TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.31K subscribers
10.3K photos
1.33K videos
6 files
6.41K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kasbiy bilimlar mustahkamlanmoqda


Muntazam xabar berib borayotganimizdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida bir qancha yo'nalishlarda o'quv kurslari doimiy ravishda tashkil etib borilmoqda.

🗓Xususan, joriy yilning 18-28-noyabr kunlari navbatdagi malaka oshirish kurslarida Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlar ishtirok etdilar.

◼️Mutaxassislarning yangi bilim va ko'nikmalarni qay daraja mustahkam egallaganliklari esa o'quv jarayonlari yakunida test sinovlaridan o'tkazildi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kadastr #xatlov #Qonun_937 #Yunusobod #Olmazor
XATLOV JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

◾️Xabaringiz bor, joriy yilning 8-noyabridan O'RQ-937-sonli Qonun kuchga kirishi munosabati bilan tasdiqlangan reja-jadval asosida Toshkent shahrida ham ko'chmas mulklarni inventarizatsiyadan o'tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

▶️ Foto: Yunusobod va Olmazor tumanlaridagi xatlov jarayonlari.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️

❗️"KADASTR RAQAMINI BERAMIZ" - DEB ESHIK TAQILLATIB KELGANLARGA PUL BERISH KERAKMI?
❗️O‘ZI XATLOVDA KIMGA TO‘LOV QILISH KERAK?

🌟Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi N.Atamuratov barchasini tushuntirib berdi.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Qonun_937
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – DAVR TALABI

🗓 “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi”ga muvofiq, joriy yilning noyabr-dekabr oylarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini tashkil etish belgilangan.

◾️Shu maqsadda kuni kecha Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari, podpolkovnik D.Saidaxmedov, mayor A.Pulatov, 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov boshchiligida ZOOM platformasi orqali tizim xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

◾️IIV mas’ul xodimlari o‘z ma’ruzalarida davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish eng muhim vazifalardan ekanligini ta’kidladilar.

◾️Boshqarma boshlig‘i A.Yunusov tomonidan soha xodimlariga ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga binoan tashkil etilayotgan xatlov ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

◾️Tadbirda ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov hamda T.Yuldashev soʻzga chiqib, joylardagi xatlovlarda bevosita ishtirok etgan holda, jarayonlarning shaffof hamda to'g'ri amalga oshirilishi, xodimlarning faoliyati alohida nazorat qilinayotganiga to‘xtalib o‘tdilar.

Darhaqiqat, hamkorlikda tashkil qilinayotgan bu kabi davra suhbatlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad, davlat xizmatchilarining huquqiy bilimlarini oshirish, korrupsion holatlarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish, bu borada kelgusidagi zarur chora-tadbirlarni belgilab olishdan iboratdir.


Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

SAYYOR QABUL – AHOLI MANFAATLARI UCHUN

◾️Davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z samarasini berib kelmoqda.

◾️Bugun ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari tomonidan 📍 Mirzo Ulug‘bek tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham ko‘pgina murojaatlarga yechim topildi.

◾️Unda dastlab 🌏 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonun mazmun-mohiyati, tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalarda olib borilayotgan xatlov ishlariga toʻxtalib oʻtildi.

Qabul davomida fuqarolarning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

💠 O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

#Kadastr #sayyor_qabul #Mirzo_Ulug_bek

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👎1👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-dekabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ “Majburiyatlar reyestri” instituti joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi
👉 Batafsil

⚜️Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarga himoya orderi tashabbus tartibida beriladi
👉 Batafsil

⚜️ Xorijga ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalar joylashtirish tartibi joriy etiladi
👉 Batafsil

⚜️ Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarni baholash tizimi joriy etiladi
👉 Batafsil

⚜️ Yangi tayinlanadigan ijtimoiy to‘lovlar, xizmatlar va imtiyozlar “Ijtimoiy karta" AT orqali taqdim etiladi
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

DIQQAT E’LON!


🗓 2024-yilning 1-dekabr sanasida soat 00:00 dan 08:00 gacha O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki bergan ma'lumotlarga ko'ra, Hisob-kitoblar kliring tizimi (MUNIS)da texnik hamda profilaktik ishlar rejalashtirilganligi munosabati bilan barcha to'lov tizimlari faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🖥 Shu bois hamyurtlarimizga profilaktika ishlari tugallangunga qadar kadastr sohasidagi xizmatlar uchun to'lovlarni vaqtincha amalga oshira olmasliklarini ma'lum qilamiz.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM