Jalilov. Qaydlar
3.88K subscribers
1.42K photos
17 videos
22 files
2.25K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova "elita" va "prezident farzandlari" deb ajratib olinadiganlar uchun oddiy maktablarni yanada sharoitdan qisish evaziga (byudjet rezina emas-ku axir) yaratiladigan sharoitlarni reklama qilmoqda.

Har qanday davlatda umumiy oʻrta taʼlimning vazifasi kimnidir "top" universitetlarga maqsadli tayyorlash emas, yurtning barcha farzandlariga oʻz iqtidorlarini namoyish qilishlari, kelajak uchun kerakli fundamental bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun teng sharoitlar yaratib berish ekanligini taʼlim sohasini boshqarayotganlar tushunib yetgandagina qandaydir oʻzgarishlardan umid qilsa boʻladi.
O'qituvchiga va'da qilingan ustamalardan qisib qolishga bahonalar tayyor?

Qoraqalpog'istondan yozishmoqda:

"Qoraqalpog'istondanman, Nukus shahridan. Tarix fani o'qituvchisi bo'lib ishlayman. Bizda shu oydan boshlab Milliy sertifikat uchun ustamani to'liq to'lab bermay qoldi. Qoraqalpog'iston tarixi faniga amal qilmaydi deb, aslida dars setkasida u aloqida dars ham emas, O'zbekston tarixi ichida o'tamiz. Shu muammoni ko'tarsangiz, iltimos, zora tepadagilar eshitsa". X ijtimoiy tarmog'ida ham Qoraqalpog'istonlik bir pedagog xuddi shu muammoni ko'targan edi.

Qiziq, nega o'zi shundoq ham o'rtacha oylikdan ancha kam oylik oladigan o'qituvchilarga qonunchilikda va'da qilingan ustamalarni to'lashda muammolar yuzaga keladi, to'lamaslik uchun bahonalar topiladi? Qoraqalpog'iston keysida - pedagoglarning yozganlariga qaraganda, "tarix fanidan milliy sertifikat Qoraqalpog'iston tarixi fanidan emas"ligi bahona qilinmoqda ekan. Bunday mantiq bo'yicha oladigan bo'lsak, masalan, "Jahon tarixi" fanidan alohida sertifikat yo'q-ku, lekin tarix fanidan olingan sertifikat bo'lsa, o'qituvchining jahon tarixi fani soatlari uchun ham ustama to'lanadi, to'g'rimi?

Byudjet pulini tejash kerak bo'lsa, pastdan - o'qituvchilardan emas, vazirlik ichidagi nimalar bilan shug'ullanishi haqida hisobot berilmaydigan har xil MCHJlar va DUKlarni tugatishdan boshlarmiz balki?
"Oʻqituvchi? Chiqar hammasini!"

Baland minbarlardan inson qadri, oʻqituvchi qadr-qimmati haqida balandparvoz nutqlar irod qilinayotgan bir paytda, oʻqituvchini ustamasidan siqish ham, "dolzarb 90 kun" deb mehnat taʼtiliga chiqarmasdan tekinga ishlatish ham mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jalilov. Qaydlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Rakurs" podkastining taʼlimga bagʻishlangan oxirgi sonida bir qiziq masala koʻtarildi: nega oʻzbek oilalar farzandlarini taʼlim rus tilida olib boriladigan sinflarga beradi?

Podkast boshlovchisi va mehmonlari buning sabablaridan biri (yagona sababi emas) rus tilida bolalar uchun resurslarning oʻzbek tilidagi resurslarga koʻproq ekanligi bilan izohlashdi.

Bu fikrga qoʻshilmay iloj yoʻq. Va gap faqat rus tilida oʻquv adabiyotlarining (darsliklar, qoʻllanmalar, ensiklopediyalar va hokazo) koʻproq ekanligida emas. Taʼlim boʻyicha xalqaro tadqiqotlar (masalan, PISA, PIRLS) qoʻshimcha manbalarning mavjudligi va sifati ham taʼlim sifatiga taʼsir qiluvchi omillardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Demak, oʻzbek tilidagi sifatli manbalarning koʻpayishi - taʼlim sifatini oshirish uchun zaruriy shartlardan biri.

Yana bir muammo, nazarimda, oʻzbek tilidagi bolalar uchun badiiy kitoblarning aksar hollarda gʻaribligi. Gʻariblik sonda ham, sifatda ham bilinadi. Sondagi gʻariblik - oʻzbek tilida bolalar uchun yozilgan adabiyotlar ham, tarjima asarlar ham kam. Kitob doʻkonlariga kirsangiz, masalan, "Shum bola"ning har xil nashrlarini koʻrasiz, lekin "Shum bola" - bola uchun yozilgan asar emas. Undagi, masalan, oʻlik yuvish voqeasi yoki bachaboz hoji bobo bilan bogʻliq epizodlar har qanday bola psixologiyasini majruh qilishga qodir.

Sifatdagi gʻariblik: aksar hollarda oʻzbek tilida bolalar uchun chiqarilgan kitoblar yoki illyustratsiyasiz boʻladi, yoki illyustratsiyalar bir xil qolipda boʻladi. Postga ilova qilingan suratlarga eʼtibor bering: bu jahon adabiyotining mashhur namunalarining ("Kichkina shahzoda" va "Pinokkio") aynan shu asar uchun mashhur rassomlar, bolalar kitoblari illyustratorlari chizgan rasmlar bilan chop etilgan nusxalari. Oʻzbek tilida shunday asar uchun maxsus ishlangan, oʻziga xos illyustratsiyalar bilan chop etilgan kitoblar yoki yoʻq, yoki juda kam. Vaholanki mutaxassislar bolalar kitobi uchun illyustratsiyalar qay darajada muhimligini doimo taʼkidlab kelishadi.

Xullas, bolalar adabiyoti sohasida hali qilish kerak boʻlgan ishlar koʻp. Va bular ham taʼlim sifatiga taʼsir qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaxsiy tajribamdan misol. Mening tilim oʻzbek tilida ham, rus tilida ham chiqmagan. Umumiy oʻrta taʼlimni (va birinchi oliy taʼlimni) oʻzbek tilida olganman va oʻzbek tilini (rus tilini ham) faqat maktabga chiqqandan keyin oʻrganganman. Har ikki tilda ham bemalol oʻqiy va yoza olaman. Bunga (ayniqsa rus tilini oʻrganishimga) sabab boʻlgan omillardan biri, nazarimda, qoʻshimcha resurslarning mavjudligi edi (maktabimizda rus tilini juda yaxshi oʻqitishar edi deya olmayman): kitoblar koʻp edi, bolalar jurnallari ("Murzilka"ga oʻxshagan) sotilardi, rus tilida audiokitoblar (u paytda gramplastinkalarga yozilgan boʻlardi) sotiladigan alohida doʻkon bor edi va men deyarli har kuni kechqurun bir asar eshitardim.

Yuqorida til ota-ona tomonidan "lift" sifatida ham koʻrilishi haqida aytildi. Lekin, masalan, rus tilini oʻrganish uchun bola taʼlim rus tilida olib boriladigan maktabda oʻqish shart emas-ku, toʻgʻrimi? Oʻzbek maktabida rus tili 2-sinfdan 11-sinfgacha haftasiga 2 soatdan oʻqitiladi. Bu, aslida, juda koʻp soat. (Ingliz (yoki nemis, fransuz) tili esa 1-sinfdan oʻqitiladi). Hozirgi ota-onada esa maktab shuncha koʻp soat bilan ham bolaga til oʻqita olishiga ishonch yoʻq. Demak, yana gap oʻsha taʼlim sifatiga borib taqaladi. Va ota-onalarning maʼlum bir qismida (ayniqsa oʻzi rus tilini bilmaydigan / yaxshi bilmaydigan qismida) "bolam rus sinfida oʻqisa hech boʻlmaganda rus tilini biladigan boʻladi" degan qarash ham bor.
Rus maktablarida yaxshiroq o'qitadimi?

Kechagi - nega ayrim o'zbek ota-onalar farzandini ta'lim rus tilida olib boriladigan maktabga (sinfga) beradi, degan bahsga doir. Buning sabablaridan biri - taʼlim rus tilida olib boriladigan maktablarda yaxshiroq oʻqitadi, degan qarash ekanligi haqida yozgan edim (perceived quality of education). Bu qarash shunchaki stereotipmi yoki tagida asos bormi - buning uchun ma'lumotlar (masalan, PISA- 2022 tadqiqotining taʼlim tillari kesimidagi natijalari) kerak, degan edim.

Yuqoridagi grafikda PISA-2022 tadqiqoti natijalarining uchta ta'lim tili bo'yicha taqsimoti va O'zbekistonning o'rtacha balli bilan qiyosi berilgan. Xulosa o'zingizdan.

Natijalarni OECD e'lon qilgan ma'lumotlar bazasidan ajratib bergan hamkasblarga minnatdorchiligimni bildiraman.
PISA-2022 - hududlar va tillar kesimida.xlsx
21.3 KB
Yuqoridagi postga ilova.

Postga biriktirilgan faylda PISA-2022 tadqiqoti natijalarining uchta ta'lim tili bo'yicha va hududlar bo'yicha taqsimoti berilgan. Izoh: taqdqiqotda hamma til bo'yicha hamma hududdan ham o'quvchilar qatnashmagan, N ustuni sinovda qatnashgan o'quvchilar sonini bildiradi. Ta'lim rus tilida olib boriladigan maktablar(sinflar)ning o'rtacha balli sezilarli farq qiladigan yo'nalishlar va hududlar rang bilan ajratilgan.

Natijalarni OECD e'lon qilgan ma'lumotlar bazasidan ajratib bergan hamkasblarga minnatdorchiligimni bildiraman.
"Parijda 6 oy yozilgan" Milliy hisobot qani?

Oʻzi aslida yuqoridagi kabi maʼlumotlar, chuqurroq tahlillar PISA-2022 tadqiqotining Milliy hisobotidan oʻrin olishi kerak edi. Masalan, vazirlikka qaysi tildagi maktablar yoki qaysi hududlardagi maktablar qanday natija qayd etgani, buning sabablari qiziq boʻlishi kerak edi. Nega, deylik, taʼlim rus tilida olib boriladigan maktablar natijalari nisbatan yuqoriroq? Nega, masalan, qoraqalpoq tilida oʻqish savodxonligi juda past? Qaysi hududda taʼlim sifati balandroq / pastroq? Bunga qanday omillar taʼsir qilayotgan boʻlishi mumkin? Taʼlim sifatini koʻtarish (amalda koʻtarish, PR aksiyalarda va "tepa"ga taqdimotlarda emas) uchun qanday qadamlar qoʻymogʻimiz kerak? Shokir Tursun "Rakurs" podkastida aytgan - maktabda normal hojatxona yoʻqligi davomatga va taʼlim sifatiga qanday taʼsir qilmoqda? PISA tadqiqoti doirasida yigʻilgan maʼlumotlardan bu kabi va boshqa koʻplab savollarga javoblar izlab koʻrish mumkin edi.

Lekin vazirlik PISA-2022 natijalari boʻyicha na milliy hisobotni eʼlon qildi (ayrim manbalarning iddao qilishicha, bu hisobotni yozish uchun vazirlik xodimi 6 oy Parijda yashagan - katta ehtimol bilan, uning Fransiya poytaxtida yashash xarajatlarini siz va biz koʻtarganmiz), na biron bir matbuot anjumani oʻtkazdi va na intervyu berdi. PISA-2025 esa savollar bilan oʻtmoqda - bu savollarning ayrimlariga javob olindi (vazirlikdan emas, Parijdan), ayrimlari esa haligacha ochiq qolmoqda.

Vazirlikni taʼlim sifati emas, vazirning har zamonda "tepa"da qiladigan taqdimotlari va selektorlardagi chiqishlari koʻproq qiziqtiradi, shekilli ....
O'qituvchilarga Respublika ta'lim markazi va Avloniy instituti nomidan sertifikatlar pullanmoqda

"Xalq ta'limi info" nashrining yozishicha, pedagoglarga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning huzuridagi Respublika ta'lim markazi va Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti nomidan "Ilg'or tajriba (metodik ish) ommalashtirilganligi" to'g'risidagi sertifikatlar sotilmoqda. Nashrning yozishicha, sertifikatlarga Respublika ta’lim markazi v.v.b direktori (ayni paytda Oʻquv jarayonini metodik jihatdan ta’minlash va darsliklar boshqarmasi boshlig‘i) D.Norboyeva hamda A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori A.Ismailovning elektron QR-kod shaklidagi muhri tushirilgan. Sertifikat uchun to‘lovlar esa “Startup-Invest” MCHJ hisob raqamiga o‘tkazilgan. Mazkur MCHJ ta'sischilari - Respublika ta’lim markazi xodimi (bo‘lim boshlig‘i) Dilshod Boboqulov va “FALCON HOLDINGS” MCHJ.

"Xalq ta'limi info" nashri o'zi aniqlagan bir qancha holatlar bo'yicha rasmiylardan izoh so'ramoqda. Nashrning iddao qilishicha:

1. Pedagoglarga sertifikat olish taklifi haqidagi SMS xabarlar pedagoglarning ommalashtirish.uz rasmiy platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamlariga yuborilgan.

2. Respublika ta’lim markazi hamda A. Avloniy nomidagi institutga tegishli bo‘lgan rasmiy bot orqali ham pedagoglarga sertifikatni to'lov evaziga yuklab olish taklifi haqidagi reklama matnlari yuborilgan.

3. Keyingi bosqichda pedagoglar maxsus norasmiy botga yo‘naltirilgan va aynan ana shu bot orqali pedagoglarga sertifikatlar pullangan. To'lovlar RTM xodimi hammuassisligidagi MCHJga tushirilgan.

4. Pullangan sertfikatlar ommalashtirish.uz platformasida generatsiya qilingan, ularga RTM direktori v.v.b (ayni paytda vazirlikda boshqarma boshlig'i) D.Norboyeva hamda A. Avloniy nomidagi institut rektori A.Ismailovning elektron QR-kod shaklidagi muhri tushirilgan.

5. Pullangan sertifikatdagi QR-kod skaner qilinganda, ular vazirlikning rasmiy ommalashtirish.uz platformasida ham mavjudligini ko‘rish mumkin.

Nashrning yozishicha, bu amaliyot noqonuniy, chunki maktab miqyosida ommalashtirilgan ish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 17-martdagi 89-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomada maktab miqyosida ommalashtirilgan ish uchun sertifikat berimasligi aniq yozib qo‘yilgan, pullik sertifikatlar haqida esa gap bo‘lishi ham mumkin emas. Qolaversa, sertifikatlar uchun to'lovlarni qabul qilayotgan xususiy firmaning ta'sischilaridan biri ommalashtirishga mas'ul davlat tashkilotlaridan biri - Respublika ta'lim markazi xodimi ekanligi bu jarayonda "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi va "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonunlar buzilayotgan bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda.
💬RASMIY MUNOSABAT

O‘qituvchilarning ommalashtirilgan ilg‘or ish tajribalari uchun sertifikatlar mutlaqo bepul va hech qanday to'lovlarsiz yuklab olish imkoniyatlari yaratilgan

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 17-martdagi “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 89-son buyrug‘i asosida o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish tartibi tasdiqlangan.

Mazkur tartib asosida ilg‘or ish tajribalar (metodik qo‘llanma yoki metodik tavsiya) tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) va respublika miqyosida ommalashtirilishi belgilangan.

🔄Talabgorning metodik ishi maksimal 80 ball bilan baholanadi. Bunda, 50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida, 66-80 ball bilan baholangan metodik ishlar viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblandi va ommalashtirish.uz platformasi orqali sertifikat olish uchun yuborildi.

📱Shundan, 75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etildi.

Hozirgi kunda tuman (shahar) va viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan ishlar bo‘yicha sertifikatlar to‘liq rasmiylashtirilgan va uni ommalashtirish.uz platformasi orqali yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasi) hamda Respublika miqyosida ommalashtirilgan ishlar uchun sertifikatlar maxsus platforma (ommalashtirish.uz) orqali bepul, hech qanday to'lovlarsiz berilishi yo'lga qo'yilgan.

❗️Eslatma: Sertifikatlar faqat Respublika Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan beriladi hamda ommalashtirish.uz platformasi orqali talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Ommalashtirish uchun rasmiylashtirilgan sertifikatlar mutlaqo bepul taqdim etilmoqda.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM