Jalilov. Qaydlar
4.03K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.26K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
"Soft power" yoki "biz istagan va istamagan (?) bilimlar"

"Bu yerda juda katta siyosat ham bor-da. Masalan, Litres yoki boshqa xorijiy onlayn kutubxonalardan xalqimiz foydalanadi. U yerga qo‘yilgan adabiyotlarning hammasi ham biz istagan, biz xohlagan kayfiyatni yoki bilimlarni yoymasligi mumkin-da. ... Ular ham o‘zining siyosatini targ‘ib qiladi shu platformalar orqali. ... Bu yumshoq siyosat, "soft power" deydi-ku".



Siyosatshunos Joseph Nye muomalaga kiritgan "soft power" ("yumshoq kuch") atamasi, sodda qilib aytganda, siyosiy aktorning (masalan, hukumatning) kuch ishlatish yoki moddiy manfaat bilan ogʻdirish orqali emas, balki ishontirish va oʻzini jozibador qilib koʻrsatish orqali oʻzgalarga taʼsir qila olishini anglatadi. Olimning fikricha, "yumshoq kuch" - bu har doim bir taraf yutib, ikkinchi taraf yutqazadigan "oʻyin" emas, aslida "yumshoq kuch"dan har ikki taraf ham oʻzi uchun foyda olishi mumkin. Demak, "soft power" - bu har doim ham qoʻrqish kerak boʻlgan "olaboʻji" emas.

Endi Litres singari platformalarga kerak (Bunday platformalar koʻp: Litres, My Books, Яндекс книги, Kindle, Audible, Kobo, Perlego va hokazo. Masalan, Perlego asosan ilmiy adabiyotlar va darsliklarga ixtisoslashgan). Bunday platformalar elektron va audiokitoblar savdosi bilan shugʻullanadi. Ular alohida kitoblar sotishi ham, yoki maʼlum bir haq (oylik toʻlov) evaziga bazasidagi aksar (yoki hamma) kitoblarni oʻqish / tinglash imkonini taqdim etishi ham mumkin. Bunday platformalar siyosiy aktorlar (hukumat, maʼlum bir siyosiy maqsadni koʻzlovchi jamiyat / partiya / tashkilot) tomonidan moliyalashtirilmaydi va oʻzgalarga taʼsir qilish, qandaydir gʻoyalarni yoyish maqsadini qoʻymaydi. Bular tijoriy kompaniyalar tomonidan yaratilgan va maqsadi sizga xizmat koʻrsatish / mahsulot sotish orqali foyda topish boʻlgan platformalardir. Ularning ayrimlarida (masalan, Litres yoki My Books'da) tekin kitoblar ham bor, lekin ulardan maqsad - foydalanuvchini platformaga qiziqtirish. Shunday ekan, yoʻq joydan qandaydir "siyosiy maqsad" yoki "yumshoq kuch" qidirish, nazarimda, mantiqsizlikdan boshqa narsa emas.

Endi "biz istagan / bizga kerakli" va "biz istamagan / bizga kerakli boʻlmagan" bilimlar masalasiga kelsak. Qachonki kimdir sizga nima kerak yoki kerakmasligi - masalan, qaysi bilim kerak va kerak emasligi - haqida gap ochdimi, siz uchun nima "istalgan" va "istalmagan"ligini hal qilish vakolatini olishni istab qoldimi, bilingki, bundan senzura va totalitarizm "hidi" keladi. Bunday gap-soʻzlarni joyida kesish kerak, chunki ular hech qachon yaxshilikka olib bormasligini tarix allaqachon isbotlab boʻlgan.
👍26🔥1
Donald Tramp ingliz tilini AQSHning rasmiy tili deb eʼlon qildi. Farmon munozaralarga sabab boʻldi

Prezident Donald Tramp ingliz tilini AQSHning rasmiy tili deb eʼlon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. De-fakto ingliz tili AQSHning asosiy tili boʻlsa-da, shu paytgacha davlatda federal darajada rasmiy til yoʻq edi. Farmon bilan davlat idoralaridan xizmat koʻrsatishda ingliz tilini bilmaydiganlarga til bilan bogʻliq yordam koʻrsatish (masalan, tarjimon berish) majburiyati olib tashlandi.

Prezident farmoni uning immigratsiyaga qarshi harakatlaridan biri sifatida koʻrilmoqda va bir qator munozaralarga sabab boʻldi. Xususan, Demokratik partiya vakillari farmonning qanchalik Konstitutsiyaga muvofiqligini savolga olishmoqda. Farmon aksar aholisi ispan tilida soʻzlashadigan Puerto-Rikoda ham (AQSH boshqaruvi ostidagi hudud) norozilikka sabab boʻldi.

Qiziq, endi AQSHda ham davlat tili bayrami nishonlanadimi?
🔥4😱2👍1
"Svetofor" emas, "yoʻlchiroq"

Tramp ingliz tilini AQSHning rasmiy tili deb eʼlon qilayotgan bir paytda, Oʻzbekiston olimlari ham bekor oʻtirishgani yoʻq. Atamalar komissiyasining Fanlar Akademiyasi instituti olimlaridan iborat ishchi guruhi 30 ta yangi so‘z-atama bo‘yicha o‘z takliflarini bildiribdi. Aytilishicha, taklif qilinayotgan soʻzlar yakuniy toʻxtam emas, har kim oʻz fikrini bildirishi, taklif berishi mumkin.

Taklif qilinayotgan soʻzlar ichida qiziq va nazarimda, bahsli boʻlgan soʻzlar ham bor ekan. Masalan, "svetofor" - "yoʻlchiroq". Konteksni bilmagan odam "yoʻlchiroq" deganda yoʻlni yoritadigan chiroqni tushunishi mumkin, svetoforning esa vazifasi yoʻlni yoritish emas, yoʻl harakatini boshqarish. Yoki "selfi" oʻrnida taklif qilinayotgan "oʻzchekim": oʻzbek tilining izohli lugʻati "chekim" deganda "bir marta chekiladigan" (masalan, "bir chekim nos") maʼnosini chiqarib berdi. Yoki "yoʻlgʻisht". Har qalay, bruschatka va gʻisht oʻrtasida katta farq bor-da.

Umuman, nazarimda, har qanday til boshqa tillardan soʻz oladi, boshqa tillarga soʻz beradi - bu normal jarayon. Masalan, oʻzbek tilida arab, fors tillaridan kirib kelgan juda koʻp soʻzlar bor (dars, maktab, darcha va hokazo). Til sofligi uchun kurashiladigan boʻlsa, bunday soʻzlarni ham sof oʻzbekcha soʻzlar bilan almashtirish kerakmi?

Shu bilan birga, oʻzbek tilida zamonaviy ilm-fanga oid atamalar bilan bogʻliq muammolar bor. Masalan, "Oʻrganish yoʻllari" kitobini tarjima qilishda va "Baholash nazariyasi asoslari" kitobini tayyorlashda shu muammo meni ancha qiynagan. Balkim, tilimizga oʻzlashib ketgan svetoforni tinch qoʻyib, shunday jiddiyroq muammolar haqida oʻylab koʻrish kerakdir?!
👍24🤬2🔥1
So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda maktab darsligidagi kamchiliklar haqida takror takror postlarga va uning ostidagi izohlarga ko‘zimiz tusha boshladi. Xo‘sh, maktab darsliklarida qanday kamchiliklar bor? Umuman, O‘zbekistondagi ta’lim tizimi hozir qanday ahvolda? Xalqaro tadqiqotlarda yomon natijalarini olgan O'zbekiston ta'limidagi kamchiliklar bartaraf etildimi yoki bartaraf etishga harakat qilinmoqdami? Oliy taʼlimdagi oʻzgarishlar nega samara bermadi?

Paradigma.uz podkastida shular haqida gaplashdik.
👍12
Madaniyat vazirligi Konstitutsiyaga qarshi?

"O‘zbekkonsert”da o‘tgan yig‘ilishda san’atkorlarga konsertlarda diniy targ‘ibotga yo‘l qo‘ymaslik, qonunchilikka so‘zsiz rioya etish va o‘zbekona qadriyatlarni unutmaslik tushuntirildi. Madaniyat vaziri o‘rinbosari ularga shohona hayotni ko‘z-ko‘z qilmaslik va qo‘shiqlar mazmuniga e’tibor qaratish kerakligini aytdi.

Qizig'i, san'atkorlardan "qonunchilikka so‘zsiz rioya etish"ni talab qilayotgan Madaniyat vazirligining o'zi mamlakatning asosiy qonuni bo'lgan Konstitutsiyani o'qimagan ko'rinadi:

"Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi", deyiladi Konstiutsiyaning 53-moddasida.

"Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega", deyiladi xuddi shu Konstitutsiyaning 33-moddasida.

"Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi", deyiladi xuddi shu Konstitutsiyaning 35-moddasida. (E'tibor bering: "majburan singdirishga" deyilyapti, "targ'ib qilish" yoki "din haqida gapirish"ga emas).

Madaniyat vazirligining san'atkorlarga qo'yayotgan talablari - Konstitutsiyada kafolatlangan badiiy ijod erkinligi, fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi, vijdon erkinligi haqidagi normalarning buzilishidir.

"U yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik”: unda ishni mumtoz g'azallarga bastalangan qo'shiqlarni ta'qiqlashdan boshlarsizlar? Axir Navoiy yoki Mashrab singari mumtoz adabiyot vakillarining aksar qo'shiq bo'lgan g'azallari diniy mazmundagi asarlar emasmi? Masalan, "Agar oshiqlig'im aytsam..." g'azali bilan aytiladigan va "O'tgan kunlar" filmida yangragan mashhur qo'shiq - boshdan-oyoq diniy mazmundagi asar-ku?

"O‘z ijodlari davomida vatanga muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarni ko‘paytirish": badiiy ijod - qandaydir tepadan berilgan plan bilan amalga oshadigan jarayon emas shekilli, "vatanparlik mavzusida faloncha qo'shiq yaratishim kerak" deydigan?

"O‘zbekona qadriyatlarni unutmaslik": Konstitutsiyasida "ko'p millatli" deyilgan va barcha millatlar tengligi belgilab qo'yilgan O'zbekistonda san'atkorlar hammasi o'zbek millati vakillarimi? San'atkor boshqa millar vakili bo'lsa-chi?

Oldinroq Ma'naviyat va ma'rifat markazi "ma'naviyat ekspertizasi" bahonasida senzura joriy qilmoqchi edi. Endi mmadaniyat vazirligi san'atkorlarni o'z tasavvuridagi "ramka"larga solmoqchi. Soliq to'lovchilar hisobidan moliyalashtiriladigan va o'z tasavvuridagi ramkalarni davlatning asosiy qonunidan ustun deb biladigan davlat tashkilotlari bizga kerakmi?
👍23👏3🔥2
Fact-checking: Prezident nutqida yolgʻon maʼlumotlar

AQSH prezidenti Donald Tramp Kongressda nutq soʻzladi. Uning nutqi paytida koʻplab demokratlar "yolgʻonchi" va "yolgʻon" soʻzlari yozilgan plakatlarni ushlab turishdi. Jurnalistlar esa prezident nutqidagi kamida 13 maʼlumot va raqamlar yolgʻonligini aniqlashdi. Mana sizga soʻz erkinligi va fact-checking ahamiyati.

Qiziq .... (Shu joyda bir savol boʻlishi kerak edi).
👍19🔥6👏2
Yevropa uygʻonmoqdami?

Fransuz senatori Klod Malure Trampni oʻt yoquvchi imperator Neronga qiyosladi va "diktatorni qoʻllab quvvatlayotgan xoin" deb atadi. Uning fikricha, Ukraina magʻlubiyati - Yevropa magʻlubiyati boʻladi: keyingi navbat Boltiq mamlakatlari, Moldova va Gruziyaga keladi. "Putinning maqsadi - 80 yil oldin oʻrnatilgan hududlarni kuch bilan bosib olmaslik tamoyili amal qiladigan dunyoni yoʻq qilish", deydi u.
👍11🔥2
Vazir Hilola Umarova taʼlim sohasi xodimlarini yigʻib, "islohotlar" haqida otashin muloqotlar qilayotgan bir paytda, oʻqituvchilar olishi mumkin boʻlgan moddiy yordamga cheklov qoʻyildi.

Oʻquvchilar qoʻliga yetib bormayotgan darsliklar uchun trillionlar bor, oʻqituvchiga moddiy yordam uchun pul esa yoʻq ...
😢40👍7🔥3
Gazeta.uz - Новости Узбекистана
началом их почётной миссии в Новом Узбекистане
Davlatning nomi oʻzgardi-yu biz bilmay qoldikimi? Yoki Yangi Oʻzbekiston fuqaroligiga hammani ham qabul qilaverishmaydimi?
🤬23👍5🔥1
Mana bu postga izohlarda kanal kuzatuvchilari va vazirlik xodimlari shunchaki qaror matniga aniqlik kiritilgani, aslida oʻqituvchi moddiy yordam koʻrsatish tartibida oʻzgarish boʻlmagani (cheklov oldindan mavjud boʻlgani) haqida yozishmoqda. "Xalq taʼlimi info" tahririyati bu borada tushuntirish tayyorladi: cheklov joriy qilingan.

Oʻsha gap: samarasiz "islohotlar", vazirlikning xoʻjakoʻrsin tadbirlari va oʻquvchilarga yetib bormayotgan darsliklar uchun mablagʻ topiladi, oʻqituvchiga kelganda esa har bir tiyin iqtisod qilishga harakat qilinadi.

Darvoqe, vazirlik ilgariroq tarqalgan va shov-shuvlarga sabab boʻlgan mana bu jadvaldagi har qanday oʻqituvchining aqlini shoshiradigan raqamlar nimani bildirishiga haligacha aniqlik kiritmadi.
👍9🔥4
"Xalq ta'limi info" kanali Respublika ta'lim markaziga yangi direktor tayinlangani haqida yozmoqda: shu yil fevralda lavozimidan ozod qilingan markaz direktori Sherzod Xudaykulov o'rnini Dilshoda Norboyeva egallagani aytilmoqda. Nashrning yozishicha, tayinlov fevral oyida amalga oshirilgan bo'lishi mumkin: Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi buyruqlarida RTM direktori sifatida Norboyeva ko'rsatilmoqda. Qolaversa, RTM nomidan fevral oyida chiqarilgan rasmiy xatlarda ham direktor v.v.b. D. Norboyeva imzosini ko'rish mumkin.

Tayinlovdan kamida bir oy o'tgan bo'lsa ham, vazirlikning rasmiy saytida Respublika ta'lim markazi rahbari lavozimi haligacha vakant sifatida ko'rsatilgan. Qizig'i, vazirlikning rasmiy saytida Norboyeva vazirlikning Oʻquv jarayonini metodik jihatdan ta’minlash va darsliklar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ko'rsatilgan. Bundan, vazirlikdagi boshqarma boshlig'i va vazirlik huzuridagi RTM direktori lavozimini bir shaxs egallab kelmoqda, degan xulosa chiqarish mumkinmi? "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonun qarindoshlarning aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishini - birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashiga olib keladigan holatlarni taqiqlaydi. Lekin qiziq, ayni bir shaxs biri ikkinchisiga bo'ysunadigan yoki nazorati ostidagi ikki lavozimni (vazirlikda darsliklar boshqarmasi boshlig'i - vazirlik huzuridagi darsliklarga mas'ul markaz) egallashi mumkinmi? Bu holat manfaatlar to'qnashuvini keltirib chiqarmaydimi?
👍10🤔2
Har yili trillionlarga teng "tilla tuxum" qo'yadigan tovuqdan voz kechamizmi?

"Biz o‘qituvchilarni darslikka qaramlikdan xalos qilishimiz kerak. O‘shandagina ta’limda juda katta o‘zgarish sodir bo‘ladi. Yagona darslik bo‘lishi kerak emas. Xususiy maktablarga borsak, ular har xil darsliklardan foydalanayotganini ko‘rishimiz mumkin. Biz borayotgan manzil — ko‘p darsliklarning bo‘lishi".


Respublika ta'lim markazi atrofidagi xabarlar bundan bir necha yil oldin o'sha paytdagi markaz direktori (hozirda Toshkentdagi Amiti universiteti ijrochi direktori) Shuhrat Sattorov bilan qilingan intervyuni esga tushirdi. Intervyu Milliy o'quv dasturi yaratilayotgan, u asosidagi darsliklar maktablarga endi kirib kelayotgan paytda yozib olingan edi. Intervyuda Sattorov Polsha tajribasini tilga olgan edi: "Yaqinda Jahon banki o‘tkazgan ta’lim bo‘yicha forumda Polshalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, ularning davlatlaridagi ta’lim islohotlarining muvaffaqiyatini ta’minlagan omillardan biri qaysi fan nimaga xizmat qilishi va qaysi ko‘nikmalarni rivojlantirishi kerakligining aniq belgilanganligi bo‘lgan", degan edi u.

Afsuski, oradan to'rt yil o'tib ta'limda qaysi fan nimaga xizmat qilishi va qaysi ko‘nikmalarni rivojlantirishi kerakligini belgilaydigan yagona dastur joriy qilingani yo'q. Milliy dasturdan hech bir izoh va taqdiqotlarsiz voz kechildi - vazirlik "2025-yil yakunigacha maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va davlat ta'lim standartlari takomillashtiriladi", deb bayonot bergan edi, lekin Milliy o'quv dasturi to'liq joriy qilinmagan, undan keyin "fin", Singapur "tajribalari" boshlanib, o'quv dasturlari "kasha"si chiqib yotgan bir sharoitda qaysi dastur "takomillashtiriladi", dasturlarni "takomillashtirish" uchun asos bo'lib xizmat qiladigan ma'lumotlar (data) bormi o'zi, degan savolga aniqlik kiritilgani yo'q.

Intervyuda aytilgan yagona darslikka qaramlikdan qutulish masalasini ham vazirlik unutgan ko'rinadi. Undan keyin darsliklar sohasi "bir qo'lli" qilindi: avval haydovchilarga yaxshi tanish bir firma bilan "qarindosh" nashriyotning haligacha qaysi dastur asosida yaratilgani mavhum darsliklari boshlang'ich sinflarga joriy qilindi, keyin esa Singapur darsliklarini tarjima qilish ham begona qilinmadi. Xalqaro tadqiqotlar o'qituvchilarga erkinlik berish, shu jumladan, yagona darslikdan voz kechish hamda ta'lim sifati o'rtasida bog'liqlik borligini ko'rsatib turgan bir paytda, "darsturlarni takomillashtirish" va har yili trillionlar ajratilib o'quvchilar qo'liga yetib bormayotgan darsliklar "yaratish" foydaliroq ko'rinadi shekilli.
🔥6👍2
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
Qachon tugaydi-ye bunaqa jinniliklar? Qachon to‘yarkin-a bular?
Ishtaha ovqat mahali keladi?

Tahlilchi Otabek Bakirov "taglik qiroli" paydo boʻlgani (boʻlayotgani) haqida yozmoqda. Toʻgʻri-da, darsliklar qiroli, avtoraqamlar qiroli, elektromobillar qiroli va hokazo va hokazo - asosiy biznesi oʻz foydasi uchun yashirin qarorlar va protokollar chiqartirish, Oʻzbekiston xalqini tanlovdan mahrum qilish va / yoki sunʼiy toʻsiqlar yaratish ustiga qurilgan "qirollar" bor ekan, nega "tagliklar qiroli" paydo boʻlmasligi kerak. "Pullarning hidi yoʻq", deganmidi qaysidir Rim imperatori?

Jurnalist Muhrim Aʼzamxoʻjayev savoliga javob esa - hech qachon. Ishtaha ovqat mahali keladi. Bularning toʻyib boʻlib, keyin tobora kambagʻallashayotgan xalq yelkasiga oftob tegishini kutish befoyda. Bular "noni boʻlmasa pirojnoy yesin" deyishdan toymaydiganlar. Va bu yurtning, bu xalqning ertasi ular uchun bir tiyin. Chunki Oʻzbekiston ular uchun soqqa qilish manbasi, zinhor oʻzining va farzandlarining kelajagi bogʻlangan vatan emas.
🔥27👍11😢3
"Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining choy damlaydigan jindan farqi qolmagan", deb yozmoqda jurnalist Dilshoda Shomirzayeva "Kainbek" kanalida eʼlon qilingan "Tashabbusli byudjet" mashmashalari bilan bogʻliq postga va vazir Hilola Umarovaning ayrimlar "oʻqituvchilarni emas, vazirning oʻzini himoya qilishga qaratilgan" deya baho bergan ilimiliq pozitsiyali postiga ishora qilib.

Jurnalistning bu fikri bilan unchalik qoʻshilmayman. Vazirlik hozir "choy damlaydigan jin" emas, ancha kuchaygan. Bunga vazirning hukumat tarkibidagi kam sonli ayollardan ekani yordam berganmi, liderlik salohiyatimi yoki ayrim shaxslarga yaqinlikmi, aytish qiyin, lekin nima boʻlganda ham vazirlik anchagina dadil oyoqqa turib olgan: istagancha tizimdagilar va soha mutaxassislari fikrini ignor qila oladigan, oʻziga kerakli qarorlarga - ular taʼlim uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlsa ham - imzo qoʻydirib chiqa oladigan, kerak boʻlsa qonunlarni oʻz yoʻrigʻiga yurita oladigan yaxshigina kuchga aylangan.

Xavotirli jihati - bu kuchdan taʼlim sifatini yaxshilash uchun foydalanilayotgani yoʻq. Bu kuchdan asosan shaxsiy PR va "ochko" ishlash maqsadida foydalanilmoqda. Buning uchun har xil shubhali va samarasiz loyihalar "islohot" deya taqdim qilinmoqda, bu "islohotlar" uchun soliq toʻlovchilar hisobidan trillionlar sarflanmoqda.

Bunga zamin yaratgan narsa, nazarimda, vazirning vazirlikdagi butun vertikalni shaxsiy sadoqat tamoyili asosida qayta qurib chiqqani boʻldi. Vazirlik markaziy apparatidan va vazirlik huzuridagi markaziy tashkilotlardan tahlil qila oladigan, vazirga yoqmaydigan haqiqatni ayta oladiganlar chetlatildi (yoki shunday qilindiki, ular oʻz ixtiyori bilan ketdi). Ular oʻrnini asosan vazir oʻzi bilan agentlikdan (PIIMAdan) olib kelgan va vazir shaxsan ishonadigan, uning har qanday "islohotlar"ini - ular qanchalik halokatli boʻlmasin - "ura ura" bilan qoʻllab quvvatlaydiganlar egalladi. Kelayotgan xabarlarga koʻra, bunday jarayon quyi boʻgʻinlarni, joylardagi pedagogik mahorat markazlarini (sobiq malaka oshirish institutlarini) va tizimning boshqa tashkilotlarini ham chetlab oʻtmadi. Shuning uchun ham, eʼtibor bersangiz, taʼlim tizimidagi bizga "islohot" va "takomillashtirish" deya taqdim etilayotgan jarayonlarda tizimli yondashuvni ham, mantiqni ham koʻrish qiyin boʻlib qoldi. Eʼtibor bering - vazirning tizim vakillari bilan oʻtkazadigan "muloqot"lari ham shakl jihatidan gʻirt "partiya va xalq birdamligi"ni koʻrsatishi kerak boʻlgan partiya syezdlaridan va hisobotbozlikdan farqi qolmagan, ularda vazirga yoqmaydigan savollar berilmaydi. Vazirga yoqmaydigan savollar berilishi mumkin boʻlgan intervyular va ochiq matbuot anjumanlari esa oʻtkazilmaydi.

Umuman, kasbiy kompetensiya emas, shaxsiy sadoqat prinsipiga qurilgan boshqaruvdan tizimli yondashuv va real islohotlar kutishning oʻzi mantiqsizlikdir.
🤯21👍14
Dilshooda
Tor doira manfaati uchun yaxshi instrument vazifasini o'tagan, o'sha tor doiraning ishonchiga kirib, sadoqatini isbotlagan tashkilot, rahbar uchun eng yaxshi "natija" bu – istagan ishini qilib berilishiga erishish.
Ha, vaqtida - masalan, oʻsha mashhur darsliklar keysida - ishonchga kirildi, sadoqat isbotlandi va kart-blansh olindi. Faqat bu kart-blansh farzandlarimiz kelajagiga, Oʻzbekiston manfaatlariga xizmat qilyaptimi? Men, masalan, bu savolga "ha" deb javob berish uchun asoslar koʻrmayapman.
🔥13👍2