘ishlab xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi.

◾️Mazkur nufuzli tadbirda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi.

◾️Jumladan, “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” bo‘limi bosh mutaxassisi D.Mirzaraimova anjuman doirasida “Ko‘chmas mulk kadastr qiymatini aniqlashning zamonaviy usullari va tadbiq etish istiqbollari” nomli ilmiy maqolasi bilan qatnashdi.

◾️Mazkur maqolada ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymatini aniqlashning zamonaviy usullari, ko‘chmas mulkni baholashning o‘rni, ahamiyati, zarurati, shuningdek, O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni baholashda zamonaviy baholash tizimlarini joriy etish istiqbollari haqida so‘z yuritilgan.

#Kadastr #ilmiy_anjuman #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM