Izoh: Avloniy instituti rasmiy telegram kanalida joylangan yuqoridagi munosabat ayni paytda institut kanalidan nomaʼlum sabablarga koʻra oʻchirilgan.
Telegram
Jalilov. Qaydlar
💬RASMIY MUNOSABAT
O‘qituvchilarning ommalashtirilgan ilg‘or ish tajribalari uchun sertifikatlar mutlaqo bepul va hech qanday to'lovlarsiz yuklab olish imkoniyatlari yaratilgan
✅Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 17-martdagi “O‘qituvchilarning…

Faqat "xodim tomonidan xizmat vazifasi suisteʼmol qilingan"mi? Ochiq qolayotgan savollar
"Xalq ta'limi info" nashrida e'lon qilingan o'qituvchilarga Respublika ta'lim markazi va Avloniy instituti nomidan sertifikatlar pullanayotgani haqidagi xabarga Avloniy instituti rasmiy telegram kanalida dastlab e'lon qilingan munosabat o'chirilib, yangi munosabat joylandi. Unda aytilishicha, "dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Respublika taʼlim markazi xodimi tomonidan xizmat vazifasini suisteʼmol qilgan holda notoʻgʻri xatti-harakatlar amalga oshirilgan". Lekin bu munosabat bir qator yangi savollarni paydo qiladi va vazirlik bu savollarga ham javob berishi shart.
1. Avloniy instituti rasmiy munosabatida "Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 17-martdagi tegishli buyrugʻi asosida oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish tartibi tasdiqlangan", deyiladi. Mazkur buyruq ilovasi ("Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasini ommalashtirish") 4-bobiga ko'ra, "maktab miqyosida ommalashtirilgan metodik ish uchun sertifikat berilmaydi va maktab miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarori asos hisoblanib, uch yilga amal qiladi".
"Xalq ta'limi info" nashri fotonusxasini e'lon qilgan va nashr tahririyatida asli mavjudligi aytilgan sertifikatda "MAKTAB miqyosida OMMALASHTIRILDI" degan yozuvni ko'rish mumkin. Sertifikatni imzolagan rasmiylar - Respublika ta’lim markazi direktori v.v.b. va A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori aslida rasmiylashtirmasligi va berilmasligi kerak bo'lgan sertifikatga qo'l qo'yishganmi? Yoki ular bu yozuvni ko'rishmaganmi? Yoki ... ularning imzolari soxtalashtirilganmi?
2. Xuddi o'sha buyruq ilovasi 3-bobi 2-xatboshida yozilishicha, "metodbirlashma (maktab metodbirlashmasi nazarda tutilmoqda, qarang: 3-bob 1-xatboshi) tavsiyasi asosida Pedagogik kengashda talabgorning metodik ishi mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda
baholash mezoniga muvofiq ishlab chiqilganligi oʻrganib chiqiladi hamda maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirmaslik boʻyicha Pedagogik kengash qaror qabul qiladi". Ya'ni, ishning maktab miqyosida ommalashtirilgani haqidagi qarorni maktab pedagogik kengashi qabul qiladi.
Endi "Xalq ta'limi info" nashri fotonusxasini e'lon qilgan sertifikatga qaraymiz. Unda yozilgan: "Asos: Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko'rsatish bo'limining "Aniq fanlar" yo'nalishi bo'yicha O'quv-metodik kengashining ... bayonnomasi". Sertifikatni imzolagan rasmiylar - Respublika ta’lim markazi direktori v.v.b. va A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori aslida bu masala bo'yicha qaror chiqarish vakolati berilmagan organ qarori asosida berilgan sertifikatga qo'l qo'yishganmi?
Ya'ni, ikkita tashkilotning birinchi imzo huquqiga ega ikki rasmiysi sertifikatga qo'l qo'yayotganda:
a) bunday sertifikat aslida rasmiylashtirilmasligi kerakligini va
b) ishni ommalashtirish haqidagi qaror mazkur masala bo'yicha qaror qabul vakolati berilmagan organ tomonidan qabul qilinganini ko'rmay qolishganmi?
Yuqoridagi savolga qaytamiz: faqat RTM xodimi "xizmat vazifasi suisteʼmol qilgan"mi?
P.S. Qayta aloqa botiga quyidagi mazmundagi xabar olindi:
"Assalomu alaykum. Mana shu xabardan firma va Dilshod Boboqulov haqidagi qismini olib tashlay olasizmi? Sababi - men RTM dan bo’shaganman , hozir Respublika ta’lim markazida faoliyat yuritmayapman. Bu boshqacha tushunishni keltirib chiqaryapti. ... Oldindan rahmat.
Dilshod Boboqulov"
Xabar muallifiga bot orqali quyidagi savollar berildi:
"Assalomu alaykum. Sizning ayni paytda RTM xodimi emasligingiz haqidagi izohni qoʻshishim mumkin. Lekin baribir ayrim savollar ochiq qolyapti. Shularga ham oydinlik kirita olasizmi?
Sertifikatlar uchun toʻlov siz hammuassisi boʻlgan firmaga oʻtkazilganmi?
Sertifikatlarga RTM va Avloniy rahbariyati qoʻl qoʻyganmi?
Qaysi nizom yoki tartib asosida sertifikatlar toʻlov evaziga berilgan?"
Hozircha qo'yilgan savollarga javoblar berilmadi. RTM ham hozircha vaziyatga rasmiy izoh bergani yo'q.

Tasavvur qiling: qo'shningiz hovlingizni o'z hovlisiga qo'shib olish maqsadida xonadongizga og'ir mashina bilan bostirib kirib, uyingizning bir qismini vayron qildi, oila a'zolaringizdan ayrimlarini o'ldirdi, farzandlaringizdan birini esa o'g'irlab ketdi.
Siz bu "vaziyatni diplomatik yo'l bilan" hal qilish tarafdori bo'larmidingiz?

Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi mojaro
"Настоящее время" telekanalining Ozodlik radiosiga tayanib yozishicha, Toshkentda boʻlib oʻtayotgan va prezident Shavkat Mirziyoyev ochib bergan Toshkent xalqaro investitsiya forumida mojaro kuzatilgan. Forumga taklif etilgan Rossiya vakili oʻz nutqini Rossiya prezidenti, Haagadagi Xalqaro jinoiy sud tomonidan harbiy jinoyatlarda gumonlanib hibsga olish orderi berilgan Vladimir Putinning forum ishtirokchilariga murojaati bilan boshlagan. Shunda AQSH va bir qator Yevropa davlatlari vakillari oʻz noroziligini bildirish uchun zalni tark etishgan.
Qiziq, Ikkinchi jahon urushidan beri Yevropa hududidagi eng katta qonli urushni boshlagan davlat vakili va bu urushga qarshi pozitsiyasini bildirib kelayotgan davlatlar vakillarini bitta zalga yigʻish fikri qaysi aqlli tashkilotchidan chiqqan ekan?

Настоящее Время
Радио Свобода: не менее 50 представителей США и ЕС покинули заседание форума в Узбекистане во время выступления вице-премьера РФ…
Не менее 50 представителей США и Европы покинули пленарное заседание четвертого Ташкентского международного инвестиционного форума во время выступления заместителя председателя правительства России Александра Новака. Об этом сообщает узбекская служба Радио…
"Notoʻgʻri talqin qilingan"
Chinovniklarimiz oxirgi paytlarda shu jumlani yoqtirib qolishdi. Shu darajada yoqtirib qolishdiki, hatto qonun loyihalariga kiritishyapti. Masalan, "ijtimoiy tarmoqlar haqidagi" qonun loyihasiga koʻra, ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday kontentda "notoʻgʻri talqin"ni koʻrib qolishsa, AOKA orqali 24 soat oʻchirtirishmoqchi.
Va eng qizigʻi - chinovniklarning oʻzi "notoʻgʻri talqin qilishi", istalgan, hatto "toʻgʻri talqin qilingan" axborotni ham hech qanday izohsiz, asossiz "notoʻgʻri talqin qilingan" deb turib olishi mumkin. Masalan, transport vazirining taksichilarga nisbatan konstitutsiyaga zid cheklov kiritilishi haqidagi bayonotini olaylik.
"Глава Минтранса заявил, что постановление Кабинета министров Узбекистана от 2 апреля, которое регулирует деятельность такси и вызвало обсуждения в социальных сетях, было неверно истолковано.
Илхом Махкамов подчеркнул, что таксисты из регионов могут легально работать в столице, если оформят лицензию, указав Ташкент как место деятельности.
Lekin:
Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan qarorda aniq tiniq qilib yozilgan:
14. Haydovchi faoliyatini litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hududda va unga tutash hududda amalga oshirishi mumkin.
Bunda litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hudud avtotransport vositasiga berilgan davlat raqami belgilarining hududiy kodlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Bu degani - avtomashinasining hududiy kodi, deylik, 30 yoki 80 boʻlgan (umuman, 01 boʻlmagan) haydovchiga Toshkent shahri uchun litsenziya varaqasi berilmaydi, degani. Bu yerda "notoʻgʻri talqin qiladigan" hech narsa yoʻq.
Transport vaziridan esa Konstitutsiyaga zid boʻlgan hukumat qarorini "notoʻgʻri talqin qilmaslikni" va "jamoatchilikda notoʻgʻri taassurot uygʻotadigan" bayonotlarni bermaslikni soʻrab qolamiz.

Газета.uz
«Таксисты могут работать в любом регионе при наличии лицензии» — министр транспорта Узбекистана
Водители из регионов Узбекистана могут оказывать услуги такси в Ташкенте и других областях, заявил министр транспорта Илхом Махкамов. По его словам, ограничений по месту регистрации нет, но работать можно только в том регионе, на который оформлена лицензия.
Taʼlim vazirligi emas, tadbirlar va majlislar vazirligi?
Jurnalist Dilshoda Shomirzayeva fikricha, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi taʼlimdan koʻra koʻproq boʻlar-boʻlmas tadbirlarga va majlislarga oʻralashib qolgan - vazirlikning oʻzidagilar ham buchalik koʻp tadbirlar va majlislar nima uchun kerakligini tushunmaydi. Va vazirlikning tobora yopilib, axborot bermay qoʻyishi - matbuot xizmatiga emas, boshqaruvga bogʻliq.
Umuman, podkast boshlovchilari va mehmoni taʼlim bilan bogʻliq ogʻriqli masalalarni koʻtarishgan. Faqat Dilshoda, bir masalada qoʻshilmaslikka ijozat bersangiz: "iqtidorli bolalar iqtidorli bolalar orasida rivojlanadi" - ilmiy asoslanmagan qarash. Andreas Shlyayxer PISA tadqiqotlari va boshqa tadqiqotlar natijalariga tayanib yozishicha, bunday emas - oʻquvchilarni qobiliyatiga koʻra tabaqalashtirib oʻqitish taʼlim sifatinining oshishiga olib kelmaydi.

YouTube
#18 Ta’limda muammolar "yonayotgan"da, faqat tadbirlar haqida gapiriladimi? I "Tanaffus" podkast
#MMTV #talim #maktab
"Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida vazirlikning axborot siyosatini O‘zbekistondagi eng katta nashr – Kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva bilan tahlil qilishga harakat qildik.
Loyiha homiysi: Profi University — https://xa…

#ilm_fan nima deydi?
Bir qarashda, "iqtidorli" - yoki qaysidir fanda kuchliroq - oʻquvchilar alohida sinfga yigʻilsa, taʼlimiy natijalar yaxshilanadigandek koʻrinishi mumkin. Axir, bunday bolalarga shu fanga qiziqmaydi oʻquvchilar xalal bermaydi, fanni chuqurlashtirib oʻtish mumkin, oʻqituvchi ham "yayrab" dars oʻtadi va hokazo.
Lekin bir qarashda mantiqiy toʻgʻridek koʻrinadigan xulosalarni inkor qiladigan tadqiqotlar koʻp. Masalan, matematikani oʻqitish misolida olib borilgan mana bu tadqiqot xulosalariga koʻra, oʻquvchilar qobiliyatiga koʻra ajratilgan sinflarda erishilgan natija - "kuchli" oʻquvchilarning "kuchayishi" emas, "kuchsiz" oʻquvchilarning yanada "kuchsizlanishi". Yaʼni, qobiliyatiga koʻra boʻlib oʻqitish yondashuvi "kuchsiz"larning "orqada" qolib ketishi ("kuchli"lar uchun oʻqitish natijalari yaxshilanishi emas) natijasida oʻrtadagi farqni kuchaytiradi. Har xil oʻquvchilar bitta sinfda oʻqiyotgan holatda esa "kuchli"larning oʻrganishiga salbiy taʼsir qilmasdan turib "oʻrtacha" va "kuchsiz"larning bilim darajasini yaxshilash, yaʼni oʻrtadagi farqni kamaytirish imkoni bor.
Buning sabablari turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, turli qobiliyatli oʻquvchilar yigʻilgan sinflarda oʻquvchilarning bir-biridan ham oʻrganishi, tengdoshlari natijalarining "kuchsiz"roq oʻquvchilar motivatsiyasiga taʼsiri va hokazo. Sabablarini aniqlash uchun yana tadqiqotlarga murojaat qilish kerak boʻladi.

Fin, Singapur, Kembrij ... va hokazo va hokazo "rivojlangan davlatlar tajribalari"
"Tanaffus" podkastining mehmoni, taʼlim bilan bogʻliq masalalarni koʻp yoritadigan jurnalist Dilshoda Shomirzayevaning podkastda aytgan mana bu fikrini, nazarimda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va uning jamoasi oʻzining qayd daftariga katta qilib yozib qoʻyishi kerak:
Nima oʻxshasa - oʻxshamasa maktab taʼlimiga tiqishtiraverish kerak emas. Taʼlimda har xil "tajribalar" oʻtkazaverib, uni charchatib qoʻyish kerak emas.
"Tanaffus" podkastining mehmoni, taʼlim bilan bogʻliq masalalarni koʻp yoritadigan jurnalist Dilshoda Shomirzayevaning podkastda aytgan mana bu fikrini, nazarimda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va uning jamoasi oʻzining qayd daftariga katta qilib yozib qoʻyishi kerak:
Nima oʻxshasa - oʻxshamasa maktab taʼlimiga tiqishtiraverish kerak emas. Taʼlimda har xil "tajribalar" oʻtkazaverib, uni charchatib qoʻyish kerak emas.
YouTube
#18 Ta’limda muammolar "yonayotgan"da, faqat tadbirlar haqida gapiriladimi? I "Tanaffus" podkast
#MMTV #talim #maktab
"Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida vazirlikning axborot siyosatini O‘zbekistondagi eng katta nashr – Kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva bilan tahlil qilishga harakat qildik.
Loyiha homiysi: Profi University — https://xa…
"Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida vazirlikning axborot siyosatini O‘zbekistondagi eng katta nashr – Kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva bilan tahlil qilishga harakat qildik.
Loyiha homiysi: Profi University — https://xa…
Oʻzbekistonda Oʻzbekiston qonunlari amal qilmaydimi?
"Amu TV" mustaqil nashrining yozishicha, Tolibonning axloq politsiyasi Afgʻoniston - Oʻzbekiston chegarasidagi bozorga 40 yoshga yetmagan ayollarning kirishini taqiqlagan. Nashrning bozorda faoliyat yuritadigan afgʻon savdogariga tayanib yozishicha, bu savdo hajmining keskin tushishiga sabab boʻlgan. Oldin bozorga xarid qilish uchun kelib turgan oilalar ham bu taqiq ularga taʼsir qilishini aytishmoqda.
Qizigʻi, internet manbalarining yozishicha, 70 million AQSH dollariga qurilgan va 36 gektar yerni egallagan "Airitom" bozori (erkin savdo zonasi) maʼmuriy jihatdan Surxondaryo viloyati Termiz tumaniga qarashli.
Qiziq, shunda Oʻzbekiston hududida Oʻzbekistonning emas, qoʻshni davlatning qonunlari amal qiladigan boʻldimi? Fuqarolarni yoshi va jinsi boʻyicha diskriminatsiya qilishni taqiqlaydigan va umuman, Oʻzbekiston hududida Oʻzbekiston qonunlari amal qilishini belgilaydigan Konstitutsiyani nima qilamiz?
Yoki ... bu Oʻzbekiston hududi emasmi?
P.S. Ilgariroq Tolibon hukumati bozorda musiqa qoʻymaslikni soʻragan edi.

