TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.3K subscribers
10.2K photos
1.3K videos
6 files
6.31K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
📚📚📚📚
RASMIY MUNOSABAT

◾️Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilgan ko‘p qavatli xonadonlardan uy sotib olgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirolmayotgani haqida e’lon qilingan murojaat yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◾️Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 20-uy manzilida joylashgan, pastki qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi joylashgan koʻp qavatli turar joy binosi obyekti “F.P.H.” MCHJga Toshkent shahar hokimining 30.11.2018-yildagi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.01.2024-yildagi hamda Toshkent shahar hokimining 15.01.2024-yildagi qarorlariga asosan yer maydoni ajratib berilgan. Noturar qismi boʻyicha kadastr pasporti shakllantirilgan, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan.

◾️Turar joy qismi boʻyicha kadastr pasporti shakllantirilgan, unga koʻra umumiy foydalanish maydoni 8088,63 kv.m., yashash maydoni 4091,42 kv.m. ni tashkil etadi.

◾️Binoni foydalanishga qabul qilish yuzasidan berilgan buyurtma O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori 6-ilovasi – “Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti” 2-bob, 19-bandi, 17-xatboshiga asosan rad etilgan.

◾️Bugungi kunga qadar ushbu ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli davlat qurilish tashkilotlari tomonidan foydalanishga ruxsat berilmaganligi sababli ko‘p qavatli turar joy binolari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

◾️Qo‘shimcha ravishda, yuqorida qayd etilgan ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli qurilish tashkilotlari tomonidan qurilishi tugallangan binolardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berilib, notarial shartnomalar rasmiylashtirilganidan so‘ng, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarni vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi-sotdi va x.k.) bilan murojaat etishgandan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kadastr hujjatlari shakllantirilishi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM