Butun normal dunyoda davlat boshqaruvi va jamiyat rivojlanishining samarali mexanizmlari ixtiro qilinib boʻlingan bir paytda, biz har safar "yangicha yondashuvlar" oʻylab topish va "bu safar hammasi boshqacha boʻlishi"ni vaʼda qilish bilan bandmiz.
"Boshqacha" boʻlmaydi. Chunki muammoning fundamental ildizi hal boʻlayotgani yoʻq. Uni hal qilish niyati ham yoʻq. Shunday ekan, nega "bu safar boshqacha" boʻlishi kerak?

🔥40👍9
Umuman, har safar islohotlar va bu safar "hammasi boshqacha boʻlishi" haqida gap ketganda negadir bir latifa esga tushadi. X ijtimoiy tarmogʻining oʻzbek segmentida bugun eslangan latifa. (Negadir koʻpchilik Telegram'ga qaraganda X'da fikrini ochiqroq ifodalar ekan, qiziq, nega?)
Nazarimda, bu latifa xalqqa "islohot" deya taqdim qilinayotgan jarayonlar nega shu paytgacha samara bermaganini va shu zaylda davom etsa, bundan keyin ham samara bermasligini oddiy va tushunarli tilda ifodalab beradi.
P.S. Ishqilib, bironta kodeksga "islohotlarga ishonchsizlik" degan modda kiritilmadimi?

Telegram
Jalilov. Qaydlar
Butun normal dunyoda davlat boshqaruvi va jamiyat rivojlanishining samarali mexanizmlari ixtiro qilinib boʻlingan bir paytda, biz har safar "yangicha yondashuvlar" oʻylab topish va "bu safar hammasi boshqacha boʻlishi"ni vaʼda qilish bilan bandmiz.
"Boshqacha"…
"Boshqacha"…
👍10
Men nechun ishonmay qoʻydim islohotlarga?
Umuman, men oxirgi paytlarda "islohotlar" deya taqdim etiladigan jarayonlarga, har safar katta minbarlardan "bu safar hamma narsa boshqacha ishlab ketishi" haqida beriladigan vaʼdalarga ishonmay qoʻydim. Umid qilamanki, bu (hali) huquqbuzarlik yoki jinoyat emas.
Nima uchun ishonmay qoʻyganim sababi - oddiy. Masalan, men boshqa sohalarda nisbatan biroz yaxshiroq tushunadigan taʼlim sohasini olaylik. "Xalq taʼlimi info" nashrining yozishicha, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida ham muammolar hal qilinmayotgani bois ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar koʻpaygan. Umuman, nashr vazir biron marta matbuot anjumani oʻtkazmaganini eslatgan (bunga men vazir bironta mustaqil nashrga intervyu ham bermaganini qoʻshib qoʻygan boʻlardim). Shuningdek, nashr oʻzi oʻtkazgan kichik soʻrovnomaning ayanchli natijalarini keltirgan: unda ishtirok etgan respondentlarning 87%i vazirlik oʻqituvchilar ovozini eshitmaydi, ularning muammolarini hal qilmaydi, degan fikrda.
Hokimiyat va jamiyat oʻrtasida jarlik paydo boʻlgan va bu jarlik tobora kattalashishda davom etmoqda. Buning sababini jurnalist Dilshoda Shomirzayeva "Tanaffus" podkastida taʼlim vazirligi misolida bitta qisqa, lekin chuqur maʼnoga ega jumla bilan ifodalab ketdi: hisobdorlikning yoʻqligi. Yaʼni, taʼlim vaziri soliq toʻlovchilar, xalq, jamiyat oldida oʻzini hisobdor sezmaydi, oʻz vazifasini xalqqa xizmat qilish deb bilmaydi. Aks holda, masalan, PISA tadqiqotlarida prezident maktablarining ishtiroki haqida notoʻgʻri maʼlumot bermasdi, "qora xalq" uchun va "iqtidorli elita" uchun moʻljallangan maktablar orasidagi jarlikni yanada kuchaytiruvchi yangi va yangi tashabbuslar bilan chiqmasdi, darsliklarni aniq bir oʻquv dasturlarisiz "qoʻlqopday" almashtirmasdi, ota-onalarni petitsiya joylashtirish va 10 ming imzo yigʻishga undagan muammoli "yangi baholash tizimi"ni joriy qilmasdi, attestatsiyadagi muammolar bilan qiziqardi, umuman, mutaxassislar, oʻqituvchilar, ota-onalarni eshitardi. Taʼlim tizimini qayerga boshlayotgani, oʻrta va uzoq istiqboldagi maqsadlari va rejalari haqida hisobot berardi. Boshqa vazirliklar yoki davlat boshqaruvi organlari haqida ham xuddi shunday deyish mumkin.
Ha, na Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va na boshqa davlat boshqaruvi organlari oʻzini Konstitutsiyada "hokimiyatning yagona manbai" ekanligi belgilangan xalq oldida hisobdor sezmaydi. Ular selektordan selektorlargacha yashaydi. Ular uchun KPI - "xalq roziligi" yoki oʻziga topshirilgan tizimning toʻgʻri ishlashi emas. Ular uchun KPI - selektorda qandaydir "takliflar" olib chiqish va ularni maʼqullatib olish. Sodda qilib aytganda, bir shaxs roziligi. Shuning uchun selektor oldi yashin tezligida (ruscha "лихорадочно" soʻzi maʼnoni yana ham aniqroq ifodalaydi) "takliflar", "planshetlar", "taqdimotlar" tayyorlashadi. Va bu "taklif"larning ilmiy asoslanganligi, ehtimoliy salbiy oqibatlari ularni qiziqtirmaydi. Maqsad - "taqdimot" qilish va "ochko" ishlash. Chunki ularning lavozimga tayinlanishi ham, lavozimdan olinishi ham faqat bir shaxsga bogʻliq. Xalqqa emas. "Xalq vakillari" deyiladigan parlamentga ham emas - parlament shu paytgacha bironta vazirga jiddiyroq savollar berganini, bironta vazir nomzodini rad qilganini, bironta vazirga ishonchsizlik bildirganini koʻrdingizmi?
Shunday ekan, har safar "mutlaqo yangi tizim" haqida gapiramizmi, "ijro intizomi nazorati"ni bir organdan boshqasiga beramizmi, "murojaatlar dispetcherligi" vazifasini bir tuzilmadan boshqasiga beramizmi - bari befoyda. Haqiqiy oʻzgarish boʻlishi uchun oʻsha Konstitutsiyada belgilangan norma amalda ishlashi kerak. Bunga esa "tepa"da xohish bormi oʻzi?

🔥30👍9
Har safar "boshqacha tizim" boʻlishi vaʼda qilinadigan selektorlar haqida ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan
😢10👍6🔥2
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Prezident Xalq qabulxonalari aholi masalalarni hal qilish o‘rniga ularni tashkilotlariga taqsimlovchi “dispetcher”ga aylanib qolganini aytdi.
Darvoqe. "Dispetcherlik" haqida
"Dispetcher"ga faqat "Xalq qabulxonalari" aylanmagan. Masalan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyati yuzasidan Prezident Administratsiyasidan tortib Bolalar Ombudsmani-yu Bosh Prokuraturagacha yuborilgan murojaatlarni ham bu tashkilotlar "dispetcher" boʻlib vazirlikka uzataverishgan, hammasiga vazir oʻrinbosari nomidan "bizda hammasi zoʻr" degan javoblar kelavergan. Mashhur qoʻshiqni perefraza qiladigan boʻlsak, "Nazoratchi oʻzing, ijrochi oʻzing, Deputat oʻzing, prokuror oʻzing ..."

Yopiq halqa? (Замкнутый круг?)
Eng qizigʻi, ota-onalarning aytishicha, Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis, Bolalar ombudsmani, Bosh Prokuratura va boshqa davlat idoralariga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyatidan norozi boʻlib yuborilgan…

👍10🔥2
"Dispetcher"likdan "printer"likka?
Davlat byudjetidan trillionlar ajratilgan darsliklarning oʻquvchilar qoʻliga yetib bormayotganligi haqida oʻz vaqtida qayta-qayta shikoyat qilgan va oxiri Bosh prokuraturaga kirishga muvaffaq boʻlgan ota-onalarning aytishiga qaraganda, ularni qabul qilgan prokuratura xodimi (prokuror?) "Muammo nimada? Bolalaringizga darslikni printerdan chiqarish muammo boʻlsa, kelinglar, men chiqarib bera qolay" degan ekan. Yaʼni prokuratura xodimini darsliklar uchun ajratilgan trillionlar taqdiri emas, ota-onalarning shikoyat qilmasligi koʻproq qiziqtirgan.

😱17🔥11🤬7
Rashid Tojiboev
Ta’lim bu shunchaki bilimni “omonatga topshirish” emas. Brazilyalik pedagog Paulo Freire tanqid qilgan “Banking Concept of Education” ta’lim modeliga ko‘ra, o‘qituvchi bilim “depozitori”, o‘quvchi passiv “hisob raqam” sifatida ko‘riladi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va hayotiy muammolarni mustaqil hal qilish qobiliyatini cheklaydi.
#ilm_fan nima deydi?
Rashid Tojiboyev o'zining postida ko'targan savol - "nima uchun o'rgatamiz?" masalasi aslida ta'limning fundamental masalalaridan biri bo'lib, "nimani o'qitamiz?" va "qanday o'qitamiz?" savollarining javobi shu fundamental savolning javobidan kelib chiqadi. "Nima uchun o'qitamiz?" degan savolga pedagogika va falsafaning bizda o'rganilmaydigan va o'rgatilmaydigan, lekin muhim yo'nalishi - ta'lim falsafasi (philosophy of education) shug'ullanadi.
Rashid Tojiboyev eslatgan "Ta'limning bank konsepsiyasi"ni (o'qituvchini - ma'lumot manbayi, o'quvchini esa bu bilim uzatiladigan obyekt sifatida qarash) Braziliyalik pedagog, ta'lim falsafasi bilan shug'ullangan mutaxassis Paulu Freyre (Paulo Freire) o'zining "Ezilganlar pedagogikasi" ("Pedagogy of the Oppressed") asarida tanqid qilgan (bu asar men tahsil olgan magistratura yo'nalishida majburiy asarlardan biri edi). Freyrega ko'ra, ta'limga bunday yondashuv - "transmissiya" (ma'lumot uzatish - qabul qilish) modeli - mavjud tizimni - ezilganlarning battar ezilishi va hukmronlarning hukmronligini saqlab qolish uchun kerak. Chunki ta'limga bunday yondashuv tanqidiy fikrlashni, "nega?" degan savolni berishni rag'batlantirmaydi.
Aslida Freyregacha ham "transmissiya pedagogikasi" ko'p tanqid qilingan. Ayniqsa ta'lim - jamiyatni yaxshilash, o'zgartirish vositasi, degan qarashga asoslangan ta'lim falsafalari - progressivizm, rekonstruksionizm, tanqidiy pedagogika singari - transmissiya pedagogikasiga qarshi chiqishadi. (Avloniyning mashhur "yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasi" degan gapini eslang - aslida bu fikr ta'limning jamiyatni o'zgartirishdagi roliga urg'u beradi). Masalan, rivojlangan davlatlarning ta'lim tizimiga katta ta'sir ko'rsatgan XX asr olimi, pedagog, psixolog, faylasuf Jon Dyui (John Dewey) ham ta'limni jamiyatni o'zgartirish, demokratiyalashtirish vositasi sifatida ko'radi. Uning fikricha, ta'limning vazifasi - bolani kelajak hayotga tayyorlash, bu degani - "unga o‘zini boshqarish imkonini berish demakdir; uni shunday tarbiyalashki, u o‘zining barcha qobiliyatlarini to‘liq ishga solishga tayyor bo'lsin". (Darvoqe, Dyuo ham davlatlarda ham bo'lajak pedagoglar va ta'lim sohasi mutaxassislari uchun o'qilishi shart bo'lgan mutaxassislar qatoriga kiradi).
PISAdagi ayanchli natijalarimizning sabablaridan biri (yagonasi emas) aynan "transmissiya pedagogikasi" - ma'lumotlarni uzatish va qaytarishga asoslangan o'rgatish va baholash tizimi ekanligi haqida oldin yozgandim. Umuman, bizda har safar o'quv dasturlari "takomillashtirilar" va yangi "fin-Singapur-Somali" darsliklarini yaratish uchun trillionlab mablag'lar ajratilar ekan, ta'lim falsafamiz nima o'zi? degan savol qo'yilmaydi. Vaholanki, bu savolga javob olmas ekanmiz, hamma "takomillashtirish"larimiz soliq to'lovchilar pulini havoga sovurishdan boshqa narsa emas.

