TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.3K subscribers
10.2K photos
1.3K videos
6 files
6.31K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣 DIQQAT, E’LON! 📣

Hurmatli poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari!

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar, amalga oshirilayotgan xatlov ishlari yuzasidan onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

🎤 Jonli efir boshqarmaning telegram sahifasi orqali tashkil etiladi.

👨‍💻 Mavzuga oid savollaringizni @kadastruzb_bot ga yoʻllashingiz mumkin.

🔴 Vaqti: 2025-yil 24-iyun, soat 11:00 da.

#Kadastr #e_lon #audio_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

JAMOATCHILIKKA E’LON QILINGAN YERLAR TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOTLAR MFY BINOSIDA


🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining tuman filial xodimlari tomonidan O‘RQ-937-sonli Qonunga binoan xatlov ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

⌨️Xatlov natijalari bo‘yicha har bir obyekt to‘g‘risidagi ma‘lumotlar “E‘tirof” elektron axborot tizimiga kiritilmoqda. Qonunning 17-moddasiga asosan huquqlarni e'tirof etish tizimida to‘liq shakllantirilgan elektron yig‘majild ma’lumotlari xatlov o‘tkazilgan mahallalarning binosiga o‘rnatilib, jamoatchilikka e’lon qilib borilmoqda.

▶️ Foto: Yakkasaroy tumani.

⚡️Etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishib boring.

#Kadastr #Qonun_937 #E_tirof #Yakkasaroy

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-son Qonuni yuzasidan muhim savollarga javoblar


➡️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga va unda qurilgan bino-inshootlarga mulk va ijara huquqini berish bo‘yicha ishlar qanday ketmoqda, bu jarayonda qanday muammolar kuzatilyapti?

➡️ Bir martalik to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash nima uchun muhim?

➡️ Firibgarlik holatlariga duch kelganda nima qilish kerak?

⚖️🌟 Adliya vazirligining loyihasi bo‘lgan “Obyektiv” podkastida muhim savollarga mutahassislar javoblar berilishgan.

▶️ To'liq video: https://www.youtube.com/watch?v=_w3ro1Tl5lA

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (39 minutes)
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligida oliy ta’lim muassasalarining bitiruv kursi talabalari stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha E’LON

Faoliyat yo‘nalishi:
yosh mutaxassislarni Agentlik tizimi xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat mas’uliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganish orqali oliy ta’lim muassasalarida olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash;

Rasmiy talablar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
oliy ta’lim muassasalarining kadastr va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari;

Shuningdek:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan;
belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar Kadastr agentligi tizimiga ishga qabul qilinmaydi.

Mehnat sharoiti:
Barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

Murojaat muddati va manzil:
nomzodlar o‘qish joyidan ma’lumotnoma, ma’lumotnoma-ob’yektivka, pasport nusxasi va telefon raqamini Kadastr agentligining “info@kadastr.uz” elektron pochtasiga yuborish lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-202-55-65 (1)).

🗣Stajirovkaga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan 🌟 Kadastr agentligining rasmiy 🌐 Telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗂🗂🗂🗂

NAVBATDAGI ONLAYN AUDIO MULOQOT


🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimi X.To‘rayev hamda Uchtepa tumani filiali boshlig‘i H.Bobojonov ishtirokida Telegram sahifasida navbatdagi onlayn audio muloqot o‘tkazildi.

◼️Unda “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar, amalga oshirilayotgan xatlov ishlari yuzasidan ma’lumot berildi.

Jonli efir davomida mutaxassislar tomonidan tinglovchilarning mavzuga oid savollariga atroflicha javob berilishi ta’minlandi.

#Kadastr #audio_muloqot #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 132 343 ta;
😄Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 14 087 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 2 296 ta;
🫥Jarayondagi yerlar soni - 7 041 ta;
✔️E'tirof etilganlar soni - 1145 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DA’VO ARIZASIGA ILOVA QILINADIGAN HUJJATLAR

◼️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:

1) qonunchilik talablari buzilganligi to‘g‘risida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma;

2) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risidagi ogohlantirishi;

3) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

4) huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi hujjat.

#Kadastr #huquqiy_asos #Qonun_997

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BIZNING MANZILLAR: YANGIHAYOT TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yangihayot tumani filiali.

📍Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 231-12-32.

#Kadastr #bizning_manzillar #Yangihayot

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida:

📊 411 516 ta obyekt kadastrchilar tomonidan xatlovdan o'tkazildi.

📌 Xatlov ishlari izchil davom etmoqda.

🕐 Hisobot 2025-yil 25-iyun holatida.

#Kadastr_agentligi #Etirof #937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING!

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga onlayn ariza yuborish.

1️⃣Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish uchun huquqiy asos bo'lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar)ni ilova qilgan holda so‘rov yuboradi;

2️⃣Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

💠 Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

🕔 Xizmatni ko'rsatish muddati 2 ish kuni.

Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

📃 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-son qarori.

#Kadastr #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌇🌇🌇🌇 🗂🗂🗂🗂

🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 135 007 ta;
😄Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 15 187 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 2 373 ta;
🫥Jarayondagi yerlar soni - 7 381 ta;
✔️E'tirof etilganlar soni - 1189 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda 1-iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

⚡️2025-yil 1-iyuldan O‘zbekistonda uy-joy xarid qilish jarayonida eskrou tizimi amaliyotga joriy etiladi. Bu bo‘yicha Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni qabul qilingandi.

✔️ Yangi tartib fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish hamda qurilish sohasida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangi tizimga ko‘ra:

➡️ shartnomalar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obyektlari bo‘yicha tuziladi;

➡️ xaridor to‘layotgan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish kompaniyasiga berilmaydi, balki bankdagi maxsus eskrou hisobvaraq orqali amalga oshiriladi;

➡️ qurilish ishlari kamida 30 foizga bajarilganidan so‘nggina bank tomonidan mablag‘ ko‘chiriladi yoki kredit ajratiladi;

➡️ 2025-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha amaldagi va yangi tizim parallel ravishda qo‘llanadi;

➡️ 2026-yil 1-yanvardan boshlab faqat eskrou hisobvaraq orqali hisob-kitoblarga ruxsat etiladi;

➡️ qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida "Shaffof qurilish" axborot tizimi joriy etiladi;

➡️ ulushli shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar avtomatik tarzda soliq organlariga yuboriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM