Jalilov. Qaydlar
4.04K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.26K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Yangi baholash tizimi ... noqonuniy joriy qilinmoqdami?

Adliya vazirligining ma'lum qilishicha, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 26-avgustdagi "2024-2025-oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida"gi 275-sonli buyrug'i Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tmagan va idoralar normativ-huquqiy hujjatlari davlat reyestrida mavjud emas. Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i F.Saliyev imzolagan xatda aytilishicha, vazirlik va idoralarning fuqarolarning qonuniy huquq, erkinlik va manfaatlairiga aloqador yoki umummajburiy tusdagi normativ aktlari Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilishi va rasman e'lon qilinishi kerak.

"Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonunning 37-moddasiga ko'ra. vazirliklar va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi. Vazirliklar va idoralarning mansabdor shaxslari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga kiritganlik uchun qonunda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Xuddi shu qonunning 38-moddasiga ko'ra, normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining yangi baholash tizimi bo'yicha buyruqlari va bu tizimni tartibga soluvchi, unda ishtirokchilarning (o'quvchilar, o'qituvchilar, maktab, vazirlik, ota-onalar) huquq va majburiyatlarini belgilaydigan nizom yoki boshqa hujjat lex.uz da ham, vazirlik saytida ham, boshqa biron rasmiy manbada ham e'lon qilingan emas.

Qolaversa, yangi baholash tizimi amaldagi bir qator normativ-huquqiy hujatlarga zid:

- Vazirlar Mahkamasi qarori bilan "Umumiy o'rta ta'lim to'g'risida"gi Nizomning 33-bandi (e'tibor bering: "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonunga ko'ra, normativ-hujjat o'zidan yuqori yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatga zid kelishi - masalan, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining buyrug'i Vazirlar Mahkamasi qaroriga zid kelishi mumkin emas);

- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining buyrug'i bilan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan "5 — 9-sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida"gi Nizom.

Yangi baholash tizimining o'qituvchilar va o'quvchilarga ta'siri haqida bu maqolada batafsil yozilgan edi. Ota-onalarning xabar berishicha, bu bo'yicha yuqori davlat organlariga (Parlament, Prezident Administratsiya va hokazo) yuborilgan murojaatlar ko'rib chiqish uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga yuborilmoqda va vazir o'rinbosaridan "bizda hammasi zo'r" mazmunida javoblar kelmoqda.

Tizim, vazirlik aytgandek, "zo'r" bo'lishi ham mumkin, lekin qonunlarni nima qilamiz? Yoki ayrim vazirliklarga amaldagi qonunchilikni "ignor" qilish huquqi berilganmi?
👍14🤯1
"Mustaqil Oʻzbekiston asoschisi" deyiladigan shaxs aslida Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishiga va umuman mustaqillikka qarshi boʻlgan, degan fikr Oʻzbekistondan chiqib ketgan yoki chiqib ketishga majbur boʻlgan siyosatchilar tomonidan oldin ham aytib kelinardi. Lekin bunday fikrning Oʻzbekistonda faoliyat olib boradigan olim tomonidan Oʻzbekistonda rasman OAVga maqomiga ega minbardan aytilishi, adashmasam, birinchi marta boʻlyapti. Umuman, eng yaqin oʻtmishimizni rasmiy mafkura mifologiyasidan xoli tarzda, obyektiv, faktlar va hujjatlarga asoslangan holda oʻrganish va oʻrgatish mustaqil Oʻzbekiston davlatchiligi uchun muhim va bunday mavzuda rasmiy OAVdan turib gapirgani uchun tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovga tashakkur.

Suhbatni koʻrishni tavsiya qilaman. Unda yaqin tarix bilan bogʻliq - masalan, Karimov davri qaragʻonlari haqidagi - fikrlardan tashqari, boshqa muhim mavzularda ham olim oʻz qarashlarini va jiddiy savollarni oʻrtaga tashlagan: vorisiylik masalasi, tarixga va tarixiy binolarga munosabat, Ukrainaga qarshi agressiyada aslida betaraf boʻlmagan pozitsiyamiz va boshqalar.

Siz olimning fikrlariga balki qoʻshilmasligingiz mumkin, lekin siyosiy millat boʻlishimiz uchun bunday diskurslar muhim deb oʻylayman.
🔥22👍16👏4👎2
O'zbekistonda bitta dissertatsiya yozib berish narxi $3000-5000 bo'lishi mumkin - tadqiqot

Higher Education Policy jurnalida e'lon qilingan tadqiqotga ko'ra, O'zbekistonda ilmiy daraja olish uchun himoyaga chiqishda g'ayriaxloqiy usullardan foydalanish keng tarqalgan: "qaroqchi" jurnallarda maqolalar chop qilish, maqola va / yoki dissertatsiyani birovga yozdirish. Bunday usullardan foydalanish ko'lami 2017-yildan beri oshgan ko'rinadi. "Ko'plar ilmiy darajalarni kuchli akademik kompetensiyalari uchun emas, tanish-bilishlari va moliyaviy imkoniyatlari borligi uchun oladi".

Tadqiqot mualliflariga ko'ra, oliy ta'lim muassasalarida doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlarining chuqur (advanced) ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi bo'yicha ko'nikmalarini rivojlantirish hamda ularga ilmiy ma'lumotlar bazalaridan foydalanishga imkon berish uchun resurslar yetishmaydi. Bu esa tadqiqotchilarning sifatli, ta'sirchan (impactful) tadqiqotlar olib borish va nufuzli, taqrizdan o'tadigan (reviewed) ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish imkoniyatini cheklaydi.

Karimov davrida uning avtoritar boshqaruv uslubi ilmiy kadrlar tayyorlash tizimining jahon ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashuviga va akademik hamkorlikka to'sqinlik qilgan bo'lsa, hozirda resurs va salohiyat yetishmasligi bunga xalal bermoqda. O'zbekiston tadqiqotlarga ajratiladigan mablag'lar jihatidan sobiq SSSR davlatlari orasida eng past o'rinlarda qolmoqda: 2022-yilda buning uchun yalpi ichki mahsulotning 0,16%i ajratilgan.

O'zbekistondagi ilmiy kadrlar tayyorlashning "ilmiy rahbar - shogird" modeli bilim, ko'nikmalar va kompetensiyalarni yetkazish imkoniyatlarini cheklamoqda, doktorantlarga biriktiriladigan ilmiy rahbarlarining o'zlari ham o'z sohalaridagi ilmiy yangiliklardan va zamonaviy ilmiy tadqiqot metodlaridan xabardor emas.

Ilmiy darajalar berishning markazlashgan tizimi hamda OAKning maqolalar soni va ilmiy ishning joriy qilinganligi singari rasmiy talablari ilmiy ish sifatini ta'minlashni qiyinlashtiradi.

Tadqiqot mualliflari bilan suhbatlashganlarning fikriga ko'ra, nafaqat doktorantura, balki bakalavriat va magistratura ham islohotga muhtoj: ularda tanqidiy fikrlash va tadqiqotlar olib borish bo'yicha bazaviy ko'nikmalar o'rgatilmaydi,
👍45🔥9😱1
"Salla" desa kallani olib kelish...

Bunday shaklbozlikning samarasi haqida oldinroq jurnalist Ilyos Safarov va filologiya fanlari nomzodi Iroda Azimova bilan suhbatlashgan edik.
🤯11👍1
"Iste’molchi va ishlab chiqaruvchining manfaatlari kesishgan joyda siz har safar iste’molchini qurbon qilgansiz". Fransuz iqtisodchisi va jurnalisti Frederik Bastia.

Konstitutsiyasida "ijtimoiy davlat" deb eʼlon qilingan (1-modda), "xalq - davlat hokimiyatining birdan-bir manbai" deya taʼkidlangan (7-modda), "Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi" degan qoida va "isteʼmolchilar huquqlari ustuvorligi" tamoyili mustahkamlangan (65-modda) Oʻzbekistonda hukumat "mahalliy ishlab chiqaruvchi" bahonasida bir toʻda oligarxlarlar xalq hisobidan boyishi uchun har qanday absurd, korrupsion, bahsli qarorni zudlik bilan tasdiqlab berishi mumkinligini yana bir bor isbotladi. Iqtisodchilar "mahalliylashtirish", "mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish" singari bahonalar bilan qabul qilingan qarorlar faqat va faqat isteʼmolchini tanlovdan mahrum qilishi va shundoq ham "kosasi oqarmayotgan" xalqni yanada qashshoqlashtirishini qayta va qayta takrorlashadi. Lekin ... Qodiriy yozganidek, "qabristonda hayya-al falaq" xitobini kim ham eshitardi". Shunday ekan, ertaga "mahalliy sham ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish" uchun Quyoshni toʻsishning imkoni boʻlmasa-da, Quyosh nuridan foydalanish uchun soliq joriy qilishsa ajablanmang. Millat sifatida biz shunga loyiqmiz.
👍18
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri joylarda hech kim ochiq gapirmaydigan "ochiq" muloqotlar bilan band boʻlgan bir paytda, tizimda olib borilayotgan "islohotlar" haqida ayrim fikrlar:

Теперешнее образование в школах по новой методике отвратительное Ученики которые старались из за этих СОРОВ и СОЧЕЙ не хотят учиться Вроде стараются и пишут СОРы и СОЧи но получают плохие результаты А тунеядцы сдают хорошо на обум Лазаря Отбили желания у учеников Да и учителям это все бьет по карману Школы ничем не обеспечивают все ложиться на карман учителя и класс рука Зато директора и замы живут припеваючи Да еще и учителям пишут наличку и сами ее забирают Проверьте школы Асака особенно 57 и 59

Учебников НЕТ , а те которые раздали имеют массу ошибок, стих поэтов местного разлива
не имеют ни рифмы, ни смысла.
Психически неуравновешенные учителя , сбор денег на уборщицу .
Какие-то медицинские эксперименты в школах- то вакцинация, то таблетки антиструмина ( можно только под наблюдением врача и неоднократно , а длительно), то профилактика глистов ( не бывает вообще, сначала анализ, выявление типа гельминта, потом по возрасту и весу ребёнка определяет дозу и препарат, применяют под наблюдением врача. На любые манипуляции должно быть письменное согласие родителей . На сор и соч тащат больных детей и заражают весь класс . Одиннадцать лет детям ,
за что ? К пятому классу напрочь исчезает желание не только учиться , а просто школу посещать

Ужас что творится в государственных школах. Внедряются разные системы образования финская, сингапурская итд. Ни от одной системы нет толку, системы меняются каждые 2, 3 месяца. Сами учителя в шоке, ничего не понимают. Учителей заставляют только положительные сфабрикованные отчёты отправлять, чтоб потом директора школ отправляли наверх. Ввели штрафы за посещаемость, а толку то? Посещаемость есть, а знаний ноль. Короче в Узбекистане только пыль в глаза, во всех сферах жизнедеятельности.


Va bonusiga:

Не удивлюсь, если учителей заставят зайти на сайт и проголосовать "за".
👍8😱8😢4
Norasmiy xabarlarga koʻra, taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarining hozirgi "kasha" holatiga hissa qoʻshganlar endi davlat taʼlim standartlarini takomillashtirishga bevosita masʼul boʻlisharkan.

Shunchaki maʼlumot oʻrnida. Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova va uning jamoasi tizimni boshqarayotgan mana uchinchi yildirki, Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilarining 11 yillik umumiy oʻrta taʼlimda nimalarni oʻqib oʻrganishlarini, umuman, taʼlim maqsadlarini belgilaydigan yagona va izchil hujjat mavjud emas (de-fakto ishlamaydi). Turli sinflar turli davrlarda va turli andozalar asosida yaratilgan, bir-biriga nomutanosib dasturlar va darsliklar asosida tahsil olib kelishmoqda.

Vazirlik masʼul xodimi Dilshoda Norboyeva 2025-yil yakunigacha maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va DTS takomillashtirilishini aytgan edi.
👍11🤬3🤔1
Kimga foyda, kimga zarar?

Umuman, eʼtibor bering: taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini "takomillashtirish" - yaxshi "biznes". Chunki har safar bunday "takomillashtirish"dan keyin millionlab tirajdagi darsliklar yangilanishi kerak, buning uchun byudjetdan trillionlar ajratiladi. Kimga zarar, kimga esa ... foyda.

Toki normal davlatlarga oʻxshab "yagona darslik" tizimidan voz kechmas ekanmiz, toki vazirlik va undagi masʼullar darsliklar yaratish va chop qilishni oʻz nazoratida ushlab turar ekan, shunday boʻlaveradi. Har ikki-uch yilda hech qanday ilmiy asossiz, tadqiqotlarsiz dasturlarni "takomillashtirish", darsliklarni yangilash davom etaveradi. Masalan, taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini "takomillashtirish" uchun oldin bu dasturlar amalda ishlashi, bir avlod ular asosida tahsil olib, bu standartlar va dasturlarning "baland-pasti", yutuq va kamchiliklari amalda koʻrilishi kerakligi bilan hech kimning ishi yoʻq. Millat bolalarining kelajagi bilan ham. Chunki... oʻrtada trillionlar turibdi.

Bunday halqani (vicious circle) toʻxtatish, jarayonni normal izga tushirish uchun yagona darslik tizimidan voz kechilishi kerak. Vazirlik darslikkar yaratish va chop qilish bilan shugʻullanmasligi kerak. Hamma normal davlatlarda - masalan, vazirlik "bayroq" qilib olgan Finlyandiya yoki Singapur yoki Kembrijda ham shunday. Lekin vazirlik bunga koʻnmaydi. Chunki oʻsha gap: kimga foyda, kimga esa ... zarar.
👍25
Anora Sodiqova bloger Mufasani sudga berdi

Jurnalist Anora Sodiqova “Mufasa” taxallusi bilan faoliyat yurituvchi bloger Mirsaid Haydarov ustidan mahkamaga murojaat qildi. Murojaatda Sodiqova bloger tomonidan ijtimoiy tarmoq, turli anonim kanallarda o‘z sha'ni, qadr-qimmati kamsitilgani va tuhmatga uchragani haqida bayon qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 100-moddasi (Sha'n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish) asosidagi shikoyat fuqarolik sudiga yuborilgan.

"Ijtimoiy tarmoqlarda trollar armiyasi paydo bo‘lgan, jurnalistlarni haqoratlash, vatan xoiniga chiqarish, so‘kinish bilan bo‘htonlar qilish oson bo‘lib qoldi. Qaysidir davlat idorasini tanqid qilish oqibatida trollar orqali hujumga o‘tish ham odatiy holga aylangan. Nazarimda bunga qonuniy chora ko‘rish vaqti keldi", deb yozadi jurnalist Anora Sodiqova.

Jurnalist Ilyos Safarovning yozishicha, jurnalistlar va faollarga qarshi turli trolling kampaniyalari, ularning qonunbuzarlik qilmishlari borasida chora ko‘rish yuzasidan tegishli idoralarga rasmiy xatlar bergan, biroq hech qanday javob olinmagan. Endilikda qonun ijrosi uchun mas'ul bo‘lgan bu mo'tabar idoralarning fuqarolarning murojaatlari borasidagi qonunchilikni buzgani yuzasidan ma'muriy sudlarga shikoyatlar tayyorlanmoqda.

Jurnalist va faollar bilan boshlayotgan bugungi chellenjimizni shartli ravishda #qoyalar_va_soyalar deb ataymiz. Faollardan mazkur jarayonda avvalo amaldagi qonunchilik talab va me'yorlariga amal qilish, milliy manfaatlarimizni inobatga olib, qadriyatlarimizga hurmat ruhida yondashishga chaqiraman. Zotan, qoyalar va soyalar kurashi abadiy jarayondir.
👍40
Javobi yoʻq savollar. Ota-onalar darsliklar (aniqrogʻi, ularning yoʻqligi) masalasini anchadan beri koʻtarib kelishadi, lekin na vazirlikning va na rahbariyati yaqinda oʻzgargani aytilayotgan darsliklarga bevosita masʼul Respublika taʼlim markazining bu savollarni eshitishga, javob berishga vaqti yoʻq - ular "islohot"lar bilan band.
🔥16👍5
Qoʻzichoqlar sukunati?

Yuqorida postga izohlarda "taʼlim rus tilida olib boriladigan maktablar uchun 8-9 sinflar darsliklari hatto elektron variantda ham yoʻq" deyishmoqda.

Eng qizigʻi, darsliklarni yangilashga har yili 1,3 trln soʻmni indamay tasdiqlab beradigan deputatlardan birontasi yoki byudjet pullarining samarali ishlatilishini nazorat qilishga masʼul Bosh Prokuraturaning, yoki boshqa biron vakolatli organning shu paytgacha yurak yutib "e toʻxtanglar, har yili trillionlar ajratilayotgan darsliklar tagi bormi oʻzi, bor boʻlsa nega ota-onalar ularni har xil telegram kanallardan topib oʻz hisobidan chop qilishga majbur boʻlishi kerak, yoʻq boʻlsa trillionlar qani?" degan savollar qoʻyganini eshitmadik.
🔥16👍5🤯1
Bizga "haqiqat vazirligi" kerakmi?

"Blogerlar bilan shugʻullanadigan davlat idorasi, nodavlat idorami, kerak". Yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad.

Yozuvchining bu taklifi "1984"dagi "haqiqat vazirligi"ni eslatdi. Bu vazirlik nima bilan shugʻullanganini bilmasangiz - romanni oʻqib chiqishni tavsiya qilaman. Hurmatli yozuvchimiz romanni oʻqiganlarmi yoki yoʻq, bilmayman - lekin men uchun, masalan, "1984" va unga oʻxshagan antiutopiyalarni oʻqigan, oʻqish u yoqda tursin, antiutopiyada yashaganlardan hayotimizni antiutopiyaga aylantirish taklifi chiqishi juda gʻalati tuyuladi.

Umuman, qiziq, nega sovet davri odamlari (ayrim tadqiqotchilar "homo soveticus" degan terminni kiritishgan) hamma sohani, hamma narsani davlat (yoki kimdir) nazorat qilishi kerak va bu toʻgʻri, deb oʻylashaydi? Qanday yashashingiz, nimani yeb ichishingiz, hatto nimani oʻylashingizgacha nazorat qilinadigan ("yoʻnaltiriladigan") tuzumda yashagansizlar-ku, nahotki shu sizlarga yoqqan boʻlsa? Total nazoratga muhabbat sababini biladiganlar boʻlsa, tushuntiringlar - men tushunmayapman.
👍18🔥6
Реформа докторантуры не смогла ни улучшить систему, ни повысить качество научных кадров, но привела к появлению нечестных способов получения степени и публикации статей в низкокачественных журналах. Проблемам сферы посвящено исследование, опубликованное в научном журнале Higher Education Policy.

https://www.gazeta.uz/ru/2025/02/12/doctoral-education-uzbekistan/

Telegram | Instagram | YouTube
👍8
"Davlat tashkilotlarida "oʻt-oʻlanni boshqa rangga boʻyashning analogi boʻlib sanoqsiz va hech kimga keraksiz hujjatlarni toʻldirish boʻlishi mumkin. Har yili asosiy hujjatlarning yangi shakllarini oʻylab topish kerakki, bu hujjatlarni qaytadan toʻldirib chiqish kerak boʻlsin". Ijtimoiy tarmoqlardan.

Aytishlaricha, taʼlim mazmuniga javobgar davlat tashkilotlaridan birining yangi tayinlangan rahbariyati ishni aynan shundan - "oʻt-oʻlanni boshqa rangga boʻyattirish"dan, yaʼni hujjatlar uchun yangi shakl oʻylab topishdan boshlabdi. Ushbu "innovatsiya"dan taʼlim sifati sezilarli "oshishi" kutilmoqda ekan.
👍11😢5
Специалисты, с которыми я разговаривал в ходе подготовки материала, отметили, что в нашем контексте корень проблемы надо искать ещё в школе. Такие навыки, как критическое мышление, умение анализировать, сопоставлять, делать выводы, а также такие понятия, как честность, недопустимость списывания и выдачи чужой работы за свою должны воспитываться ещё со школьной скамьи.

Однако, как я уже неоднократно писал и как показывают результаты таких международных исследований, как PISA, PIRLS и TIMSS, с такими проблемами, как отсутствие curriculum — единого и работающего документа с чётко прописанными целями и задачами школьного образования, фокус на передачу информации и когнитивные навыки низкого уровня, соответствующие учебники, постоянные эксперименты то с финской, то с сингапурской моделями, новая система оценивания, нормализующая зубрёжку и списывание, сложно ожидать, что в бакалавриат, магистратуру и докторантуру придут специалисты, умеющие критически мыслить, решать проблемы и двигать науку вперед.
🤔8😢6👍5
Prezident farmoniga koʻra, "maktablar uchun 65 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari yaratiladi".

Bu darsliklar ham, joriy yildagi darsliklarga oʻxshab, nomi bor-u oʻzi yoʻq darsliklar boʻladimi? Axir darsliklar yoʻqligi haqida ota-onalar ijtimoiy tarmoqlarda bong urishmoqda, tegishli tashkilotlarga murojaat qilishmoqda, ularga hech kim quloq solayotgani yoʻq-ku.

Yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga maktablarga yetkazilmayotgan, ota-onalar oʻz hisobidan chop qilishga majbur boʻlayotgan, ayrimlari hatto elektron variantda ham yoʻqligi aytilayotgan "falon nomdagi darsliklar"ni "chop qildik" deyishga kart-blansh berilganmi?
🤯12🤬8👍4👎1