TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.31K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.32K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligi

◼️Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

◼️Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular joylashgan binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

◼️Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

◼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxslarga o‘tganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli huquq yuzaga kelganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🌏 “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 11-modda.


#Kadastr #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: 2018-yil 1-may kunigacha o‘zboshimchalik bilan qurilgan ko‘chmas mulk obyektining egasi vafot etgan bo‘lsa, huquq kimni nomiga e’tirof etiladi?


Javob: O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-sonli Qonuni 21-moddasiga ko‘ra, Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ushbu vafot etgan shaxs nomiga e’tirof etiladi. Bunda mazkur obyektga nisbatan merosni rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vorislik tartibida hal etiladi.

#Kadastr #sizdan_savol #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Har bir uyga – ekologik mas’uliyat

🚫 Qonunchilikka ko‘ra, yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarni chiqindi to‘plash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

✔️ Shuningdek, uylarning chiqindi to‘plash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.

#DavKadastrPalata #yashil_iqtisodiyot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 110 113 ta;
😄Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 13 359 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 2 182 ta;
🫥Jarayondagi yerlar soni - 5 018 ta;
✔️E'tirof etilganlar soni - 531 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О повышении размеров заработной платы, пенсий, стипендий и пособий"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇦🇿Ozarbayjon delegatsiyasi bilan 🌟Kadastr agentligida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi va 🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, kadastr va mol-mulkni ro‘yxatga olish sohalarida tajriba almashish maqsadida Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati delegatsiyasi Kadastr agentligiga keldi.

➡️ 2-iyun kuni delegatsiya a’zolari 🌟Kadastr agentligida bo‘lib, Agentlik faoliyati, axborot tizimlari, xususan, Yer-nazorat axborot tizimi bilan tanishtirildi. Shuningdek, mehmonlarga Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

😎 Ozarbayjon tomoni ham o‘z navbatida Mulk masalalari davlat xizmatining tashkil etilishi, funksiyalari va axborot infratuzilmasi haqida ma’lumot berib, o‘z tajribasini ulashdi.

🟪 Delegatsiya a'zolariga kadastr, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, yer va mulk munosabatlariga dour axborot tizimlari imkoniyatlari "Geoinfokom" DM tashkiloti tomonidan tanishtirildi.

➡️ 3-iyun kuni delegatsiya Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mehmonlarga ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, kadastr xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari, ularning huquqiy va texnik asoslari, hamda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ish tizimi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

📍Shuningdek, delegatsiya Chilonzor tumanidagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, mijozlarga qulayliklar yaratish va avtomatlashtirilgan jarayonlar bilan tanishdi.

Mazkur tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, raqamli kadastr, ko'chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimlarida ilg‘or tajriba almashinuvini davom ettirishlikka kelishib oldilar.

#Kadastr_agentligi #Xalqaro_hamkorlik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan 📍Bektemir tumani filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

📃 Unda dastlab xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni va PQ–147-son qarori mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

◼️Bundan tashqari 🌏“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xatlov ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.

💬 Bu kabi profilaktik tadbirlar boshqarmaning boshqa tuman filiallarida ham olib borilmoqda.


#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ozarbayjon Respublikasi Mulk masalalari davlat xizmati delegatsiyasi Davlat kadastrlari palatasida


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida bugun Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati a'zolaridan iborat delegatsiya vakillari bilan xalqaro hamkorlik va tajriba almashish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

🇦🇿🇺🇿 Ozarbayjonning "Davlat kadastri va ko‘chmas mulk reyestri" tashkiloti raisi Nigar Alimova boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev kutib oldi.

🎛 Delegatsiya vakillari diqqatiga Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga doir:

- Kadastr pasportini shakllantirish;
- Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
- Kadastr xizmatlari va ularning tartibi;
- Yer fondi toifalarining hisobi yuritilishi;
- UzKAD dasturi va tashkilotda raqamlashtirish jarayonlari;
- O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli qonuni ijrosidagi xatlov ishi masalalari;
- Istiqboldagi rejalar
kabi mavzularda taqdimot qilinib, ushbu masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi.

#DavKadastrPalata #xorijiy_xamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM