📚📚📚📚
RASMIY MUNOSABAT◾️“Zoʻr TV” telekanalining
“Bu kun” dasturi orqali Toshkent shahri
Yangihayot tumani, “Choshtepa” mahallasida joylashgan avtobus bekati yonidagi noqonuniy koʻchma qurilma haqida efirga uzatilgan lavha yuzasidan
⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
◾️Mavjud arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar, Yangihayot tumani
“Choshtepa” MFY, Choshtepa ko‘chasi, 180-uy manzilida qurilgan noturar joy obyekti
Aksiyadorlik jamiyatiga tegishli yer maydonida bo‘lib, ushbu yer maydoni
14.05.2024 yilda
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, umumiy yer maydoni
1783 kv.m. Toshkent shahar hokimining 14.12.2020 yildagi qarori bilan doimiy foydalanish
huquq turida ajratilgan.◾️2024-yilning 15-iyul kuni mazkur maydondagi qurilish ishlarini joyiga chiqib o‘rganishlar olib borib, nazoratdagi o‘lchov ishlari o‘tkazilganda quyidagilar ma’lum bo‘lgan:
◾️Xususan, aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘ziga tegishli
1783 kv.m yer maydonida O‘zbekiston Respublikasi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 68-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan
yer tuzish loyiha hujjatlardan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shunday tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish holati aniqlangan.
◾️Mazkur holat yuzasidan
Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib,
Vazirlar Mahkamasining 183-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan o‘rnatilgan tartibda davlat yer nazorati tadbiri olib borilgan va yerga oid huquqbuzarlik sodir etgan
AJ rahbariga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.◾️O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 266-modda 1-qismiga muvofiq,
Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasiga berilgan vakolatga asoslanib, MJtKning 68-moddasida belgilab o‘tilgan ma’muriy javobgarlik holati bo‘yicha
ta’sir choralari qo‘llanilganligi ma’lum qilinadi.
#Kadastr #rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram |
🔵Facebook |
📷 Instagram |
🎬YouTube