TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.3K photos
1.33K videos
6 files
6.43K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑 ♻️♻️♻️♻️

📃 Turar-joy obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibini bilib oling.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Mutaxassis joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

3️⃣ Ariza beruvchi to‘lovni amalga oshiradi;

4️⃣ Vakolatli organ turar-joy obyektlarini kadastr pasportini shakllantiradi va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.


Xizmat ko'rsatish muddati:

🔡) ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha kadastr pasporti:

🟢ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🟢yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
🟢ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🔡) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish:

🟢2 ish kunigacha.

🪙 Xizmat narxi: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 535-son qarori

▶️ Xizmatdan foydalanish 👇

#onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
XATLOV JARAYONLARI JADAL OLIB BORILMOQDA

🌏O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga muvofiq, ⭐️Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Toshkent shahridagi mahallalarda ham xatlov ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

▶️ Foto: Shayxontohur tumanidagi xatlov jarayonlaridan

#Kadastr #Qonun_937 #xatlov2025 #Shayxontohur

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Vakant lavozimlariga taklif etamiz

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalaridagi vakant lavozimlarga tanlov e'lon qilinmoqda.

🙂 Vakant lavozimlar, ularga qo'yilgan talablar, ariza topshirish tartibi haqidagi foydali ma'lumotlar INFOGRAFIKADA ⬆️

📃 Tanlovda, vakant o'rin nomzodlariga quyidagi qonun hujjatlaridan savollar beriladi :

▫️O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
▫️O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi
▫️O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksi
▫️O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
▫️O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida qonun
▫️Ijara to‘g‘risida qonuni
▫️Davlat yer kadastri to‘g‘risida qonun
▫️Ipoteka to‘g‘risida qonun
▫️Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarinining kafolatlari to‘g‘risida
▫️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini hususiylashtirish to‘g‘risida qonun
▫️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qonun
▫️Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida qonun
▫️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida qonun
▫️Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarori
▫️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori
▫️Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori


➡️ Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar Davlat kadastrlari palatasi Hududiy boshqarmalarining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘’basiga murojaat qilishlari mumkin.

📞 Ma'limot olish uchun DKPning yagona aloqa markazi - 71 207 00 03 raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun belgilangan bir martalik to‘lov miqdorlari haqida ma'lumot bersangiz.


Javob: O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni 1-moddasi ikkinchi qismining 1, 3, 5, 7, 8-bandlarida belgilangan asoslarga muvofiq yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;

Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida;

viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;

boshqa aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.

#Kadastr #sizdan_savol #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🟢Joriy yilning yanvar oyi davomida noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha jami kelib tushgan murojaatlar tahlili.

🟢Yagona portal orqali-14 289 ta.
🟢Davlat xizmatlari markazlari orqali-19 611 ta.
🟢Tugallanganlar-11 914 ta.
🟢Rad etilganlar-16 814 ta.

➡️ Xizmatdan foydalanish

#Kadastr_agentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPda 2024-yil sarhisobi va 2025-yilgi maqsadlar


⭐️🌟 Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida Markaziy apparat rahbariyati va hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev o‘tgan yilda tizimda amalga oshirilgan ishlar tahlili xususida so‘z yuritdi. Shuningdek yig‘ilish davomida boshqarma boshliqlarining kadastr pasportlarini shakllantirish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer uchastkalarini xususiylashtirish, bo‘sh yer maydonlarini aniqlash , murojaatlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

🇺🇿 Qayd etish kerakki, 14 ta hudud boshqarma rahbarlari mazkur yig‘ilish doirasida 3 kunlik o‘quv seminarida ham ishtirok etadilar.
➡️Bu haqda batafsil yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #kollegiya #hududlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YILLIK SARHISOB VA KELAJAK REJALAR

◾️Avval xabar berilganidek, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida Markaziy apparat rahbariyati va hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2024-yil sarhisobi va 2025-yilgi rejalarga bag‘ishlangan mazkur yig‘ilish davomida boshqarma boshliqlarining hisobotlari tinglandi.


◾️Yig‘ilishda 🌟DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov ham so‘zga chiqib, boshqarma tomonidan o‘tgan yili aholiga ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari, jumladan, kadastr pasportini shakllantirish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer uchastkalarini xususiylashtirish va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

#Kadastr #sarhisob #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulk — yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar.

#Kadastr #atamalar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🟢KADASTR XIZMATLARINI ONLAYN TO'LASH🟢

🌟Kadastr xizmatlari uchun to'lovlarni istalgan joyda turib 📲mobil dasturlar orqali to'lash imkoniyati mavjudligidan xabaringiz bormi?

📺 Mazkur video rolik orqali 5 ta qadam orqali to'lovlarni amalga oshirishni o'rganib olishingiz mumkin.

#ijtimoiy_rolik #to_lovlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬 🗂🗂🗂🗂

◼️"Sevimli" telekanalining “Yangi hayot” tok-shousida “O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar: Yangi qonun aholiga qanday imkoniyatlar beradi?” mavzusida suhbat tashkil etildi.

◼️Ko‘rsatuvda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Bino va inshootlar Davlat kadastrini yuritish bo‘lim boshlig‘i N.Latipov 🌏O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga muvofiq mahallalarda olib borilayotgan xatlov ishlari yuzasidan ma’lumot berdi.

➡️Batafsil videoda

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #Qonun_937 #tv #video

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi va “LX kosortsiumi” o‘rtasida grant asosida qabul qilib olinadigan beg‘araz texnik yordam yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💠 Uchrashuv kun tartibidan Kadastr agentligining “Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi, geodeziya, kadastr yo‘nalishida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi”ning ta’lim jarayoni uchun:
◾️ ta’lim va ma’muriy jarayonlar uchun qabul qilib olinadigan texnik va texnologik yechimlar;
◾️ dasturiy ta’minotlar;
◾️ masofaviy ta’lim uchun mo‘ljallangan axborot tizimining modullari,
◾️ ularni sinovdan o‘tkazish masalalari o‘rin oldi.

Shuningdek, Dron uchirish simulyatori, sur’atlarini qayta ishlash, GNSS o‘lchovi uchun uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotlarning sinov foydalanuvi o‘tkazildi.

📃 Uchrashuv yakuniga ko‘ra tomonlar:

➡️ geodezik o‘lchash va nazorat ishlariga mo‘ljallangan mobil laborotoriya;
➡️ yer ma’lumotlari bilan tanishtirish maqsadida turli yosh kategoriyalarini inobatga olgan simulyativ va ko’rgazmaviy qurilmalarni kengaytirish;
➡️ o‘quv dasturlari kengaytirish uchun zamonaviy qurilmalar asnosida amalga oshiriladigan ta’lim yo‘nalishini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM