Forwarded from Расмий хабарлар I Официальные новости
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш юзасидан ўтказилаётган хатлов жараёнлари юзасидан маълумот берди:
✍️ Батафсил
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Ushbu Farmonning asosiy maqsadi:
😄 respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;😄 ko‘chmas mulk obyektining soliq solish, oldi-sotdi qilish, garovga qo‘yish, jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va boshqa holatlar uchun aniqlanadigan qiymati o‘zaro mutanosib bo‘lishini ta’minlash;😄 ko‘chmas mulk bozoriga oid ishonchli, to‘liq va davriy ravishda yangilanib boradigan axborot bazani yaratish;😄 soliq solishda adolatlilik tamoyilini yanada keng joriy etish.
Ommaviy baholash ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi:
😄 2025–2026 yillarda – eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;😄 2026–2027 yillarda – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;😄 2027-yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.
Quyidagilar:
😎 Iqtisodiyot va moliya vazirligi – ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ;😎 Kadastr agentligi – ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ;😎 Milliy markaz – ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib belgilandi.
#Kadastr_agentligi #Farmon_PF43
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
❓ Savol: Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar qancha muddatga rasmiylashtirib beriladi?
✅ Javob: O‘RQ 937-sonli Qonuni 1-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer uchastkalariga nisbatan ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda va tartibda faqat ijara huquqi, ushbu yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etiladi.
✅ Bunda ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalari uchun 99 yil, boshqa yer uchastkalari uchun 49 yil etib belgilanadi.
#Kadastr #sizdan_savol #Qonun_937
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
#Kadastr #sizdan_savol #Qonun_937
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
YER HISOBINI YURITISHDA MAS’UL XODIMLAR UCHUN O‘QUV SEMINARI
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi boshlig‘i A.Umirov tomonidan tuman filiallaridagi Yer hisobotini yurituvchi mutaxassislar uchun “Yer fondi toifalari qonun ijrosida” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.
◼️ Unda O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi 937-sonli qonuni ijrosi, Vazirlar Mahkamasining 30.10.2023-yildagi 578-son hamda 07.02.2025-yildagi 67-son qarorlari nizom talablaridan kelib chiqib Yer fondi toifalari va kichik toifalarini belgilash yuzasidan tushuntirish va amaliy ko‘rsatmalar berildi.
◼️ Shuningdek, xodimlarga Yer toifalarini belgilashda huquqiy hujjatlarga tayangan holda aniq, to‘g‘ri va sifatli ishlash zarurligi qayd etilib, mazkur jarayonda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasliklari borasida ogohlantirildi.
#Kadastr #seminar #yer_hisobi #Qonun_937
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
✅ Bu kabi seminarlar davlat xizmatchilarining huquqiy ongi, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
#Kadastr #seminar #yer_hisobi #Qonun_937
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kadastr #infografika #Qonun_937
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MALAKALI KADRLAR - TASHKILOT TARAQQIYOTINING ASOSI
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yoshlar #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
РАСМИЙ МУНОСАБАТ.
Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқлар орқали “Юртимиз ерлари чет элликларга бериб юборилаётгани ёки сотилаётгани” ҳақида хабарлар кенг тарқалмоқда.
📃 Мазкур шахслар қонунчилигимизга кўра Ер участкаларини чет элликларга бериш тартибларидан хабари йўқлигидан бундай маълумотларни тарқатаётган кўринади. Агар хабарлари бўлганида нотўғри хабарларни тарқатмаган бўлар эди.
✍️ Биз сизга маълумот бериб ўтамиз.
➡️ Ер участкаларини бериш (реализация қилиш) талаблари Ер кодекси билан белгиланган ҳамда унинг 17-моддасига мувофиқ чет эллик фуқаролар ва юридик шахслар, фуқаролиги бўлмаган шахслар, чет эл инвестициялари иштирокидаги корхоналар ер участкаларига фақат ИЖАРА ҲУҚУҚИ АСОСИДА эга бўлиши мумкин.
➡️ 24-моддасига мувофиқ чет эл инвестициялари иштирокидаги корхоналарга, халқаро бирлашмалар ва ташкилотларга, чет эл жисмоний ва юридик шахсларига ер участкалари ИЖАРАГА БЕРИЛАДИ.
❓ "Хўп ижарага берсагу хусусийлаштириб олсачи, унда нима қиламиз?" - деб ваҳимага тушманг.
Хавотирга ўрин йўқ, “Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тўғрисида”ги Қонунга мувофиқ чет эллик фуқаролар, фуқаролиги бўлмаган шахслар, чет эл юридик шахслари, чет эл инвестициялари иштирокидаги корхоналар, шунингдек давлат органлари, муассасалари, корхоналари ва фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари хусусийлаштириш субъектлари бўлмайди, яъни чет элликларга ер хусусийлаштириб берилмайди.
❓ "Хўш агар қишлоқ хўжалиги ер бўлсачи? Уни хусусийлаштириб оладими?" - деб ўзингизни қийнаманг. Қишлоқ хўжалиги ерларини ҳатто Ўзбекистон Республикасининг фуқаролари ҳам хусусийлаштириб ололмайди.
❌ Шундай экан, ЕРЛАРИМИЗ ЧЕТ ЭЛ ФУҚАРОЛАРИГА БЕРИБ ЮБОРИЛЯПТИ мазмунидаги хабарлар асоссиз ва охиригача ўрганилмасдан чиқарилган хабарлар.
Бу шахслар бундай маълумотларни тарқатишдан нимани кўзлаганини билмадигу аммо,⚖️ Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 202-моддаси 2 қисми ҳамда Жиноят кодексининг 244-моддаси 6-қисми бор эканлигини шунчаки эслатмоқчимиз.
🔊 Шу ўринда фуқароларимиздан ҳар хил алдовларга учмасликларини, ижтимоий тармоқ фаолларидан эса ёлғон ва асоссиз хабарларни тарқатмасликни сўраб қоламиз.
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩 YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқлар орқали “Юртимиз ерлари чет элликларга бериб юборилаётгани ёки сотилаётгани” ҳақида хабарлар кенг тарқалмоқда.
Хавотирга ўрин йўқ, “Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тўғрисида”ги Қонунга мувофиқ чет эллик фуқаролар, фуқаролиги бўлмаган шахслар, чет эл юридик шахслари, чет эл инвестициялари иштирокидаги корхоналар, шунингдек давлат органлари, муассасалари, корхоналари ва фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари хусусийлаштириш субъектлари бўлмайди, яъни чет элликларга ер хусусийлаштириб берилмайди.
Бу шахслар бундай маълумотларни тарқатишдан нимани кўзлаганини билмадигу аммо,
🔊 Шу ўринда фуқароларимиздан ҳар хил алдовларга учмасликларини, ижтимоий тармоқ фаолларидан эса ёлғон ва асоссиз хабарларни тарқатмасликни сўраб қоламиз.
ℹ️ Зеро, охири ўйланмай қилинган юқоридаги каби ҳолатлар аҳолида норозилик, Қонунларга нисбатан ишончсизлик кайфиятини келтириб чиқариши ҳатто, инвестиция муҳитига салбий таъсир кўрсатиши мумкинлигини унутманг!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
DA’VO ARIZASIGA ILOVA QILINADIGAN HUJJATLAR
◼️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
1) qonunchilik talablari buzilganligi to‘g‘risida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma;
2) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risidagi ogohlantirishi;
3) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi hujjat.
#Kadastr #huquqiy_asos #Qonun_997
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
1) qonunchilik talablari buzilganligi to‘g‘risida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma;
2) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risidagi ogohlantirishi;
3) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi hujjat.
#Kadastr #huquqiy_asos #Qonun_997
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E’TIBOR VA E’TIROFDAGI KADASTR AYOLLARI
💐 Bugun ⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida yigitlar jamoasi tomonidan maxsus bayramona dekoratsiyalar tayyorlanib, ayol hamkasblar jonli musiqa sadolari ostida kutib olindi.
◼️ 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan “Aziz va muqaddas ayol” shiori ostida tashkil etilgan tadbir avvalida boshqarma boshliqlari M.Fayzullayev, A.Yunusov tomonidan poytaxt kadastri sohasida faoliyat yuritayotgan jonkuyar va fidoyi xotin-qizlar bahor bayrami bilan qutlanib, ularning sha’niga ezgu tilaklar bildirildi.
🌷 Yosh iste’dod egalarining chiqishlari, qiziqarli shartlar, maxsus videorolik namoyishi hamda esdalik sovg‘alari kadastrchi opa-singillarimizga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.
#Kadastr #ayolga_ehtirom #tadbir

🔥6👍1👏1