Tasavvur qiling: qo'shningiz hovlingizni o'z hovlisiga qo'shib olish maqsadida xonadongizga og'ir mashina bilan bostirib kirib, uyingizning bir qismini vayron qildi, oila a'zolaringizdan ayrimlarini o'ldirdi, farzandlaringizdan birini esa o'g'irlab ketdi.
Siz bu "vaziyatni diplomatik yo'l bilan" hal qilish tarafdori bo'larmidingiz?

🤯9🤔6🔥2
bakiroo
Биз ўтган ёмон замонда бир кечада уйғониб туриб, 2016 йилга келиб қолмаганмиз.
Ha, ba'zilar "qora tush" deb atagan davr ham birdaniga kelib qolmagan. Oldin bitta huquq tortib olinadi, indalmasa - keyingisi, keyin boshqasi, keyin yana boshqasi ... va qarabsizki ...
Gap faqat bugun taksichilarning, ertaga, deylik, novvoylarning yoki o'qituvchilarning Konstitutsiyada belgilangan huquqlari cheklanishida emas. Muammo shundaki, bugun o'z hududingizdan tashqarida mehnat qila olmaysiz, ertaga - o'z uyingizda yashay olmaysiz (Toshkentdagi o'z uyini birovlar nomiga rasmiylashtirganlar yoki o'z uyiga o'zini propiskaga qo'ya olmaganlar kam edimi), keyin - chet elga chiqish uchun har ikki yilga ruxsatnoma (stiker) olasiz, keyin - "tanlanganlar" safida bo'lmasangiz, "tanlanganlar" uchun narxda valyuta ola olmaysiz, keyin - hukumat siz uchun zararli deb topgan kitoblarni yashirin, faqat "samizdat" orqali o'qiysiz, va nihoyat, "partiya liniyasi"ni qo'llab quvvatlamasangiz va bu liniyani belgilab bergan(lar)ni sevmasangiz, Muhabbat vazirligida (yoki konslagerda?) qayta tarbiyalanishdan o'tasiz ...
Vahima qilyapti demang: bular hammasi bitta zanjirning halqalari. (Ko'pchilik e'tibor bermayotgan, ba'zilar esa qo'llab-quvvatlayotgan "ijtimoiy tarmoqlar" to'g'risidagi qonun loyihasi ham shu zanjirning bitta halqasi, aslida).
Xullas, "eyforiya" davri tugadi. Keyingi "2017-yil"ni kutamizmi?
P.S. Darvoqe, taksi xizmatlari ko'rsatuvchilarining faoliyatini hudud bo'yicha cheklash nafaqat Konstitutsiyaga, balki Mehnat Kodeksiga ham zid: "Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, qarindoshlarida sudlanganlikning mavjudligi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitishdir", deyiladi Kodeksning 4-moddasida.
P.P.S. "Qora tush" davrining mashhur va mash'um ramzlaridan biri - odamlarni "toifa"larga ajratadigan va rasman Konstitutsiyaga zid deb tan olingan propiska haqidagi qonun hali ham amalda ekan.

👍24👏6
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Iqtibos 🔴 “Yilning eng quvonchli yangiligi” tadbiri davom etmoqda. ✅ “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi 3 ta eng muhim yo‘nalishni o‘z ichiga qamrab oladi: Birinchi yo‘nalish – “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi. 📊 Bunda mamlakat…
Ayni paytda “Yangi O’zbekiston” universitetida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi umumiy o'rta ta'limni yanada tabaqalashtirish, "iqtidorlilar"ga ("biz "elita" deb tanlab olganlarga", deb o'qisa ham bo'ladi) - hamma narsa, "oddiy" xalqqa ("qora" xalqqa, deb o'qisa ham bo'ladi) - hatto hojatxonasi yo'q maktablar" tamoyilini yanada izchil hayotga tadbiq etish bo'yicha navbatdagi qadamlar yuzasidan taqdimot qilmoqda.
O'sha gap. Har qanday davlatda umumiy oʻrta taʼlimning vazifasi kimnidir "top" universitetlarga maqsadli tayyorlash emas, yurtning barcha farzandlariga oʻz iqtidorlarini namoyish qilishlari, kelajak uchun kerakli fundamental bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun teng sharoitlar yaratib berish ekanligini taʼlim sohasini boshqarayotganlar tushunib yetgandagina qandaydir oʻzgarishlardan umid qilsa boʻladi. Vazirlikning hozirgi rahbariyati buni tushunib yetishidan esa, afsuski, umid yo'q shekilli.

Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
✅✅
🔴 Ayni damda Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusining taqdimotiga bag‘ishlangan “Yilning eng quvonchli yangiligi” tadbiri boshlandi.
Tadbir “Yangi O’zbekiston” universitetida bo‘lib o‘tmoqda.
🌐 JONLI EFIR
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram…

😢17🔥6
Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi mojaro
"Настоящее время" telekanalining Ozodlik radiosiga tayanib yozishicha, Toshkentda boʻlib oʻtayotgan va prezident Shavkat Mirziyoyev ochib bergan Toshkent xalqaro investitsiya forumida mojaro kuzatilgan. Forumga taklif etilgan Rossiya vakili oʻz nutqini Rossiya prezidenti, Haagadagi Xalqaro jinoiy sud tomonidan harbiy jinoyatlarda gumonlanib hibsga olish orderi berilgan Vladimir Putinning forum ishtirokchilariga murojaati bilan boshlagan. Shunda AQSH va bir qator Yevropa davlatlari vakillari oʻz noroziligini bildirish uchun zalni tark etishgan.
Qiziq, Ikkinchi jahon urushidan beri Yevropa hududidagi eng katta qonli urushni boshlagan davlat vakili va bu urushga qarshi pozitsiyasini bildirib kelayotgan davlatlar vakillarini bitta zalga yigʻish fikri qaysi aqlli tashkilotchidan chiqqan ekan?

Настоящее Время
Радио Свобода: не менее 50 представителей США и ЕС покинули заседание форума в Узбекистане во время выступления вице-премьера РФ…
Не менее 50 представителей США и Европы покинули пленарное заседание четвертого Ташкентского международного инвестиционного форума во время выступления заместителя председателя правительства России Александра Новака. Об этом сообщает узбекская служба Радио…
👍12🔥2😱1
Latipov [uz]
Bugunni oʼziga buzib tashlaysan, narsalari bilan, ichidagi odami bilan koʼmib tashlaysan. Boʼldi endi sud-pud deb erkalatgani
Ha, muammo - o'zaro tiyib turish va nazorat (checks and balances) mexanizmlarining yo'qligi. Joydagi hokim majoziy ma'noda emas, realda ham hech qanday sudsiz "ichidagi odamlari bilan" ko'mib tashlasa ham, hech kim hech narsa qila olmaydi. Chunki o'sha joydagi qonun chiqaruvchi ham - u, qonunni ijro etuvchi ham - u, sud ham, prokuror ham - u. Va gap faqat uning, Uzdiplomat nashri yozganidek, jamiyatga munosabatida emas. Muammoning ildizi chuqurroq.
Muammoning ildizi, mening nazarimda, shundaki, joylardagi hokimlik instituti - Konstitutsiyaning 89-moddasining kichikroq hududdagi "aksi", kichkina modeli sifatida tashkil etilgan. Konstitutsiyaning 89 (yangi tahrirda - 105) va 11-moddalari o'rtasidagi ziddiyat haqida hali Konstitutsiyaga o'zgartirishlar muhokama qilinayotgan paytda yozgandim. Hokim o'zini kichkina hududda hokimiyatning faqat bir bo'g'ining (ijro hokimiyatining) boshlig'i (saylanganmi, tayinlanganmi - farqi yo'q), hokimiyatning uch bog'inidan faqat birining - boshqa bo'g'inlari nazorat qila oladigan, hokimiyati boshqa bo'g'inlar tomonidan cheklangan bo'g'inning - vakili deb bilmaydi. U o'zini hokimiyatning uch bo'g'inidan yuqori deb biladi. Va de-fakto ham shunday. Muammoning ildizi shunda. Va hech qanday izohlar, bayonotlar, huquqiy baholar vaziyatni o'zgartirmaydi. Bunisini ishdan olishar - o'rniga keladigan boshqasi ham o'zini ham xuddi shunday tutadi.

«Bogʼcha hududiga kirganlarni hammasini huquqiy hujjatlarini koʼtarasan. Yoʼqlarini hech kimni eshitmasdan buzasan, sud-pud demasdan buzib tashlaysan. Bugunni oʼziga buzib tashlaysan, narsalari bilan, ichidagi odami bilan koʼmib tashlaysan. Boʼldi endi sud…
🔥13
"Notoʻgʻri talqin qilingan"
Chinovniklarimiz oxirgi paytlarda shu jumlani yoqtirib qolishdi. Shu darajada yoqtirib qolishdiki, hatto qonun loyihalariga kiritishyapti. Masalan, "ijtimoiy tarmoqlar haqidagi" qonun loyihasiga koʻra, ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday kontentda "notoʻgʻri talqin"ni koʻrib qolishsa, AOKA orqali 24 soat oʻchirtirishmoqchi.
Va eng qizigʻi - chinovniklarning oʻzi "notoʻgʻri talqin qilishi", istalgan, hatto "toʻgʻri talqin qilingan" axborotni ham hech qanday izohsiz, asossiz "notoʻgʻri talqin qilingan" deb turib olishi mumkin. Masalan, transport vazirining taksichilarga nisbatan konstitutsiyaga zid cheklov kiritilishi haqidagi bayonotini olaylik.
"Глава Минтранса заявил, что постановление Кабинета министров Узбекистана от 2 апреля, которое регулирует деятельность такси и вызвало обсуждения в социальных сетях, было неверно истолковано.
Илхом Махкамов подчеркнул, что таксисты из регионов могут легально работать в столице, если оформят лицензию, указав Ташкент как место деятельности.
Lekin:
Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan qarorda aniq tiniq qilib yozilgan:
14. Haydovchi faoliyatini litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hududda va unga tutash hududda amalga oshirishi mumkin.
Bunda litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hudud avtotransport vositasiga berilgan davlat raqami belgilarining hududiy kodlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Bu degani - avtomashinasining hududiy kodi, deylik, 30 yoki 80 boʻlgan (umuman, 01 boʻlmagan) haydovchiga Toshkent shahri uchun litsenziya varaqasi berilmaydi, degani. Bu yerda "notoʻgʻri talqin qiladigan" hech narsa yoʻq.
Transport vaziridan esa Konstitutsiyaga zid boʻlgan hukumat qarorini "notoʻgʻri talqin qilmaslikni" va "jamoatchilikda notoʻgʻri taassurot uygʻotadigan" bayonotlarni bermaslikni soʻrab qolamiz.

Газета.uz
«Таксисты могут работать в любом регионе при наличии лицензии» — министр транспорта Узбекистана
Водители из регионов Узбекистана могут оказывать услуги такси в Ташкенте и других областях, заявил министр транспорта Илхом Махкамов. По его словам, ограничений по месту регистрации нет, но работать можно только в том регионе, на который оформлена лицензия.
👍13😱3
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
Ya’ni, taksi haydovchisining avtomobili qaysi hududda ro‘yxatdan o‘tganidan qat’iy nazar o‘zi xohlagan hududda faoliyat yurita oladi.
Qaysi biriga ishonish kerak: Transport vazirligining Telegram'dagi bayonotigami yoki rasmiy qonunchilik bazasidagi hujjatga?
Transport vazirligi yozmoqda:
"yo‘nalishsiz taksi faoliyatini litsenziyalash transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan hududdan qat’iy nazar, taksi haydovchisi tanloviga ko‘ra litsenziya talabnomasida ko‘rsatgan o‘zini-o‘zi band qilish hududi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ya’ni, taksi haydovchisining avtomobili qaysi hududda ro‘yxatdan o‘tganidan qat’iy nazar o‘zi xohlagan hududda faoliyat yurita oladi".
Lekin, 200-qarorda bunday gap yo'q. (Harqalay, men topa olmadim).
200-qaror bilan tasdiqlangan nizomning 14-bandida aniq-tiniq qilib yozilgan:
"14. Haydovchi faoliyatini litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hududda va unga tutash hududda amalga oshirishi mumkin.
Bunda litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hudud avtotransport vositasiga berilgan davlat raqami belgilarining hududiy kodlaridan kelib chiqib aniqlanadi".
Ya'ni, Bektosh Hatamov dehqonchasiga tushuntirganidek, masalan, G'ishmatning propiskasi Qashqadaryoda bo'lsa, uning avtomobilining hududiy kodi 70 bo'ladi, demak, uning litsenziya varaqasi Qashqadaryo va tutash hududlar uchun beriladi. U Toshkentga kelib (yoki, masalan, Qoraqalpog'istonga borib) taksichilik qila olmaydi. Qani bu yerda "taksi haydovchisining tanlovi" haqida gap?
O'zi Transport vazirligi bilan butun O'zbekiston, xususan, bunday cheklovning Konstitutsiyaga zidligi haqida bayonot bergan XDP bitta tilda muloqot qilyapmizmi?

RASMIY IZOH
🚖 Taksi haydovchisi litsenziya talabnomasida o‘zi ko‘rsatgan hududda hech qanday cheklovsiz faoliyat yurita oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar…

👍5
Taʼlim vazirligi emas, tadbirlar va majlislar vazirligi?
Jurnalist Dilshoda Shomirzayeva fikricha, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi taʼlimdan koʻra koʻproq boʻlar-boʻlmas tadbirlarga va majlislarga oʻralashib qolgan - vazirlikning oʻzidagilar ham buchalik koʻp tadbirlar va majlislar nima uchun kerakligini tushunmaydi. Va vazirlikning tobora yopilib, axborot bermay qoʻyishi - matbuot xizmatiga emas, boshqaruvga bogʻliq.
Umuman, podkast boshlovchilari va mehmoni taʼlim bilan bogʻliq ogʻriqli masalalarni koʻtarishgan. Faqat Dilshoda, bir masalada qoʻshilmaslikka ijozat bersangiz: "iqtidorli bolalar iqtidorli bolalar orasida rivojlanadi" - ilmiy asoslanmagan qarash. Andreas Shlyayxer PISA tadqiqotlari va boshqa tadqiqotlar natijalariga tayanib yozishicha, bunday emas - oʻquvchilarni qobiliyatiga koʻra tabaqalashtirib oʻqitish taʼlim sifatinining oshishiga olib kelmaydi.

YouTube
#18 Ta’limda muammolar "yonayotgan"da, faqat tadbirlar haqida gapiriladimi? I "Tanaffus" podkast
#MMTV #talim #maktab
"Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida vazirlikning axborot siyosatini O‘zbekistondagi eng katta nashr – Kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva bilan tahlil qilishga harakat qildik.
Loyiha homiysi: Profi University — https://xa…

👍12
#ilm_fan nima deydi?
Bir qarashda, "iqtidorli" - yoki qaysidir fanda kuchliroq - oʻquvchilar alohida sinfga yigʻilsa, taʼlimiy natijalar yaxshilanadigandek koʻrinishi mumkin. Axir, bunday bolalarga shu fanga qiziqmaydi oʻquvchilar xalal bermaydi, fanni chuqurlashtirib oʻtish mumkin, oʻqituvchi ham "yayrab" dars oʻtadi va hokazo.
Lekin bir qarashda mantiqiy toʻgʻridek koʻrinadigan xulosalarni inkor qiladigan tadqiqotlar koʻp. Masalan, matematikani oʻqitish misolida olib borilgan mana bu tadqiqot xulosalariga koʻra, oʻquvchilar qobiliyatiga koʻra ajratilgan sinflarda erishilgan natija - "kuchli" oʻquvchilarning "kuchayishi" emas, "kuchsiz" oʻquvchilarning yanada "kuchsizlanishi". Yaʼni, qobiliyatiga koʻra boʻlib oʻqitish yondashuvi "kuchsiz"larning "orqada" qolib ketishi ("kuchli"lar uchun oʻqitish natijalari yaxshilanishi emas) natijasida oʻrtadagi farqni kuchaytiradi. Har xil oʻquvchilar bitta sinfda oʻqiyotgan holatda esa "kuchli"larning oʻrganishiga salbiy taʼsir qilmasdan turib "oʻrtacha" va "kuchsiz"larning bilim darajasini yaxshilash, yaʼni oʻrtadagi farqni kamaytirish imkoni bor.
Buning sabablari turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, turli qobiliyatli oʻquvchilar yigʻilgan sinflarda oʻquvchilarning bir-biridan ham oʻrganishi, tengdoshlari natijalarining "kuchsiz"roq oʻquvchilar motivatsiyasiga taʼsiri va hokazo. Sabablarini aniqlash uchun yana tadqiqotlarga murojaat qilish kerak boʻladi.

👍8
Fin, Singapur, Kembrij ... va hokazo va hokazo "rivojlangan davlatlar tajribalari"
"Tanaffus" podkastining mehmoni, taʼlim bilan bogʻliq masalalarni koʻp yoritadigan jurnalist Dilshoda Shomirzayevaning podkastda aytgan mana bu fikrini, nazarimda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va uning jamoasi oʻzining qayd daftariga katta qilib yozib qoʻyishi kerak:
Nima oʻxshasa - oʻxshamasa maktab taʼlimiga tiqishtiraverish kerak emas. Taʼlimda har xil "tajribalar" oʻtkazaverib, uni charchatib qoʻyish kerak emas.
"Tanaffus" podkastining mehmoni, taʼlim bilan bogʻliq masalalarni koʻp yoritadigan jurnalist Dilshoda Shomirzayevaning podkastda aytgan mana bu fikrini, nazarimda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va uning jamoasi oʻzining qayd daftariga katta qilib yozib qoʻyishi kerak:
Nima oʻxshasa - oʻxshamasa maktab taʼlimiga tiqishtiraverish kerak emas. Taʼlimda har xil "tajribalar" oʻtkazaverib, uni charchatib qoʻyish kerak emas.
YouTube
#18 Ta’limda muammolar "yonayotgan"da, faqat tadbirlar haqida gapiriladimi? I "Tanaffus" podkast
#MMTV #talim #maktab
"Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida vazirlikning axborot siyosatini O‘zbekistondagi eng katta nashr – Kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva bilan tahlil qilishga harakat qildik.
Loyiha homiysi: Profi University — https://xa…
"Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida vazirlikning axborot siyosatini O‘zbekistondagi eng katta nashr – Kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva bilan tahlil qilishga harakat qildik.
Loyiha homiysi: Profi University — https://xa…
🔥17👍4👎1
Oʻzbekistonda Oʻzbekiston qonunlari amal qilmaydimi?
"Amu TV" mustaqil nashrining yozishicha, Tolibonning axloq politsiyasi Afgʻoniston - Oʻzbekiston chegarasidagi bozorga 40 yoshga yetmagan ayollarning kirishini taqiqlagan. Nashrning bozorda faoliyat yuritadigan afgʻon savdogariga tayanib yozishicha, bu savdo hajmining keskin tushishiga sabab boʻlgan. Oldin bozorga xarid qilish uchun kelib turgan oilalar ham bu taqiq ularga taʼsir qilishini aytishmoqda.
Qizigʻi, internet manbalarining yozishicha, 70 million AQSH dollariga qurilgan va 36 gektar yerni egallagan "Airitom" bozori (erkin savdo zonasi) maʼmuriy jihatdan Surxondaryo viloyati Termiz tumaniga qarashli.
Qiziq, shunda Oʻzbekiston hududida Oʻzbekistonning emas, qoʻshni davlatning qonunlari amal qiladigan boʻldimi? Fuqarolarni yoshi va jinsi boʻyicha diskriminatsiya qilishni taqiqlaydigan va umuman, Oʻzbekiston hududida Oʻzbekiston qonunlari amal qilishini belgilaydigan Konstitutsiyani nima qilamiz?
Yoki ... bu Oʻzbekiston hududi emasmi?
P.S. Ilgariroq Tolibon hukumati bozorda musiqa qoʻymaslikni soʻragan edi.

Amu TV
Taliban bar women under 40 from Afghan-Uzbek border market, traders say | Amu TV
Families who previously traveled to Termez for business or shopping now say they are less likely to make the trip.
👍14🔥5
Butun normal dunyoda davlat boshqaruvi va jamiyat rivojlanishining samarali mexanizmlari ixtiro qilinib boʻlingan bir paytda, biz har safar "yangicha yondashuvlar" oʻylab topish va "bu safar hammasi boshqacha boʻlishi"ni vaʼda qilish bilan bandmiz.
"Boshqacha" boʻlmaydi. Chunki muammoning fundamental ildizi hal boʻlayotgani yoʻq. Uni hal qilish niyati ham yoʻq. Shunday ekan, nega "bu safar boshqacha" boʻlishi kerak?

🔥40👍9
Umuman, har safar islohotlar va bu safar "hammasi boshqacha boʻlishi" haqida gap ketganda negadir bir latifa esga tushadi. X ijtimoiy tarmogʻining oʻzbek segmentida bugun eslangan latifa. (Negadir koʻpchilik Telegram'ga qaraganda X'da fikrini ochiqroq ifodalar ekan, qiziq, nega?)
Nazarimda, bu latifa xalqqa "islohot" deya taqdim qilinayotgan jarayonlar nega shu paytgacha samara bermaganini va shu zaylda davom etsa, bundan keyin ham samara bermasligini oddiy va tushunarli tilda ifodalab beradi.
P.S. Ishqilib, bironta kodeksga "islohotlarga ishonchsizlik" degan modda kiritilmadimi?

Jalilov. Qaydlar
Butun normal dunyoda davlat boshqaruvi va jamiyat rivojlanishining samarali mexanizmlari ixtiro qilinib boʻlingan bir paytda, biz har safar "yangicha yondashuvlar" oʻylab topish va "bu safar hammasi boshqacha boʻlishi"ni vaʼda qilish bilan bandmiz.
"Boshqacha"…
"Boshqacha"…
👍10
Men nechun ishonmay qoʻydim islohotlarga?
Umuman, men oxirgi paytlarda "islohotlar" deya taqdim etiladigan jarayonlarga, har safar katta minbarlardan "bu safar hamma narsa boshqacha ishlab ketishi" haqida beriladigan vaʼdalarga ishonmay qoʻydim. Umid qilamanki, bu (hali) huquqbuzarlik yoki jinoyat emas.
Nima uchun ishonmay qoʻyganim sababi - oddiy. Masalan, men boshqa sohalarda nisbatan biroz yaxshiroq tushunadigan taʼlim sohasini olaylik. "Xalq taʼlimi info" nashrining yozishicha, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida ham muammolar hal qilinmayotgani bois ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar koʻpaygan. Umuman, nashr vazir biron marta matbuot anjumani oʻtkazmaganini eslatgan (bunga men vazir bironta mustaqil nashrga intervyu ham bermaganini qoʻshib qoʻygan boʻlardim). Shuningdek, nashr oʻzi oʻtkazgan kichik soʻrovnomaning ayanchli natijalarini keltirgan: unda ishtirok etgan respondentlarning 87%i vazirlik oʻqituvchilar ovozini eshitmaydi, ularning muammolarini hal qilmaydi, degan fikrda.
Hokimiyat va jamiyat oʻrtasida jarlik paydo boʻlgan va bu jarlik tobora kattalashishda davom etmoqda. Buning sababini jurnalist Dilshoda Shomirzayeva "Tanaffus" podkastida taʼlim vazirligi misolida bitta qisqa, lekin chuqur maʼnoga ega jumla bilan ifodalab ketdi: hisobdorlikning yoʻqligi. Yaʼni, taʼlim vaziri soliq toʻlovchilar, xalq, jamiyat oldida oʻzini hisobdor sezmaydi, oʻz vazifasini xalqqa xizmat qilish deb bilmaydi. Aks holda, masalan, PISA tadqiqotlarida prezident maktablarining ishtiroki haqida notoʻgʻri maʼlumot bermasdi, "qora xalq" uchun va "iqtidorli elita" uchun moʻljallangan maktablar orasidagi jarlikni yanada kuchaytiruvchi yangi va yangi tashabbuslar bilan chiqmasdi, darsliklarni aniq bir oʻquv dasturlarisiz "qoʻlqopday" almashtirmasdi, ota-onalarni petitsiya joylashtirish va 10 ming imzo yigʻishga undagan muammoli "yangi baholash tizimi"ni joriy qilmasdi, attestatsiyadagi muammolar bilan qiziqardi, umuman, mutaxassislar, oʻqituvchilar, ota-onalarni eshitardi. Taʼlim tizimini qayerga boshlayotgani, oʻrta va uzoq istiqboldagi maqsadlari va rejalari haqida hisobot berardi. Boshqa vazirliklar yoki davlat boshqaruvi organlari haqida ham xuddi shunday deyish mumkin.
Ha, na Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va na boshqa davlat boshqaruvi organlari oʻzini Konstitutsiyada "hokimiyatning yagona manbai" ekanligi belgilangan xalq oldida hisobdor sezmaydi. Ular selektordan selektorlargacha yashaydi. Ular uchun KPI - "xalq roziligi" yoki oʻziga topshirilgan tizimning toʻgʻri ishlashi emas. Ular uchun KPI - selektorda qandaydir "takliflar" olib chiqish va ularni maʼqullatib olish. Sodda qilib aytganda, bir shaxs roziligi. Shuning uchun selektor oldi yashin tezligida (ruscha "лихорадочно" soʻzi maʼnoni yana ham aniqroq ifodalaydi) "takliflar", "planshetlar", "taqdimotlar" tayyorlashadi. Va bu "taklif"larning ilmiy asoslanganligi, ehtimoliy salbiy oqibatlari ularni qiziqtirmaydi. Maqsad - "taqdimot" qilish va "ochko" ishlash. Chunki ularning lavozimga tayinlanishi ham, lavozimdan olinishi ham faqat bir shaxsga bogʻliq. Xalqqa emas. "Xalq vakillari" deyiladigan parlamentga ham emas - parlament shu paytgacha bironta vazirga jiddiyroq savollar berganini, bironta vazir nomzodini rad qilganini, bironta vazirga ishonchsizlik bildirganini koʻrdingizmi?
Shunday ekan, har safar "mutlaqo yangi tizim" haqida gapiramizmi, "ijro intizomi nazorati"ni bir organdan boshqasiga beramizmi, "murojaatlar dispetcherligi" vazifasini bir tuzilmadan boshqasiga beramizmi - bari befoyda. Haqiqiy oʻzgarish boʻlishi uchun oʻsha Konstitutsiyada belgilangan norma amalda ishlashi kerak. Bunga esa "tepa"da xohish bormi oʻzi?

🔥30👍9
Har safar "boshqacha tizim" boʻlishi vaʼda qilinadigan selektorlar haqida ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan
😢10👍6🔥2
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Prezident Xalq qabulxonalari aholi masalalarni hal qilish o‘rniga ularni tashkilotlariga taqsimlovchi “dispetcher”ga aylanib qolganini aytdi.
Darvoqe. "Dispetcherlik" haqida
"Dispetcher"ga faqat "Xalq qabulxonalari" aylanmagan. Masalan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyati yuzasidan Prezident Administratsiyasidan tortib Bolalar Ombudsmani-yu Bosh Prokuraturagacha yuborilgan murojaatlarni ham bu tashkilotlar "dispetcher" boʻlib vazirlikka uzataverishgan, hammasiga vazir oʻrinbosari nomidan "bizda hammasi zoʻr" degan javoblar kelavergan. Mashhur qoʻshiqni perefraza qiladigan boʻlsak, "Nazoratchi oʻzing, ijrochi oʻzing, Deputat oʻzing, prokuror oʻzing ..."

Yopiq halqa? (Замкнутый круг?)
Eng qizigʻi, ota-onalarning aytishicha, Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis, Bolalar ombudsmani, Bosh Prokuratura va boshqa davlat idoralariga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyatidan norozi boʻlib yuborilgan…

👍10🔥2
"Dispetcher"likdan "printer"likka?
Davlat byudjetidan trillionlar ajratilgan darsliklarning oʻquvchilar qoʻliga yetib bormayotganligi haqida oʻz vaqtida qayta-qayta shikoyat qilgan va oxiri Bosh prokuraturaga kirishga muvaffaq boʻlgan ota-onalarning aytishiga qaraganda, ularni qabul qilgan prokuratura xodimi (prokuror?) "Muammo nimada? Bolalaringizga darslikni printerdan chiqarish muammo boʻlsa, kelinglar, men chiqarib bera qolay" degan ekan. Yaʼni prokuratura xodimini darsliklar uchun ajratilgan trillionlar taqdiri emas, ota-onalarning shikoyat qilmasligi koʻproq qiziqtirgan.

😱17🔥11🤬7
Rashid Tojiboev
Ta’lim bu shunchaki bilimni “omonatga topshirish” emas. Brazilyalik pedagog Paulo Freire tanqid qilgan “Banking Concept of Education” ta’lim modeliga ko‘ra, o‘qituvchi bilim “depozitori”, o‘quvchi passiv “hisob raqam” sifatida ko‘riladi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va hayotiy muammolarni mustaqil hal qilish qobiliyatini cheklaydi.
#ilm_fan nima deydi?
Rashid Tojiboyev o'zining postida ko'targan savol - "nima uchun o'rgatamiz?" masalasi aslida ta'limning fundamental masalalaridan biri bo'lib, "nimani o'qitamiz?" va "qanday o'qitamiz?" savollarining javobi shu fundamental savolning javobidan kelib chiqadi. "Nima uchun o'qitamiz?" degan savolga pedagogika va falsafaning bizda o'rganilmaydigan va o'rgatilmaydigan, lekin muhim yo'nalishi - ta'lim falsafasi (philosophy of education) shug'ullanadi.
Rashid Tojiboyev eslatgan "Ta'limning bank konsepsiyasi"ni (o'qituvchini - ma'lumot manbayi, o'quvchini esa bu bilim uzatiladigan obyekt sifatida qarash) Braziliyalik pedagog, ta'lim falsafasi bilan shug'ullangan mutaxassis Paulu Freyre (Paulo Freire) o'zining "Ezilganlar pedagogikasi" ("Pedagogy of the Oppressed") asarida tanqid qilgan (bu asar men tahsil olgan magistratura yo'nalishida majburiy asarlardan biri edi). Freyrega ko'ra, ta'limga bunday yondashuv - "transmissiya" (ma'lumot uzatish - qabul qilish) modeli - mavjud tizimni - ezilganlarning battar ezilishi va hukmronlarning hukmronligini saqlab qolish uchun kerak. Chunki ta'limga bunday yondashuv tanqidiy fikrlashni, "nega?" degan savolni berishni rag'batlantirmaydi.
Aslida Freyregacha ham "transmissiya pedagogikasi" ko'p tanqid qilingan. Ayniqsa ta'lim - jamiyatni yaxshilash, o'zgartirish vositasi, degan qarashga asoslangan ta'lim falsafalari - progressivizm, rekonstruksionizm, tanqidiy pedagogika singari - transmissiya pedagogikasiga qarshi chiqishadi. (Avloniyning mashhur "yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasi" degan gapini eslang - aslida bu fikr ta'limning jamiyatni o'zgartirishdagi roliga urg'u beradi). Masalan, rivojlangan davlatlarning ta'lim tizimiga katta ta'sir ko'rsatgan XX asr olimi, pedagog, psixolog, faylasuf Jon Dyui (John Dewey) ham ta'limni jamiyatni o'zgartirish, demokratiyalashtirish vositasi sifatida ko'radi. Uning fikricha, ta'limning vazifasi - bolani kelajak hayotga tayyorlash, bu degani - "unga o‘zini boshqarish imkonini berish demakdir; uni shunday tarbiyalashki, u o‘zining barcha qobiliyatlarini to‘liq ishga solishga tayyor bo'lsin". (Darvoqe, Dyuo ham davlatlarda ham bo'lajak pedagoglar va ta'lim sohasi mutaxassislari uchun o'qilishi shart bo'lgan mutaxassislar qatoriga kiradi).
PISAdagi ayanchli natijalarimizning sabablaridan biri (yagonasi emas) aynan "transmissiya pedagogikasi" - ma'lumotlarni uzatish va qaytarishga asoslangan o'rgatish va baholash tizimi ekanligi haqida oldin yozgandim. Umuman, bizda har safar o'quv dasturlari "takomillashtirilar" va yangi "fin-Singapur-Somali" darsliklarini yaratish uchun trillionlab mablag'lar ajratilar ekan, ta'lim falsafamiz nima o'zi? degan savol qo'yilmaydi. Vaholanki, bu savolga javob olmas ekanmiz, hamma "takomillashtirish"larimiz soliq to'lovchilar pulini havoga sovurishdan boshqa narsa emas.

