TOSHKENT SHAHAR KADASTR
2.47K subscribers
7.76K photos
896 videos
6 files
4.61K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
#Kadastr #Ishchi_guruh #yer_nazorati
YERDAN FOYDALANISHDA QONUN USTUVORLIGI TA’MINLANMOQDA

🔷 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar rahbar vakillaridan iborat Ishchi guruhi tashkil etildi.

🔷 Kuni kecha Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasida mazkur Ishchi guruhining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Farmoyishda belgilangan ustuvor vazifalarni o‘z muddatida va sifatli amalga oshirish yuzasidan Ishchi guruh vakillariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

🔷 Ayni vaqtda Ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatining tumanlaridan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlariga o‘tgan hududlarda kompleks yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

🔷 Shuningdek, poytaxt hududidagi sug‘oriladigan yer maydonlari holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan yer qonun buzilish holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
#Kadastr #Ishchi_guruh #yer_nazorati
ISHCHI GURUH FAOLIYATIDAN

🔷 Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida 20 ga yaqin mutasaddi vazirlik va idoralar rahbar vakillaridan iborat Ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

🔷 Bugun Ishchi guruhi tomonidan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda farmoyishda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida poytaxtning Bektemir, Sergeli, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Yangihayot tumanlariga biriktirilgan xodimlarga ishlarni to‘g‘ri va uyushqoqlik bilan tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonlarining holatini o‘rganish, yer nazorati tadbirlarini olib borishda Qonun ustuvorligini ta’minlash zarurligi alohida qayd etildi.

⬜️ Ishchi guruhining o‘rganish natijalari haqida yana ma’lumot berib boriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Ishchi_guruh #yer_nazorati #Yashnobod
QISHLOQ XO‘JALIGI YER MAYDONLARI XATLOVDAN O‘TKAZILMOQDA

⬜️ Xabaringiz bor, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar rahbar vakillaridan iborat Ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

⬜️ Yashnobod tumanidagi kompleks yer nazorati tadbirlari “Tashisti” MFYda ham o‘tkazilmoqda. Mutaxassislar tomonidan ushbu mahalla hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonlarining foydalanish ahvoli o‘rganilib, xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

⬜️ Eslatib o‘tamiz, sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube