TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.3K photos
1.33K videos
6 files
6.43K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahrida joriy yil yakuniga qadar o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🎬🎬🎬🎬 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV BIZ HAQIMIZDA


▶️ Xabaringiz bor, ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev videomurojaat bilan chiqdi.

Mazkur murojaat “O‘zbekiston 24” va “Grand” radiokanallari orqali ham efirga uzatildi.

⚡️“Sizlardan xatlov jarayoniga turli vositachilarni aralashtirmaslik, kadastr xodimlariga “tezlashtiring, imkonini qilib bering” degan turli vajlar bilan moddiy manfaatdorlikni taklif qilmaslik so‘raladi!” - deyiladi murojaatda.


#Kadastr #oav_biz_haqimizda #radio #Qonun_937 #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqlar e'tirof etilganligi uchun qanday to'lov miqdorlari mavjud?


🌟Davlat kadastrlari palatasi va Adliya vazirligi mutaxassislarining yer uchastkalariga nisbatan huquqlarni e'tirof etishda undiriladigan bir martalik to'lov miqdorlari haqida bergan ma'lumotlari "O'zbekiston24" telekanalining "Studiya 24" dasturida efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV JARAYONLARINING SHAFFOF O‘TISHI RAHBARIYAT NAZORATIDA

▶️ Xabaringiz bor, joriy yilning 8-noyabridan boshlab O‘RQ-937-sonli Qonunga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi filiallari xodimlari tomonidan ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

🌟 Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari M.Mirmaksudov, 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov boshchiligida kunlik reja-jadval asosida 📍Olmazor tumanida olib borilayotgan xatlov jarayonlari nazoratdan o‘tkazildi.

◾️O‘rganish natijalariga ko‘ra joylardagi xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xatlov ishlari amalga oshirilgan xonadon egalarining fikr-mulohazalari o‘rganildi. Muloqot davomida xatlovdan ko‘zlangan pirovard maqsad - fuqarolarning qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi tushuntirib o‘tildi.

#Kadastr_agentligi #xatlov #Qonun_937 #Olmazor

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1
#Kadastr #huquqiy_asos
HUQUQNI E’TIROF ETISH UCHUN ASOSLAR

Ortiqcha egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish asoslari


◾️Yakka tartibda uy-joy qurish uchun fuqarolarga, yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar va inshootlar qurish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan maydondan 2018-yil 1-mayga qadar ortiqcha egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

▶️ ortiqcha egallangan yer uchastkasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer uchastkasiga tutashgan bo‘lsa;

▶️ fuqarolarga ajratilgan va ular tomonidan ortiqcha egallangan yer uchastkasining umumiy maydoni ushbu Qonun 12-moddasi uchinchi qismining talablariga muvofiq bo‘lsa;

▶️ mazkur yer uchastkasi ilgari boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

▶️ mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

▶️ mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌏 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning 5-moddasi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥OAV biz haqimizda

🌏 O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni asosida amalga oshirilayotgan xatlov ishlari "O‘zbekiston 24" telekanali nigohida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 📝📝📝📝

📣 DIQQAT E’LON! 📣

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

◼️Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

⚡️ Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

🗓 Kuni: 2024-yil, 29-noyabr, soat 11:00 dan.

📍 Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 248-uy. Tuman madaniyat markazi binosi.

📞 Qabulga yozilish uchun: (+99871) 286-23-01.

#Kadastr #sayyor_qabul #Mirzo_Ulug_bek

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

🗣 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi — bitimlarda, qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan yoki vakolatli organ tomonidan belgilanadigan, ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar, shuningdek ko‘chmas mulkning mulkdori bo‘lmagan shaxslarning (garovga oluvchilarning, ijarachilarning, kreditorlarning va boshqalarning) ushbu ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulkiy huquqlari.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1