Jalilov. Qaydlar
4.04K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.26K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
"Oʻz darsligingni oʻzing chop qil"

Vazirlik bu yil "65 nomda" darslik chiqarmoqchi, darsliklarga masʼul Respublika taʼlim markazi endi har kuni oʻzini PR qilmoqchi boʻlgan bir paytda ijtimoiy tarmoqlarda ota-onalar darsliklar yoʻqligi, oʻquvchilarga yetib bormayotgani, oʻzlari chop qilishga majbur boʻlishayotgani haqida yozishmoqda. Tarix (8-sinf) singari ayrim fanlardan darsliklar mana ikkinchi yildirki yoʻqligi aytilmoqda.
🤯2
"Agar bu mushuk boʻlsa, goʻsht qani, agar bu goʻsht boʻlsa, mushuk qani?" degan ekan Afandi. Bizning vaziyatimizda "mushuk ham, goʻsht ham qani"?

Modomiki darsliklarni ota-onalar oʻzlari chiqarishga majbur boʻlishayotgan ekan, balki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi darsliklarni "yangilash" uchun har yili ajratilayotgan, xususan, 2024-yilda ham ajratilgan 1,3 trln soʻmning taqdiri haqida hisob berar? Bu pullarning hisobi byudjetni tasdiqlagan deputatlarga ham, boshqa idoralarga ham qiziq boʻlmasligi mumkin, lekin, oʻylaymanki, "oʻz darsligini oʻzi chiqarish"ga majbur boʻlayotgan soliq toʻlovchilar uchun qiziq boʻladi.
👍17
Kun xulosasi

Taʼlimni boshqarish, taʼlimga oid kalit (muhim) masalalarni hal qilishga shaxsiy sadoqat yoki balandparvozlik tamoyillari asosida tanlangan, taʼlim haqida, pedagogika haqida yuzaki tushunchaga egalarni yoki umuman tushunchasi yoʻqlarni tayinlash - bu millat kelajagi tagiga bir kun kelib muqarrar portlaydigan mina qoʻyishdir. Biz shunday mina ustida yashayapmiz.
👏32🔥8👍5
Maktab taʼlimi samarasizligi eng yuqori minbarlardan tan olindimi?

"Mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini rag‘batlantirish uchun xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi. Bunda o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan to‘lab beriladi".

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi amal qilmay qoʻygan Davlat taʼlim standartlariga koʻra, 11-sinfni bitirgan oʻquvchilar xorijiy tilni kamida B1 darajasida bilishi kerak. Bundan bir necha yil oldin xalqaro donorlar koʻmagi bilan ingliz tilidan oʻrta maktablar uchun Kembrij darsliklari litsenziyasi sotib olingan edi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi fransuz va nemis tillari ham xorijiy darsliklar asosida oʻqitilishi haqida yozgan edi. Qolaversa, oʻzimizning oʻqituvchilar tushiga ham kirmaydigan imtiyozlar evaziga "til egalari" maktablarga jalb qilinmoqda.

Shuncha harakatlarga qaramasdan, Maktabgacha va maktab taʼlimi 11 yil oʻqitib oʻrgata olmagan xorijiy tilni endi yoshlar kurslarga qatnab oʻrganishi uchun soliq toʻlovchilar yana pul toʻlaydi.

Keyingi qadam nima? Maktab oʻrgata olmagan ona tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya va boshqa umumtaʼlim fanlarini yoshlar kurslarda oʻrganishi uchun mablagʻ ajratishmi? Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga har yili trillionlar nima uchun ajratilmoqda unda?
🔥26👍13🤯10
“Dissertatsiya uchun 3000−5000 dollar”. O‘zbekistonda doktorantura islohoti nima uchun natija bermadi? Tadqiqot

O‘zbekistondagi ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi muammolari haqidagi Higher Education Policy jurnalida chop etilgan tadqiqot tahliliga bag'ishlangan maqolani o'zbek tilida ham o'qishingiz mumkin.
👍13😱12
Milliy o‘quv dasturi amalda mavjudmi?

Har qanday mamlakat majburiy ta’lim tizimining maqsadlari, o‘quvchilar nimani va nima uchun o‘qib-o‘rganishlarini "curriculum" deb ataladigan hujjat belgilaydi.

Milliy o‘quv dasturi, ya’ni mamlakat miqyosida barcha o‘quvchilar nimalarni bilishlari, tushunishlari, qadrlashlari va qila olishlari kerakligini belgilaydigan hujjat ta’lim tizimi uchun o‘ta muhim (critical) ahamiyatga ega hujjat hisoblanadi.

Oʻzbekistonda bunday hujjat oʻzi mavjudmi, amalda ishlayaptimi? Respublika taʼlim markazi nimani "takomillashtiryapti", bundan maqsad nima? Oʻzi umuman oʻquv dasturlarini yaratishda qanday tamoyillarga tayanilishi kerak?

Batafsil Xalq taʼlimi info'da oʻqing.
👍10🔥3
"Yaponiya tajribasi": o'quvchilarni yo'q suvni tejashga o'rgatamiz

Fin tajribasi, Singapur tajribasi, Kembrij tajribasi, endi navbat Yaponiya tajribasiga: "O‘zbekistonda maktab o‘quvchilariga energiya sarfi savodxonligi asoslari o‘rgatila boshlanadi. Qolaversa, Yaponiya tajribasi asosida iste’molchilar energiya tejash savodxonligi bo‘yicha o‘qitiladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bukletlarda elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvini tejashning oddiy misollari keltirilgan. ... Prezidentga Yaponiya tajribasi asosida iste’molchilarni energiya tejash savodxonligi bo‘yicha o‘qitish rejalari taqdim etildi. Maktablar uchun bukletlar ham Yaponiya tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan".

Vazirlik delegatsiyasi qaysi davlatga borsa, o'sha davlat tajribasi joriy qilinaverar ekan-da? Balki o'quvchilarni Yaponiyadagidek energiyani tejashga o'rgatishdan oldin, ularni oddiy sharoitlar bilan ta'minlab qo'yarmiz? Ichimlik suvi, kanalizatsiyasi, hatto hojatxonaga kirib chiqqandan keyin qo'lni yuvishga suvi yo'q maktablar o'quvchilarini suvni tejashga qanday o'rgatmoqchisiz?

"Sichqon sig'mas iniga ..." Bir taklif: maktablardagi eng asosiy muammolarni hal qilib olmaguncha har xil "tajriba"larga moratoriy e'lon qilsak bo'lmaydimi?
👍49🔥6🤔3
Qiziq, bu "Yaponiya tajribasi asosidagi bukletlar"ga soliq toʻlovchilar hisobidan qancha mablagʻ ajratilgan ekan? Balki oldin maktablarni "Singapur tajribasi asosidagi", mana oʻquv yilining yarmidan koʻpi oʻtdi hamki oʻquvchilar qoʻliga yetib bormayotgan darsliklar bilan taʼminlab qoʻyarsiz?
😱5👍2
Qandaydir syur

Tagi yoʻq standartlar va oʻquv dasturlari "takomillashtiriladi". Pedagogikaga aloqasi yoʻqlar "dasturlarni takomillashtirish" boʻyicha treninglar oʻtishadi, "takomillashtirilayotgan" dasturlarga baho berishadi. Hali oʻquv dasturlarini "takomillashtirib" boʻlmasdan bir fin, bir Singapur "tajribasi" asosida darsliklar yaratiladi, darsliklar mualliflariga konkurslar eʼlon qilinadi. Darsliklar oʻquvchilar qoʻliga yetib bormaydi, lekin "Yaponiya tajribasi" asosida bukletlar chiqariladi. Bu bukletlarda suvi, kanalizatsiyasi yoʻq maktab oʻquvchilariga suvni tejash oʻrgatiladi. Oldin oʻquvchilarni oʻqishdan, oʻqituvchilarni oʻqitishdan bezdiradigan baholash tizimi joriy qilinadi, oradan ikki yil oʻtib bu tizimga "qonuniy asos" yaratishga harakat qilinadi, bunda yana qonun buziladi. Fan doktorlari maktabda oʻquvchilarga bilim berilmasligi kerak, deb chiqishadi ...

Borgan sari absurdlashib boryapti.
🔥17😢9👍4
Sizningcha, vazir Hilola Umarova va jamoasining boshi-keti, aniq maqsadi yoʻq "islohot"lari Oʻzbekiston taʼlimini qayerga olib boradi?
Anonymous Poll
9%
Buyuk kelajakka
11%
Uchinchi Renessansga
80%
Tubning tubiga
🤬20🔥7👍2
Vazir "Yaponiya tajribasi asosida"gi bukletlar haqida taqdimot qilayotgan bir paytda, ota-onalar davlat byudjetidan, yaʼni soliq toʻlovchilar - shu jumladan, oʻzlarining hisobidan trillionlar ajratilgan va negadir hali ham maktablarga yetib bormayotgan darsliklarni farzandlari telefondan / komputerdan oʻqib sogʻligini yoʻqotayotgani haqida yozishmoqda. Mazkur murojaat joylangan guruhda, adashmasam, vazirlik rahbariyatidan ham vakillar bor (edi), lekin ular bu murojaatni oʻqishdimi yoki yoʻq - nomaʼlum. Tushunishimcha, ular "islohotlar" bilan band.
👏19👍4😢2
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi olib borayotgan "islohotlar" haqida fikrlar

upl.uz nashri oʻrkazgan soʻrovnomada qatnashganlarning 66%i "islohotlar oʻqituvchilar va oʻquvchilarning koʻp vaqtini olib, taʼlim jarayoniga salbiy taʼsir qiladi" deb hisoblaydi.

Kanaldagi soʻrovnomada ovoz berganlarning 80%i Umarova islohotlari Oʻzbekiston taʼlimini "tubning tubiga" olib boradi, deb oʻylashadi.

Balkim vazir va uning jamoasi "nega shunday?" deb oʻylab koʻrar? Yoki "islohotlar"ga baho berayotgan ota-onalar, mutaxassislar, jamoatchilik sizlar olib borayotgan "olamshumul islohotlar"ni tushunmayapti, qadriga yetmayaptimi?
👍16🔥1
"Jarima ballari tufayli mashina boshqarish huquqidan mahrum boʻlganlar qayta imtihon topshirishi kerak boʻladi".

Siz nima deb oʻylagandingiz? Jonajon hukumatimiz yoʻl harakati xavfsizligi, piyodalar xavfsizligi haqida qaygʻuryapti, deb oʻylaganmidingiz? Maqsad oʻzi shu edi. Orqasida kim turganini - qaysi benefitsiarning qulogʻi koʻrinib turganini - topish uchun uch urinish shart boʻlmasa kerak.
🤬22👍8😢4
Barcha yoʻllar GIDga olib boradi...

Trillionlar ajratilgan va oʻquvchilarga yetib bormayotgan darsliklar, endi skuterlarga ham taqish majburiy boʻlgan avtoraqamlar va jarima ballaridan keyin topshirish kerak boʻladigan haydovchilik imtihoni oʻrtasida bogʻliqlik haqida Gazeta.uz yozmoqda.
😢10🤬7👍4🔥3🤯1
bakiroo
Лекин 3 йил аввалги оғир кунда Украинага ишонганлар, Украина халқига ҳамдард бўлганлар бугун ҳам Украинанинг мустақиллиги, тинч ва ёрқин истиқболига ишонишда давом этмоқда. Шулардан бири масалан, менман. Ва мен яна ишонаман, Украина албатта озод бўлади!
Men ham ishonaman, Ukraina albatta ozod va kuchli bo'ladi. U hozir ham kuchli - uning mard, erksevar xalqi bor.

Va men yana bir narsaga ishonaman: Ukraina uch yildan beri faqat o'zi uchun jon olib, jon bermayapti. U imperiyaparast xalqaro jinoyatchi xayolida "qo'ldan chiqib ketgan" hududlarda yashayotgan barcha xalqlar uchun kurashyapti. Lekin ezgulik baribir yovuzlik ustidan g'alaba qozonadi va erk, ozodlik, demokratiya quyoshi nafaqat Ukraina ustida porlaydi.
👍50🔥3👎2
Mavzuga oid ...

... Kishanlar kul-kul bo'lsin,
Erk jangida dushmanning
Qora qoni to'kilsin.
So'ng ulug' oilada
Boshlangiz erkin hayot,
Sekingina meni ham
Yod etingiz qilib shod.

Taras Shevchenko (Hamid Olimjon tarjimasi)

Suratda: Toshkentdagi Taras Shevchenko haykali
👍12
Oshayotgan qarz yuki va hech bir qiymat yaratmayotgan tashkilotlar

Oʻzbekistonning davlat qarzi 40 milliard AQSH dollaridan oshdi. Davlat qarzi boʻyicha foiz xarajatlari ham keskin oʻsmoqda.

Qarzlar, asosan, hukumat xarajatlarining yuqoriligi sharoitida davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun jalb qilingan, deb yozadi Gazeta.uz. Yaʼni, qarzlarning katta qismi turli xil davlat tashkilotlarini moliyalashtirish uchun sarflanadi.

Shu oʻrinda bir savol. Hech qanday qiymat (na iqtisodiy neʼmat va na biron-bir ijtimoiy ahamiyatga ega xizmat) yaratmaydigan, aslida sunʼiy ochilgan tashkilotlarni soliq toʻlovchilar nega moliyalashtirishi kerak? Nega bunday tashkilotlarning faoliyat yuritishi uchun har bir Oʻzbekistonlik boʻyniga osilyayotgan qarz yuki ortib borishi kerak? Bu tashkilotlarni yopsak jamiyat nima yoʻqotadi?

Masalan, "Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi" deb ataladigan tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasidan olingan xabarlarga eʼtibor bering. "Falon mavzuda muloqot tashkil qilindi", "falon davlat tajribasi oʻrganildi". Xodimlariga Prezident Administratsiyasi xodimlari darajasida oyliklar belgilangan tashkilot ochilganidan beri, affillangan xususiy nashriyotda yaratilgan va ilmiy, metodik sifati savollar tugʻdiradigan darsliklarni tasdiqlab berishdan boshqa real nima ish qildi va qilmoqda? Yuqoridagi savol: bu tashkilot boʻlmasa, Oʻzbekiston taʼlim tizimi va Oʻzbekiston soliq toʻlovchilari nima yoʻqotadi? Tashkilotni saqlash, uning har xil uchrashuvlari-yu xorijga xizmat safarlari uchun ajratilayotgan byudjet mablagʻlarini foydaliroq, samaraliroq ishlarga yoʻnaltirilish nega mumkin emas?
👍42😢4