TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
6 files
6.38K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH YO‘LIDA

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan 📍Yangihayot tumani filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

📃 Unda dastlab xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, ayni yo‘nalishda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni haqida ma’lumot berildi.

◼️Shuningdek, 🌏 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida poraxo‘rlik, firibgarlik kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.

◼️Bundan tashqari har bir xodim bilan yakka tarzda suhbatlashilib, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz bo‘lish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha toʻxtalib o‘tildi.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
#Kadastr #atamalar

Davlat kadastr nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 📣📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❤️‍🔥 22-yanvar kuni: ❤️‍🔥

🟢 Brifing

📄 Mavzu: “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunga asosan joylarda o‘tkazilayotgan xatlov ishlari.

🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov,
🌟Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR XODIMLARI AVTOMOBILSIZ KUNDA FAOL

🗓 Bugun Respublikamizning barcha hududlarida joriy yilning birinchi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

🚗 Mazkur aksiya doirasida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tizimidagi xodimlarning ishga jamoat transporti yoki atrof-muhitga zararsiz bo‘lgan boshqa vositalardan foydalangan holda yetib kelishlari tashkillashtirildi.

Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” loyihasiga befarq bo‘lmang! Ekologik toza transport vositalaridan foydalaning va o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shing. Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.


📃 Maʼlumot uchun, mazkur aksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli Farmoniga koʻra har oyning toʻrtinchi chorshanbasida ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida amalga oshirilishi belgilangan.

#Kadastr #Avtomobilsiz_kun #aksiya

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV O'TKAZILMASLIGI HAM MUMKINMI ?


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'RQ-937-sonli qonun asosida ishlab chiqilgan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi uslubiy qo'llanmada mahallalarda xatlov o'tkazish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha bir qancha muhim jihatlar aks ettirilgan.

Xususan, nizoli holatlar kelib chiqishini oldini olish va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ta'minlash maqsadida mazkur yo'riqnomada xatlov ishlari amalga oshirilmaydigan holatlar qat'iy belgilangan.

➡️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Бугунги кунга қадар 125 131 та кўчмас мулк объекти хатловдан ўтказилди

АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги Ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов “Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги Қонун ижроси юзасидан маълумот берди:

🔅 Хатлов ишлари икки босқичда - дала ишлари ҳамда камерал ишлар кўринишида амалга оширилмоқда.

🔅 Дала ишларида кадастр муҳандислари томонидан ҳар бир кўчмас мулкнинг бино иншоотларини ўлчаш билан бир қаторда уларнинг конструктив элементларини ҳамда ер участкаларининг амалдаги чегараларини аниқлаш амалга оширилади.

🔅 Камерал ишларда дала ишлари натижаларини тўплаш, таҳлил қилиш, бино-иншоотлар чизмалари ва ер участкаси чегараларини чизиш, топографик хариталарни яратиш ишлари амалга оширилади.

🔅 Қонун ижроси юзасидан жараёнларга 4 500 мингга яқин кадастр ходимлари сафарбар қилинган бўлиб, бугунги кунга қадар 125 131 та кўчмас мулк объектлари хатловдан ўтказилди.

🔅 Хатловдан ўтказилган 55 010 та кўчмас мулк объектларининг хатлов жамланмалари шакллантирилиб, республика ишчи гуруҳига кўриб чиқиш учун тақдим этилди.

🔅 Хатлов жамланмалари тўлиқ шакллантирилган 36 282 та кўчмас мулк объектлари UZKAD тизимига олиб ўтилди.

🔅 Кадастр агентлиги томонидан тасдиқланган режа-график асосида жойларда хатлов ишлари давом этмоқда. Юртдошларимиз мазкур режа-график билан kadastr.uz сайти орқали танишишлари мумкин.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
QONUN TARG‘IBOTI YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev hamda Yangihayot tumani filiali boshlig‘i A.Mahkamov ishtirokida tumanning 📍“Xo‘ja Uchqun” MFY binosida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

📃 Unda dastlab yig‘ilganlarga O‘RQ-997-sonli Qonun mazmun-mohiyati haqida ma’lumot taqdim qilinib, mazkur Qonun yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

◼️Bundan tashqari “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonunga binoan mahallalarda olib borilayotgan xatlov ishlari hamda kadastrga oid boshqa masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, huquqiy tushunchalar berildi.

▶️ Xatlov ishlaridan ko‘zlangan maqsad – aholining qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi tushuntirildi. Agar xatlov davomida firibgarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik kabi holatlar kuzatilsa bu haqida rahbariyat va tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Bu kabi ochiq muloqotlar poytaxtimizning barcha tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


#Kadastr #ochiq_muloqot #Yangihayot #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezidentimiz tomonidan oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Davlat kadastrlar palatasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

➡️Tadbir avvalida 🌟Kadastr agentligi, 💫Davlat kadastrlari palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati va ma'sullari ishtirokida 📄 Davlat kadastrlar palatasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi imzolandi.

➡️Shundan so'ng, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliyaviy va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi filialining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🎞OAV vakillari ishtirokidagi mazkur marosimda yil davomida 250 dan ortiq talabalar uchun dars mashg'ulotlarini olib borishga mo'ljallangan o'quv xonalari hamda ularda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.


➡️Tadbir yakunida esa Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilganliklari munosabati bilan 💫Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Mohir Kamolovichga falsafa doktorligi PhD ilmiy darajasi berilganligi to'g'risidagi diplom topshirildi.

#Kadastr_agentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📣📣📣📣 📃📃📃📃

📣 DIQQAT E’LON! 📣

Poytaxtimizning Uchtepa tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

◼️Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Kuni: 2025-yil, 28-yanvar, soat 11:00 dan.

📞 Qabulga yozilish uchun: (+99871) 274-58-14.

📍 Manzil: Uchtepa tumani, Farhod ko‘chasi, 21-uy, tuman madaniyat markazi binosi.

🧊 Mo‘ljal: Uchtepa tumani davlat xizmatlari markazi.

📌Lokatsiya.

#Kadastr #sayyor_qabul #Uchtepa

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ilm yo‘lida katta qadam

🇺🇿 Kuni kecha, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o'zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

📎 Tadbirda Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teshabayev hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Shundan so‘ng, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Moliya va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi filialining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Shuningdek qayd etish muhimki, Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Mohir Kamolovichga Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi PhD ilmiy darajasi berilganligi to'g'risidagi diplom topshirildi.

#DavKadastrPalata #hamkorlik #ochilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT DUSHMANI

💬 Korrupsiya illatining oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish muhim hisoblanadi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan 📍Sergeli tumani filiali xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda O‘RQ-937-sonli Qonunga binoan olib borilayotgan xatlov jarayonlarini adolatli va xolisona tashkil etish yuzasidan koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

◼️Shuningdek, mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, tizimda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish kabi muhim masalalar ham kun tartibida boʻldi.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3