TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
6 files
6.35K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
NAVBATDAGI “AVTOMOBILSIZ KUN” AKSIYASI O‘TKAZILMOQDA

🗓 Bugun 26-mart, chorshanba kuni Toshkent, Nukus shaharlari hamda Respublikamizning barcha viloyatlari markazlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

🚗 Ushbu ezgu tashabbusdan koʻzlangan asosiy maqsad, eng avvalo, sogʻlom turmush tarzi targ‘iboti, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda avtomobil tirbandligini kamaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish har bir insonning fuqarolik burchi ekanligiga e’tibor qaratishdir.

◼️Bugungi aksiya doirasida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tizimidagi xodimlarning ishga jamoat transporti yoki atrof-muhitga zararsiz bo‘lgan boshqa vositalardan foydalangan holda yetib kelishlari tashkillashtirildi.

Biz barchani “Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmaslikka va ekologik toza transport vositasidan foydalanishga chaqiramiz!


#Kadastr #Avtomobilsiz_kun #aksiya

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xatlov natijalarini “E’tirof” AATda kuzatib boring.

➡️ Ushbu dastur orqali tasdiqlangan reja-jadval bo‘yicha xatlovdan o‘tkazilgan mahallalar, e’longa chiqarilgan har bir obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularga tegishli davlat idoralari tomonidan berilgan ijobiy yoki salbiy xulosalar bilan onlayn tanishish imkoniyati mavjud.

Batafsil videoda

✈️ Telegram kanalga a'zo bo'ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬 🗂🗂🗂🗂

XATLOV JARAYONLARI UZA NIGOHIDA


Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan 170 ga yaqin kadastr xodimlari safarbar qilingan.

2025-yil 25-mart holatiga 9 700 dan ziyod ko‘chmas mulk obyekti xatlovdan o‘tkazildi.


🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Azimov UzA saytiga bergan intervyusida poytaxt mahallalarida olib borilayotgan xatlov ishlariga to‘xtalib o‘tdi.

➡️Batafsil o‘qish uchun

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #Qonun_937 #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

🌟Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I.Tadjibayev, DKP Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev hamda Mirzo Ulug‘bek tumani filiali mas’ullari ishtirokida tumanning “Shalola” MFY binosida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

◼️Unda dastlab O‘RQ-997-sonli Qonun mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, mazkur Qonun yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

◼️Bundan tashqari “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonunga binoan tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalarda olib borilayotgan xatlov ishlari haqida ma’lumot taqdim qilindi. Fuqarolarning ushbu qonun hamda kadastrga oid boshqa murojaatlari yuzasidan tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

◼️Shuningdek, xatlov jarayonida firibgarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik kabi holatlar kuzatilsa tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tildi.

#Kadastr #Qonun_997 #ochiq_muloqot #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar infografikada.

#Kadastr_agentligi #Infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

30-mart - Ramazon hayiti kuni deb e'lon qilindi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori.

📗O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

‼️Bayram kuni 2025-yilda yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart – dushanba kuniga ko‘chirildi.

#Kadastr_agentligi #Bayram_kunlari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
◾️Manzil — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatga olinmagan ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yig‘indisi.

#Kadastr #atamalar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 OAV BIZ HAQIMIZDA

🗓 2025-yildan boshlab bosqichma-bosqich barcha ko‘chmas mulk obyektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkaziladi.

📹 "O‘zbekiston24" telekanali "Studiya 24" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida shu haqida so‘z bordi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YER NAZORATI TADBIRI NATIJALARI


📊 2025-yilning 1-mart holatiga ⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 737 ta holatda 10,5 gektar yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.

➡️Batafsil➡️

🔴Daryo.uz maqolasida;
🔴Daryo | Rasmiy kanalida;
🔴Daryo – live kanalida.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 56 654 ta;
😄 Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 6 515 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 534 ta;
🫥 Jarayondagi yerlar soni - 221 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.


#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌1
KO‘CHMAS MULK TARIXI HAQIDA MA'LUMOT OLISH

⌨️ Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

💬 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

💬 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
talab etilmaydi

💬 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni davomida

📃 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori

#Kadastr #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT


◼️Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Uchtepa tumanida qurilgan ko‘p qavatli uylardagi xonadon egalari kadastr hujjatini ololmayotgani haqida videomurojaat e’lon qilindi. Ushbu holat yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◼️Qonunchilikka ko’ra Kadastr idoralari ko‘p qavatli turar-joy binolarini faqatgina tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan qurilishi yoki rekonstruksiya qilinishi tugallangan hamda foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan keyingina davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

◼️Videomurojaat e’lon qilingan sanada (24.03.2025-yil) Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 12-mavze, 68-uy va 68a-uy manzillarida joylashgan ko‘p qavatli turar-joylarni foydalanishga qabul qilish masalasi ko‘rib chiqish jarayonida edi. Qurilishi tugallangan obyektlar uchun tegishli tashkilot tomonidan 25.03.2025-yilda foydalanish ruxsatnomasi berilgan. Shu munosabat bilan 26.03.2025-yilda ushbu obyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

◼️MCHJ tomonidan fuqarolar bilan notarial shartnomalar rasmiylashtirilgach, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarini vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi-sotdi shartnomalari va boshqalar) bilan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali murojaat etgan taqdirda, xonadon egalari nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berilishini ma'lum qilamiz.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1