Amu TV
Taliban bar women under 40 from Afghan-Uzbek border market, traders say | Amu TV
Families who previously traveled to Termez for business or shopping now say they are less likely to make the trip.
Butun normal dunyoda davlat boshqaruvi va jamiyat rivojlanishining samarali mexanizmlari ixtiro qilinib boʻlingan bir paytda, biz har safar "yangicha yondashuvlar" oʻylab topish va "bu safar hammasi boshqacha boʻlishi"ni vaʼda qilish bilan bandmiz.
"Boshqacha" boʻlmaydi. Chunki muammoning fundamental ildizi hal boʻlayotgani yoʻq. Uni hal qilish niyati ham yoʻq. Shunday ekan, nega "bu safar boshqacha" boʻlishi kerak?

Umuman, har safar islohotlar va bu safar "hammasi boshqacha boʻlishi" haqida gap ketganda negadir bir latifa esga tushadi. X ijtimoiy tarmogʻining oʻzbek segmentida bugun eslangan latifa. (Negadir koʻpchilik Telegram'ga qaraganda X'da fikrini ochiqroq ifodalar ekan, qiziq, nega?)
Nazarimda, bu latifa xalqqa "islohot" deya taqdim qilinayotgan jarayonlar nega shu paytgacha samara bermaganini va shu zaylda davom etsa, bundan keyin ham samara bermasligini oddiy va tushunarli tilda ifodalab beradi.
P.S. Ishqilib, bironta kodeksga "islohotlarga ishonchsizlik" degan modda kiritilmadimi?
Nazarimda, bu latifa xalqqa "islohot" deya taqdim qilinayotgan jarayonlar nega shu paytgacha samara bermaganini va shu zaylda davom etsa, bundan keyin ham samara bermasligini oddiy va tushunarli tilda ifodalab beradi.
P.S. Ishqilib, bironta kodeksga "islohotlarga ishonchsizlik" degan modda kiritilmadimi?
Telegram
Jalilov. Qaydlar
Butun normal dunyoda davlat boshqaruvi va jamiyat rivojlanishining samarali mexanizmlari ixtiro qilinib boʻlingan bir paytda, biz har safar "yangicha yondashuvlar" oʻylab topish va "bu safar hammasi boshqacha boʻlishi"ni vaʼda qilish bilan bandmiz.
"Boshqacha"…
"Boshqacha"…
Men nechun ishonmay qoʻydim islohotlarga?
Umuman, men oxirgi paytlarda "islohotlar" deya taqdim etiladigan jarayonlarga, har safar katta minbarlardan "bu safar hamma narsa boshqacha ishlab ketishi" haqida beriladigan vaʼdalarga ishonmay qoʻydim. Umid qilamanki, bu (hali) huquqbuzarlik yoki jinoyat emas.
Nima uchun ishonmay qoʻyganim sababi - oddiy. Masalan, men boshqa sohalarda nisbatan biroz yaxshiroq tushunadigan taʼlim sohasini olaylik. "Xalq taʼlimi info" nashrining yozishicha, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida ham muammolar hal qilinmayotgani bois ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar koʻpaygan. Umuman, nashr vazir biron marta matbuot anjumani oʻtkazmaganini eslatgan (bunga men vazir bironta mustaqil nashrga intervyu ham bermaganini qoʻshib qoʻygan boʻlardim). Shuningdek, nashr oʻzi oʻtkazgan kichik soʻrovnomaning ayanchli natijalarini keltirgan: unda ishtirok etgan respondentlarning 87%i vazirlik oʻqituvchilar ovozini eshitmaydi, ularning muammolarini hal qilmaydi, degan fikrda.
Hokimiyat va jamiyat oʻrtasida jarlik paydo boʻlgan va bu jarlik tobora kattalashishda davom etmoqda. Buning sababini jurnalist Dilshoda Shomirzayeva "Tanaffus" podkastida taʼlim vazirligi misolida bitta qisqa, lekin chuqur maʼnoga ega jumla bilan ifodalab ketdi: hisobdorlikning yoʻqligi. Yaʼni, taʼlim vaziri soliq toʻlovchilar, xalq, jamiyat oldida oʻzini hisobdor sezmaydi, oʻz vazifasini xalqqa xizmat qilish deb bilmaydi. Aks holda, masalan, PISA tadqiqotlarida prezident maktablarining ishtiroki haqida notoʻgʻri maʼlumot bermasdi, "qora xalq" uchun va "iqtidorli elita" uchun moʻljallangan maktablar orasidagi jarlikni yanada kuchaytiruvchi yangi va yangi tashabbuslar bilan chiqmasdi, darsliklarni aniq bir oʻquv dasturlarisiz "qoʻlqopday" almashtirmasdi, ota-onalarni petitsiya joylashtirish va 10 ming imzo yigʻishga undagan muammoli "yangi baholash tizimi"ni joriy qilmasdi, attestatsiyadagi muammolar bilan qiziqardi, umuman, mutaxassislar, oʻqituvchilar, ota-onalarni eshitardi. Taʼlim tizimini qayerga boshlayotgani, oʻrta va uzoq istiqboldagi maqsadlari va rejalari haqida hisobot berardi. Boshqa vazirliklar yoki davlat boshqaruvi organlari haqida ham xuddi shunday deyish mumkin.
Ha, na Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va na boshqa davlat boshqaruvi organlari oʻzini Konstitutsiyada "hokimiyatning yagona manbai" ekanligi belgilangan xalq oldida hisobdor sezmaydi. Ular selektordan selektorlargacha yashaydi. Ular uchun KPI - "xalq roziligi" yoki oʻziga topshirilgan tizimning toʻgʻri ishlashi emas. Ular uchun KPI - selektorda qandaydir "takliflar" olib chiqish va ularni maʼqullatib olish. Sodda qilib aytganda, bir shaxs roziligi. Shuning uchun selektor oldi yashin tezligida (ruscha "лихорадочно" soʻzi maʼnoni yana ham aniqroq ifodalaydi) "takliflar", "planshetlar", "taqdimotlar" tayyorlashadi. Va bu "taklif"larning ilmiy asoslanganligi, ehtimoliy salbiy oqibatlari ularni qiziqtirmaydi. Maqsad - "taqdimot" qilish va "ochko" ishlash. Chunki ularning lavozimga tayinlanishi ham, lavozimdan olinishi ham faqat bir shaxsga bogʻliq. Xalqqa emas. "Xalq vakillari" deyiladigan parlamentga ham emas - parlament shu paytgacha bironta vazirga jiddiyroq savollar berganini, bironta vazir nomzodini rad qilganini, bironta vazirga ishonchsizlik bildirganini koʻrdingizmi?
Shunday ekan, har safar "mutlaqo yangi tizim" haqida gapiramizmi, "ijro intizomi nazorati"ni bir organdan boshqasiga beramizmi, "murojaatlar dispetcherligi" vazifasini bir tuzilmadan boshqasiga beramizmi - bari befoyda. Haqiqiy oʻzgarish boʻlishi uchun oʻsha Konstitutsiyada belgilangan norma amalda ishlashi kerak. Bunga esa "tepa"da xohish bormi oʻzi?

Har safar "boshqacha tizim" boʻlishi vaʼda qilinadigan selektorlar haqida ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan
"Dispetcher"likdan "printer"likka?
Davlat byudjetidan trillionlar ajratilgan darsliklarning oʻquvchilar qoʻliga yetib bormayotganligi haqida oʻz vaqtida qayta-qayta shikoyat qilgan va oxiri Bosh prokuraturaga kirishga muvaffaq boʻlgan ota-onalarning aytishiga qaraganda, ularni qabul qilgan prokuratura xodimi (prokuror?) "Muammo nimada? Bolalaringizga darslikni printerdan chiqarish muammo boʻlsa, kelinglar, men chiqarib bera qolay" degan ekan. Yaʼni prokuratura xodimini darsliklar uchun ajratilgan trillionlar taqdiri emas, ota-onalarning shikoyat qilmasligi koʻproq qiziqtirgan.