TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.31K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.33K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9⃣ XOTIRA – QALBLARDA O‘CHMAS NUR

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridandir.


◼️O‘zining bilimi, tajribasi va fidoyiligi bilan kadastr sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan ustozlarimizning yodi, porloq xotirasi hamon shogirdlari va hamkasblari qalbida yashab kelmoqda.

◼️Ularning ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksa avlod vakillari, soha faxriylarini e’zozlash – biz shogirdlar uchun ham farz, ham qarz hisoblanadi.

#Kadastr #Xotira_va_qadrlash #video

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тантанали тадбирларда иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Российской Федерации Владимира Путина принял участие в торжественных мероприятиях по случаю 80-й годовщины Победы во Второй мировой войне.

#Mirziyoyev #tashrif #marosim #Galaba

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

Poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

◾️Agar Sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining 📞 (+99871) 231-68-51 (ichki 212 murojaatlar uchun hamda 250 ishonch raqamlari)ga qoʻngʻiroq qilish yoki ⌨️ @kadastruzb_bot ga murojaat yoʻllash bilan mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

⚠️ Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

📍Shuningdek, bevosita Boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

#Kadastr #murojaat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KO'CHMAS MULK TARIXI HAQIDA MA’LUMOTNOMA OLISH

💠 Siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.

🌱 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

📃 Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

🕔 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni davomida

Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 380-son qarori

#Kadastr #kadastr_xizmatlari #video

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA TOʻSIQ

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari bilan tanishtirish, shu bilan birga sohada huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

📍Navbatdagi ana shunday tadbir Olmazor tumani filialida tashkil etildi. Unda dastlab xizmat faoliyati davomida korrupsiya, ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish yuzasidan xodimlarga kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

📃 Xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni va PQ–147-son qarori mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushuntirish berildi.

◼️Shuningdek, mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Millar" ogohlikka chaqiradi
!

⚡️Bilasiz, bir necha kun avval, ijtimoiy tarmoqlarimizda soxta kadastrchilar paydo bo'lgani haqida xabar bergandik. "Milliy" telekanalining "Millar" informatsion dasturida ayrim viloyatlarda o‘zini "kadastrchiman" deya fuqarolardan xatlov uchun pul yig‘ib yurgan firibgarlar haqidagi ma'limot e'lon qilindi.

Yana bir bor eslatib o'tamiz. Bunday firibgarlardan ogoh bo‘ling va Siz ham ularni uchratsangiz, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #e_lon #diqqat_firibgarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SHAYXONTOHUR TUMANIDA PROFILAKTIK TADBIR

🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi J.Shirinov rahbarligidagi Ishchi guruhi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev hamrohligida boshqarmaning 📍Shayxontohur tumani filialiga tashrif buyurdi.

📃 Unda dastlab har qanday yo‘nalish va sohani tubdan rivojlantirishda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish lozimligi qayd etilib, filial xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy savodxonlik darajasi o‘rganildi.

◼️Shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish davomida firibgarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, ta’magirlik kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, jarayonga to‘g‘ri va mas'uliyat bilan yondashish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

💬 Joylarda ushbu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.


#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun belgilangan bir martalik to‘lov miqdorlari haqida ma'lumot bersangiz.


Javob: O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni 1-moddasi ikkinchi qismining 1, 3, 5, 7, 8-bandlarida belgilangan asoslarga muvofiq yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;

Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida;

viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;

boshqa aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.

#Kadastr #sizdan_savol #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM