Jalilov. Qaydlar
4.12K subscribers
1.47K photos
17 videos
22 files
2.29K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Forwarded from Kanada orzusi
#таълим #мактаб

Нажот – таълимда

Болам 1-синфни Канада мактабларидан бирида бошлаганига хурсандман, рости. “Дарё”, gazeta.uz’да ишлаган пайтларим дарсликлар, ўзбек болалар адабиёти муаммоларини кўпроқ ёритардим, жонкуяр таълим эксперти Комил Жалилов, янги авлод дарсликлари муаллиф-муҳаррирлари билан суҳбатлар тайёрлагандим.

Вазият яхшиланаман деб турганида бирдан ўзгарганди: мактабларда таълим сифати тушишдан тўхтамади (ҳозирам ўнгланмаган), дарсликлар ёзиш-чиқариш “каттаконлар” қўлига ўтди, хатоларига кўз юмилиб ўқув дастурлари қабул қилинди, аввал Финландия, кейин Сингапур тажрибаси олинди, ўқитувчи ишига аралашадиганлар камаймади – ўртада ўқувчи сарсон, ота-оналар вазиятга ноилож кўнди, менимча.

Ривожланган давлатлар тажрибаси бизда ҳам иш берди, деган гапни эшитмадим шу чоққача. Аксинча, креатив (ижодий) фикрлашини баҳоловчи PISA-2022 халқаро тадқиқоти натижаларида Ўзбекистон энг охирги ўнталикдан жой олди. Бошқа рейтингларда ҳам қуйидамиз. Охиридан биринчи/ўнинчи дейди-ку...

------------------
Майли, яхши хабарларга ўтадиган бўлсам, бугун мактаб директоримиз имейл юборибди. 18 сентябрда Garneau мактаби жамоаси билан ота-оналар танишуви бўларкан. Болаларимиз синфхонасини кўздан кечириб, кейин актив залда директор, мактаб кенгаши, Garneau жамияти аъзолари, волонтёр ота-оналар билан саломлашарканмиз.

Менга энг ёққани: бу йил Эдмонтон давлат мактабларида янги провинциал ўқув дастури (new provincial curriculum) жорий этилибди. Илм-фан (science) билан, ижтимоий фанлар (пилот режимда) чуқурроқ ўқитиларкан.

Синов-тажриба сифатида олиб кирилаётган ижтимоий фанлар кейинги ўқув йилига тўлиқ жорий этилишидан аввал барча фикр-мулоҳаза, таклифлар кўриб чиқиларкан.

Шу хабарни ўқидиму, яқинда Комил Жалиловнинг: “Вазир Ҳилола Умарова бошчилигидаги иккинчи тўлиқ ўқув йили аниқ таълим мақсадларисиз ва аниқ curriculum’сиз бошланмоқда” деган пости эсимга тушди.

Болалар тақдири, таълими ўйин қилиниши ачинарли... Суриштирилса, тепадаги “каттаконлар”нинг боласи оддий мактабда ўқимайди: ё хусусий, ёки ихтисослашганда савод чиқаради. Аммо репетитор, хусусий мактаб, қўшимча дарс, махсус машғулотларга ҳаммадаям баравар имкон йўқ. Халқ болалари эса сифатли, асоси пухта ўрта таълимни олишга ҳақли.

@chnizomiddinova
👍21🔥5
Gazeta.uz dan Uchinchi Renessansga qadam qoʻygan Yangi Oʻzbekistonda inson qadri haqida reportaj.

"Rahbarlar Boysunning xalqi to‘g‘risida qiziqmayapti. Mayli, biz yoshimizni yashaganmiz, lekin bolalar-chi?"

"Kofirunga yaqin Rabot degan shaharchada ahvol juda yomon. Aholi evakuatsiya qilinmagan, qanday himoyalanish kerakligi haqida ham ogohlantirilmagan".

"Kofirundan 10 kilometr uzoqda turamiz. Ahvol yomon. Ko‘chib ketaylik desak, sharoitimiz yo‘q. Davlat hali odamlar bilan qiziqqani yo‘q. Umuman, ekologiya buzilib ketgan, sog‘lig‘imizga jiddiy zarar yetkazyapti".

"Davlat tomondan hech qanday choralar ko‘rilgani yo‘q. “Mana bunday ehtiyot choralarini ko‘ringlar, mana bu dorilarni ichinglar, niqob taqinglar”, degan tavsiyalar, ogohlantirishlar ham berilmadi".
😢11🔥6👍2
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati "O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar ro‘yxati"ni tasdiqladi hamda mazkur reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun mas'ul idoralarni belgiladi. Ro'yxatdan 15ta reyting o'rin olgan.

Qizig'i, ro'yxatdan demokratiya, qonun ustivorligi, hukumatning aholiga hisobdorligi, fuqarolarning mamlakat boshqaruvidagi ishtiroki bilan bog'liq reytinglarga ko'zim tushmadi. Masalan, turli mamlakatlarda siyosiy va fuqarolik erkinliklari holatini tadqiq qiladigan Freedom House tashkilotining reytingida O'zbekiston 100dan 12 ball bilan "erkin bo'lmagan" mamlakatlar qatoridan o'rin egallaydi. Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit (EIU) tadqiqot tashkiloti reytingida O'zbekiston 10dan 2,12 ball bilan "avtoritar" davlatlar qatorida qolmoqda. Demokratiya va saylovlarga ko'maklashish xalqaro instituti (International IDEA) reytingida O'zbekiston 0,297 ball bilan dunyodagi demokratik ko'rsatkichlari eng yomon bo'lgan 25% davlatlar qatoridan o'rin olgan.

Demokratiya, haqiqiy saylovlar (imitatsiya emas), ijroiya hukumatning xalq oldidagi hisobdorligi, so'z erkinligi bo'lmas ekan, iqtisodiy rivojanish bo'lmaydi. YAIMning o'sishi singari chiroyli ko'rsatkichlar yoki "islohot" degan balandparvoz gaplar faqat bir hovuch "elita"ning cho'ntagini qappaytiradigan chiroyli shirmaga aylanadi, xolos.
🔥16👍7
Xabar berishlaricha, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻrgatish va malaka oshirish markazi oʻzbek tilini oʻrganmoqchi boʻlgan oʻzga millat vakillari uchun oʻzbek tili kurslarini taklif qilmoqda. Kurslar kichik guruhlarda maxsus dastur asosida olib boriladi. Kurslar mutlaqo bepul.

Mana endi oʻzbek tilini oʻrganmaslik uchun bahona qolmadi ....
👍44
«Aeroportda ekanimda Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasiga telefon qildim. Dastlab bir xodim ko‘tardi, unga vaziyatni tushuntirdim. U «biz hal qilolmaymiz, qo‘limizdan hech narsa kelmaydi», dedi. Keyin yana bir necha marta telefon qildim, ular endi telefonni olmay qo‘ydi».

Pasportida "ushbu pasport egasi Oʻzbekiston Respublikasi himoyasidadir" deb yozilgan, lekin boshqa davlatda sababsiz, aybsiz xor boʻlganida himoya qilishi kerak boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hech narsa qila olmagan fuqaro hikoyasi.

Shimoldagi ogʻadan qoʻrqish shu darajadagi, aeroportga borib nima boʻlayotgani bilan qiziqish, surishtirish u yoqda tursin, boshqa qoʻshni davlatlarga oʻxshab hech boʻlmaganda "maslahatimiz - u yerga bormay turinglar" deb bayonot chiqarib qoʻyish ham yoʻq.
👍25👎2
Bizning ta'lim tizimimizda o'rganish - bu ma'lumotni xotiraga joylash va kerakli paytda bu ma'lumotni xotiradan chiqarib olish, degan qarash qabul qilingan. To'g'ri, bunday qarash hech qaysi rasmiy hujjatda belgilanmagan bo'lishi mumkin, lekin aksar darsliklarning tuzilishi, o'qituvchilarning dars o'tish uslubi va baholash tizimi asaosan ma'lumotlarni yodlatish va eslatishga qaratilgan.

Konstruktivizm va kognitiv psixologiya nuqtayi nazaridan, o'rganish - bu yangi bilimlarning sxemadagi mavjud bilimlarga assimilyatsiya qilinishi ("sxemalar nazariyasi" haqida oldin ham yozgandim, masalan, qarang: 1, 2, 3). Ya'ni, bizdagi bilimlar, tassavvurlar, tajribalar yig'indisi, aniqrog'i, shu asosidagi dunyoni tushunishimiz sxemamizni tashkil qiladi. Sxema har bir inson uchun individiual bo'ladi: hatto bir oilada o'sgan ikki egizakning sxemasi - bilimi, dunyoqarashi, tasavvurlari bir xil bo'lmaydi. Shu bilan birga, albatta, ma'lum bir yoshdagi o'rganuvchilar guruhi biladigan, tushunadigan va bilmaydigan, tushuna olmaydigan tushunchalar ham bor. Biz yangi narsa o'rganayotganimizda, yangi bilimlar sxemamizga assimilyatsiya qilinadi - yangi bilimni shu sxemamizdagi bilim va tasavvurlarimiz asosida "qayta qurib" chiqamiz. O'rganish jarayoni samarali bo'lishi uchun, sxemamizda yangi bilimni assimiliyatsiya qilish, "qayta qurish"ga yordam beradigan "eski" (oldindan mavjud) bilimlar ("prior knowledge") bo'lishi juda muhim. Agar bunday bilimlar bo'lmasa-chi?

Richard Mayerning "Applying the Science of Learning" ("O'rganish haqidagi ilmni tadbiq qilish") kitobida shunday misol keltiriladi: Britaniyalik psixolog, Kembrij universitetining eksperimental psixologiya bo'yicha birinchi professori, zamonaviy kognitiv psixologiyaning asoschilaridan biri Ferederik Barlett bir tajriba o'tkazgan. U Britaniyalik kollej talabalariga Amerikaning tub aholisi xalq og'zaki ijodidan olingan bir hikoyani o'qitgan va bir oz vaqt o'tib bu hikoyani qayta so'zlab berishni so'ragan. Talabalar hikoyani qayta so'zlab berishganida Amerikaning tub aholisi madaniyatiga xos bo'lgan g'oyalar, motivlar, detallar tushirib qoldirilgan va hikoya mazmuniga begona, lekin Britaniyalik talabalar uchun tanish va tushunarli detallar kiritilgan. Hikoyaning mazmuni, g'oyasi o'zgarib ketgan.

Demak, agar yangi bilimni qabul qilish va assimilyatsiya qilish uchun o'rganuvchida (o'quvchida, talabada) yetarlicha "oldingi bilim" ("prior knowledge") bo'lmasa, o'rganish "buziladi" ("impaired") - o'quvchi yangi bilimni o'z sxemasiga moslab "qayta quradi" va noto'g'ri xulosalar, noto'g'ri tushunchalar shakllanadi. O'quv dasturlarini tuzishda, ta'lim mazmunini belgilashda, darsliklar yozishda, dars o'tishda buni hisobga olish lozim.
👍9
Yuqoridagi postda aytilgan narsa - yangi bilimlarning sxemadagi mavjud bilimlarga assimilyatsiya qilinishi hamda o'rgatish va o'rganish jarayonida oldingi bilimlarni ("prior knowledge") hisobga olish zarurati oddiy narsadek (common sense) ko'rinadi va darhaqiqat, kognitiv psixologiyada, metodikada, pedagogikada qandaydir aksioma sifatida qabul qilingan. Lekin biz har doim ham ta'lim mazmunini rejalashtirishda bu narsani hisobga olmaymiz yoki nazardan qochiramiz. Masalan, 5-sinf o'quvchisida "Gulliverning sayohatlari"ni tushunish yetarlicha "oldingi bilim" yo'qligi haqida oldin yozgandim.

Boshqa bir misol. Agar mana bu tarqalib ketgan surat haqiqatdan ham yangi 5-sinf adabiyot darsligining mundarijasi bo'lsa, nazarimda, bu yerda ham yuqoridagi tamoyil buzilgan. Mundarijadagi ayrim asarlarni tushunish va tahlil qilish uchun 5-sinf o'quvchilarida yetarlicha "oldingi bilim" ("prior knowledge") mavjud emas. Masalan, "Tilla baliqcha" she'rini.

5-sinfda adabiyot fan (o'quv predmeti) sifatida endi boshlanadi. To'g'ri, boshlang'ich sinflarda ham o'quvchi badiiy asarlar - ertaklar, she'rlar, hikoyalar, kattaroq hajmdagi asarlardan parchalar o'qigan bo'ladi. Lekin boshlang'ich sinflarda asosan she'rlar yodlab qayta aytib beriladi, ertak va hikoyalarning syujeti bo'yicha savollarga javob beriladi. Badiiy matnning o'ziga xos xususiyatlari, muallifning bir narsa, tushuncha orqali boshqa narsani, tushunchani ifodalashi (ramz, metafora) boshlang'ich sinflarda o'tilmaydi. 5-sinfga endi o'tgan bolada badiiy asardagi ramzlarni, implitsit g'oyalarni tushunish va tahlil qilish haqida yetarlicha bilim mavjud bo'lmaydi. Qolaversa, "Tilla baliqcha" she'rining konteksti haqida ham bilimlar mavjud emas - o'quvchi she'r yaratilgan davr va muhitda yashab ko'rmagan yoki tarix darslarida o'rganmagan (tarix ham 5-sinfda endi boshlanadi). Shunday ekan, katta ehtimol bilan, o'quvchi she'rni tahlil qila olmaydi yoki yuqoridagi postda misol keltirilgan tajribada bo'lganidek, o'z sxemasi asosida buzilgan holda "qayta quradi". Yoki o'qituvchi aytib bergan (yoxud darslikda berilgan - agar berilgan bo'lsa) tahlilni shunchaki tushunmasdan yodlab olib qaytaradi. Har ikkala holda ham maqsadga (agar bolaga badiiy matnni tahlil qilishni o'rgatish bo'lsa) erishilmaydi.
👍7👎1
"Millatimiz bolalariga tariximizni ham ruslardan so‘rab o‘rgatishimiz kerakmi?" degan savolni qo'ymoqda jurnalist Anora Sodiqova.

Uzdiplomat nashrining yozishicha, o'zlarini hali ham imperiya (yoki imperiya vorislari) sanaydigan shimoldagi og'alar O'zbekiston maktab darsliklaridan norozi ekan. Ularning fikricha, "O‘zbekiston davlatchiligi Sovet Rossiyasi tufayli paydo bo‘lganligini unutmaslik kerak" va "O‘zbekistondagi chet davlatlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan darsliklar" (qiziq, tarix darsliklari qaysi "chet davlatlar bilan hamkorlikda" ishlab chiqilgan ekan?) "o‘quvchilarni rusofoblarga aylantirishga urinmoqda". Xususan, shimoldagi og'alarga darsliklarda Pyotr I davridagi Markaziy Osiyoga ekspeditsiyalar, Markaziy Osiyoda Rossiya imperiyasi va sovet hokimiyatiga qarshi milliy ozodlik harakatlari, qatag'onlar (xususan, millat oydinlarining qatag'on qilinishi) singari mavzularning qanday yoritilgani yoqmabdi.

Uzdiplomat iqtibos keltirgan Asia Today nashrida qiziq bir jumla bor: "В 2020 году Республиканский центр образования (РЦО) принял Национальную учебную программу, расчитанную для школ Узбекистана на 5 лет. Ее разработкой занимаются международные эксперты из Детского фонда ООН (ЮНИСЕФ) и Агентства США по международному развитию (USAID). Они разрабатывают 22 учебных направления. Пишут учебники почти по всем предметам, кроме русского как иностранного, это оставили российским методистам".

Qizig'i, shu maqolaning o'zida maqola muallifi "tahlil qilinayotgan" 5-sinf darsligining birinchi nashri 2015-yilda chop etilganini yozgan, lekin 2015-yilda yozilgan darslikning 2020-yilda yaratilishi boshlangan Milliy o'quv dasturiga qanday aloqasi borligini o'ylab ko'rmagan. Yoki shunchaki maqola muallifiga bu yerda "g'arbning qo'li" borligini "ko'rsatish" kerak bo'lgan.

Maqola muallifi O'zbekiston - suveren davlat ekanini ("Rossiyaning milliy rayoni" emasligini - yuqoridagi suratga qarang) va O'zbekiston maktablaridagi ta'lim mazmuni O'zbekistonning ichki ishi ekanligini ham negadir eslamagan.

Bundan ham qizig'i, maqola muallifi Rossiyaning o'zida tasdiqlangan va 2023-yildan boshlab yagona, rasmiy darslik sifatida o'qitilayotgan tarix darsliklarini (Medinskiy, Torkunov: "Rossiya tarixi: 1914-1945 yillar", 10-sinf, Moskva, 2023-yil; Medinskiy, Torkunov: "Rossiya tarixi: 1945-yil - XXI asr boshi", 11-sinf, Moskva, 2023-yil) tahlil qilishni lozim topmagan. Tahlil qilganida, masalan, Birinchi jahon urushidan keyingi milliy ozodlikka va siyosiy mustaqillikka intilishlarning "harbiy separatizm" sifatida ta'riflanganini, "bosmachilar" deya nom berilgan harakatning paydo bo'lish sabablarining faqat islom an'analari bilan bog'lab bir tomonlama talqin qilinganini, O'zbekistonga (va boshqa bir qator respublikalarga) "nisbatan qoloq respublika" yorlig'i yopishtirilganini, va nihoyat, suveren davlatga qarshi ikki yildan beri davom etayotgan bosqinchilik urushining ahmoqona bahonalar bilan oqlanayotganini balki ko'rgan bo'lardi ...
🤬22👍13
Kecha jurnalist Anora Sodiqova "endi millatimiz bolalariga tarixni qanday oʻqitishni ham soʻrashimiz kerakmi? degan savolni qoʻygan edi.

Aftidan, shimoldagi ogʻalarni faqat bizning tarix darsliklarimiz qiziqtirmaydiganga oʻxshaydi. "Reviziya" ostiga Ozarbayjon va boshqa davlatlar tarix darsliklari ham tushibdi. "Boshqa davlat darsliklaridan oʻziga nisbatan fobiya, muhabbat yoki loyallik qidirib, baho berish dunyoda yana kimning xayoliga kelishi mumkin? Kimga kerak bu? Endi bizdan darsliklarimizni oʻzgartirishni talab qilishadimi?" degan savol qoʻymoqda Ozarbayjon nashri.

Va "tarixning obyektiv yoritilishi" masalasi Kremlda Xavfsizlik kengashi darajasida ham muhokama qilingani haqida xabar berilmoqda. Maʼruzachilardan biri - tarix "obyektiv" yoritilgan darslik mualliflaridan biri Medinskiy.

Qiziq. "Tarixning obyektiv yoritilishi" deganda bir paytlar bizga oʻrgatilgan "Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasiga oʻz ixtiyori bilan qoʻshilib, taraqqiy etgani" haqidagi choʻpchaklar nazarda tutilmoqdami? Shunga qaytishimizni istashyaptimi?
🔥11👍6😱2
Xonadonlarimizga "Men, Sarvar Usmon" deb kirib kelgan O'ktambek aka, bu yurtda nimalar bo'layotganiga - aslida nimalar bo'layotganiga Ozod Nazar tashlashga yordam berib kelganingiz uchun rahmat. Biz sizning suhbatlaringizni sog'inib qolamiz.
👍31
Ozod Nazarning jurnalist Sarvar Usmon mezbonligidagi bugungi - so'nggi sonida Boysun voqealari muhokama qilinayotgan bir paytda, parlament sayloviga tayyorgarlik ko'rayotgan va elektoratini unga, uning nomzodlariga ovoz berishga ishontirishi kerak bo'lgan, mamlakatning Oliy Majlisidan joy olib, xalq nomidan gapirishga vakolat oladigan partiyalar shu elektoratni qiynayotgan, sentyabr boshidan beri asosiy muhokama va xavotir mavzusi bo'lib kelayotgan Boysundagi M-25 konidagi fojialar haqida nimalar deydi?

Xalq demokratik partiyasi. Partiya saytida avgust oxiridan bugungi kunga qadar e'lon qilingan xabarlar orasidan odob-axloq qoidalaridan tortib "donni ayash" haqidagi xabarlar orasida Boysun haqida bir og'iz gap topa olmadim.

Saylovga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan sotsial-demokratlarning partiya saytini yangilashga vaqtlari yo'q shekilli, undagi oxirgi yangilik 2023-yil noyabr oyiga tegishli. Tabiiyki, Boysun haqida gap yo'q.

Yetakchisi odatda turli voqealarga rezonansli munosabatlar bildirib keladigan "Milliy Tiklanish"chilarni, saytiga qaraganda, xalq tabobati, dorilar reklamasi, kitoblar, oila, xullas, turfa mavzular qiziqtiradi. Faqat Boysun bu ro'yxatda yo'q.

O'zlarini "liberal demokrat" sanaydiganlar saytida ham Boysun bo'yicha bir og'iz munosabat topa oplmadim. Ekologlar saytida ham - vaholanki hech bo'lmaganda ular fojianing ekologik oqibatlari haqida nimadir deyishlari kerak emasmidi?

Vaholanki, normal davlatda - normal saylovlar oldidan mamlakat parlamentidan joy olish uchun kurashayotgan normal partiyalar bunday hodisani e'tiborsiz qoldimagan, albatta munosabat bildirgan, hukumatning fojia paytidagi xatti-harakatlariga o'z bahosini bergan bo'lardi. Oldingi gapda kalit so'z - uch marta qaytarilgan "normal" so'zi edi.

Endi savol. Xalq hisobidan kun ko'rayotgan bu partiyalarni Boysun haqiqatdan ham qiziqtirmaydimi yoki bu haqda gapirishga hozircha ruxsat bo'lmadimi?
👍23🔥8