👍13
"Garvarchilar maktabi"ga "oddiy maktab" o'quvchsi kira oladimi?
Umumiy o'rta ta'limdagi tobora kengayib borayotgan tengsizlik, tabaqalashtirish siyosatidagi navbatdagi qadam - o'quvchilarni dunyodagi top universitetlarga maqsadli tayyorlashi aytilayotgan Al-Beruniy xalqaro maktab-internatiga "oddiy maktab" o'quvchisi kira oladimi? Ushbu savolning javobi bir qarashda oddiy va aniq tuyulishi mumkin. Va albatta bu savolni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriga yoki vazirlikdagilarga bersangiz "albatta kira oladi, cheklov yo'q" deb javob beradi. Lekin maktabning rasmiy kanalida e'lon qilingan saralash imtohoni ingliz tili fani test topshiriqlari namunalari tahlili "yo'q, kira olmaydi" degan javobga yetaklaydi.
Ilgariroq maktabning rasmiy telegram kanalida ingliz tili va matematikadan kirish testlari spetsifikatsiyalari e'lon qilingan edi. Rasman e'lon qilingan hujjatlarga ko'ra, ingliz tilidan test topshiriqlari A2+ darajasida bo'lishi kerak. Lekin bugun e'lon qilingan test topshiriqlari namunalari va ularga asos bo'lgan matn bu talabga mos kelmaydi.
Dastlab matnga e'tibor qaratamiz. Badiiy uslubda yozilgan va bu yoshdagi ("oddiy" maktabning 8-sinf bitiruvchisi) uchun qiyin so'zlarga to'la bu matnning darajasi ikkita vosita yordamida tekshirildi: Britaniya Kengashi tavsiya qilgan TextInspector va TextAnalyzer. Har ikki vosita matndagi kalit so'zlar tahlili, matn zichligi, gaplar uzunligi va boshqa belgilarga qarab matnning darajasini aniqlab beradi, Har ikki vositaga ko'ra, matnning darajasi - C1dan yuqori.
Endi matn asosidagi test topshiriqlariga e'tibor qilamiz. Matndan keyingi ikki test topshirig'ida so'ralayotgan so'zlarning darajalari (deliberately, loom) - Kembrij lug'atiga ko'ra, B2 va C2. Ya'ni, A2+ darajasidagi oquvchi bu savollarga javob bera olmaydi. "Mulohaza darajasi" deyilayotgan oxirgi ikki test topshirig'i esa ingliz tilidagi matnning badiiy tahliliga oid: muallif matnda qanday "atmosfera" yaratgan va bosh qahramonning matn boshidagi kayfiyati matn oxirida qanday o'zgaradi. Bu yoshdagi o'quvchilar ona tilida o'qilgan badiiy matn asosidagi shunga o'xshash savollarga javob bera oladimi?
Vazirlik "bor" deya iddao qiladigan (aslida ishlamayotgan) Davlat ta'lim standartlariga ko'ra, 9-sinf bitiruvchisi chet tilini A2 darajasida, 11-sinf bitiruvchisi esa B1 darasida bilishi kerak. Xorijiy tilni C1 darajasida bilish faqat xorijiy filologiya yo'nalishi bo'yicha oliy ta'lim muassasasi bitiruvchisidan talab qilinadi. (Hatto maktab o'qituvchisidan ham B2 daraja talab qilinmoqda, C1 yoki undan yuqori emas). 8-sinf bitiruvchisidan Davlat ta'lim standartida ko'zda tutilmagan va maktab unga bera olmaydigan darajani talab qilish orqali qanday maqsad ko'zlangan?
Natija nima bo'ladi?
1. O'quvchi repetitorga (bo'lib ham tilni C1 va undan yuqori darajada tilni biladigan va bunday murakkab matnlar bilan ishlashga bolani tayyorlay oladigan repetitorga) borishi kerak - demak, "Garvardchilar maktabi" shundoq ham pulli ta'lim imkoniyati bor oilalar farzandlarini saralab oladi va "oddiy" maktab o'quvchilari bilan bunday o'quvchilar o'rtasidagi mavjud tengsizlikni yanada kattalashtirib beradi.
2. Yoki ... imtihondan o'tishning boshqa "yo'llari"ni qidirish kerak ...

👍5😢2🔥1