👍13
"Garvarchilar maktabi"ga "oddiy maktab" o'quvchsi kira oladimi?
Umumiy o'rta ta'limdagi tobora kengayib borayotgan tengsizlik, tabaqalashtirish siyosatidagi navbatdagi qadam - o'quvchilarni dunyodagi top universitetlarga maqsadli tayyorlashi aytilayotgan Al-Beruniy xalqaro maktab-internatiga "oddiy maktab" o'quvchisi kira oladimi? Ushbu savolning javobi bir qarashda oddiy va aniq tuyulishi mumkin. Va albatta bu savolni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriga yoki vazirlikdagilarga bersangiz "albatta kira oladi, cheklov yo'q" deb javob beradi. Lekin maktabning rasmiy kanalida e'lon qilingan saralash imtohoni ingliz tili fani test topshiriqlari namunalari tahlili "yo'q, kira olmaydi" degan javobga yetaklaydi.
Ilgariroq maktabning rasmiy telegram kanalida ingliz tili va matematikadan kirish testlari spetsifikatsiyalari e'lon qilingan edi. Rasman e'lon qilingan hujjatlarga ko'ra, ingliz tilidan test topshiriqlari A2+ darajasida bo'lishi kerak. Lekin bugun e'lon qilingan test topshiriqlari namunalari va ularga asos bo'lgan matn bu talabga mos kelmaydi.
Dastlab matnga e'tibor qaratamiz. Badiiy uslubda yozilgan va bu yoshdagi ("oddiy" maktabning 8-sinf bitiruvchisi) uchun qiyin so'zlarga to'la bu matnning darajasi ikkita vosita yordamida tekshirildi: Britaniya Kengashi tavsiya qilgan TextInspector va TextAnalyzer. Har ikki vosita matndagi kalit so'zlar tahlili, matn zichligi, gaplar uzunligi va boshqa belgilarga qarab matnning darajasini aniqlab beradi, Har ikki vositaga ko'ra, matnning darajasi - C1dan yuqori.
Endi matn asosidagi test topshiriqlariga e'tibor qilamiz. Matndan keyingi ikki test topshirig'ida so'ralayotgan so'zlarning darajalari (deliberately, loom) - Kembrij lug'atiga ko'ra, B2 va C2. Ya'ni, A2+ darajasidagi oquvchi bu savollarga javob bera olmaydi. "Mulohaza darajasi" deyilayotgan oxirgi ikki test topshirig'i esa ingliz tilidagi matnning badiiy tahliliga oid: muallif matnda qanday "atmosfera" yaratgan va bosh qahramonning matn boshidagi kayfiyati matn oxirida qanday o'zgaradi. Bu yoshdagi o'quvchilar ona tilida o'qilgan badiiy matn asosidagi shunga o'xshash savollarga javob bera oladimi?
Vazirlik "bor" deya iddao qiladigan (aslida ishlamayotgan) Davlat ta'lim standartlariga ko'ra, 9-sinf bitiruvchisi chet tilini A2 darajasida, 11-sinf bitiruvchisi esa B1 darasida bilishi kerak. Xorijiy tilni C1 darajasida bilish faqat xorijiy filologiya yo'nalishi bo'yicha oliy ta'lim muassasasi bitiruvchisidan talab qilinadi. (Hatto maktab o'qituvchisidan ham B2 daraja talab qilinmoqda, C1 yoki undan yuqori emas). 8-sinf bitiruvchisidan Davlat ta'lim standartida ko'zda tutilmagan va maktab unga bera olmaydigan darajani talab qilish orqali qanday maqsad ko'zlangan?
Natija nima bo'ladi?
1. O'quvchi repetitorga (bo'lib ham tilni C1 va undan yuqori darajada tilni biladigan va bunday murakkab matnlar bilan ishlashga bolani tayyorlay oladigan repetitorga) borishi kerak - demak, "Garvardchilar maktabi" shundoq ham pulli ta'lim imkoniyati bor oilalar farzandlarini saralab oladi va "oddiy" maktab o'quvchilari bilan bunday o'quvchilar o'rtasidagi mavjud tengsizlikni yanada kattalashtirib beradi.
2. Yoki ... imtihondan o'tishning boshqa "yo'llari"ni qidirish kerak ...

👍5😢2🔥1
Masala faqat agentlikni kim boshqarishida emas. Boshqa savol ham bor ...
"Senator Alisher Sa’dullaev Stenford universitetiga o‘qishga ketsa Yoshlar ishlari agentligini kim boshqaradi?" degan savol qo'ymoqda Uzdiplomat nashri. Nashrning agentlik matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, o‘qish muddati bir oylik bo‘lib, bu xizmat safari sifatida rasmiylashtiriladi va agentlik rahbari onlayn tarzda boshqaruv faoliyatini davom ettira oladi.
Menda esa boshqa savol bor. Ijtimoiy tarmoqlarda yozishlaricha, Alisher Sa'dullayev Stenfordning "Executive Program" (SEP) dasturiga o'qishga kirgan. Stenfordning rasmiy saytiga ko'ra, bu dasturda o'qish narxi 86000 (sakson olti ming) AQSH dollarini tashkil qiladi. (Tushunishimcha, bu - faqat o'qish narxi, borish-kelish va yashash xarajatlarisiz). Bu mablag'ni kim to'laydi: soliq to'lovchilarmi yoki Sa'dullayevning o'zi? Soliq to'lovchilar to'laydigan bo'lsa - nima uchun? Sa'dullayevning o'zi bo'lsa - davlat xizmatchisining bir oylik kurs uchun o'rtacha O'zbekistonlikning 222 oylik (18,5 yillik) ish haqiga teng summani to'lay olishi .. juda qiziq emasmi?

Uzdiplomat | Расмий канал
❗️Сенатор Алишер Саъдуллаев Стэнфорд университетига ўқишга кетса Ёшлар ишлари агентлигини ким бошқаради?
Ёшлар ишлари агентлиги директори Алишер Саъдуллаев АҚШнинг нуфузли Стэнфорд университетига ўқишга кетишини маълум қилганидан сўнг ижтимоий тармоқларда…

👍36🤯21👎4
Darvoqe.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga savol:
Vazir tasdiqlagan hujjat boʻyicha aslida berilmasligi kerak boʻlgan, lekin vazirlik huzuridagi naq ikki tashkilotning birinchi rahbarlari qoʻl qoʻygan va oʻqituvchilarga pullangan sertifikatlar masalasi nima boʻldi? Mana bu savollarga javoblar ochiqlanadimi? Yoki masala jimjitlik bilan yopiladimi?

🔥19👍1
"Qiladigan ishi ochko ishlash faqat. ... tubga qulagani sari ochko ishlarni ko‘paytirish bilan yanada ovora qilishaveradi, chalg‘itaverishadi, shu bilan band qilib qo‘yishadi". (Post muallifi - hurmatli Bakiroo bu yerda konkret soha haqida yozgan, lekin nazarimda koʻpnuqta oʻrniga istalgan sohani qoʻysa boʻladi).
Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi.
Muammo faqat ochko ishlayotganlardami? Ular kim(lar)ning oldida ochko ishlashyapti? Balki muammo ochko berayotganlarda, yoki faqat ochko uchun ishlanadigan tizim yaratganlardadir?

🔥32👍2