GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#foydali

🗣Bizda yosh olimlarni stajirovkaga yuborish bo‘yicha bir nechta tanlovlar e’lon qilindi. Ularda ishtirok etish uchun hujjatlarni internship.ilmiy.uz yagona elektron tizimi orqali topshirish lozim.

Mutaxassislarimiz tomonidan tayyorlangan video yo‘riqnomalar orqali bu boradagi savollaringizga javob olishingiz mumkin.

🟢Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish yagona elektron tizimidan ro‘yxatdan o‘tish;
▶️https://www.youtube.com/watch?v=voXL7jjazDI

🟢Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish yagona elektron tizimidan arizalarni buyurtmachi tashkilotga yuborish;
▶️https://www.youtube.com/watch?v=ZaB3M-shWxk

🟢Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish yagona elektron tizimida buyurtmachi tashkilot tomonidan arizalarni tasdiqlab Agentlikka yuborish.
▶️https://www.youtube.com/watch?v=jBRRn33YGkQ

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚽️Sport – salomatlik garovi!


🗣Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida muntazam ravishda sport tadbirlari, musobaqalar va sog‘lom turmush tarziga oid tashabbuslar amalga oshirib kelinmoqda.

🏀 Sport nafaqat tana baquvvatligini, balki iroda, fidoyilik va jamoaviylikni tarbiyalaydi. Talabalarimiz dars mashg‘ulotlarida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, o‘z kasbiy mahoratlarini oshirishmoqda. Har bir mashg‘ulot — bu sog‘lom turmush tarziga bir qadam, kelajakdagi professional murabbiylar uchun muhim tajriba maktabidir!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🎯"Энг яхши миллий-контент" танлови!🚀


➡️ SIRDARYO LIVE ОАВ, Сирдарё вилояти Ёшлар ишлари бошқармаси ҳамда Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Сирдарё вилояти Кенгаши катта миллий-контент танловига старт берди!

Кимлар иштирок этиши мумкин?
🔹14-30 ёшгача бўлган ёшлар иштирок этиши мумкин.


🏆Танлов категориялари:
🔹8–11-синфгача бўлган ўқувчилар;
🔹Талабалар.

🎁 Ғолибларни нималар кутмоқда?
🥇 Бош соврин: 1.000.000 сўм! (ҳар бир категория)
🎉 Фахрий ўринлар учун эсдалик совғалар ва фахрий ёрлиқлар.

➡️ Танловда қатнашиш учун мурожаат: @uzAmirVine

📅 Танлов қачон ва қаерда бўлиб ўтади?
📍 Сирдарё викояти Ёшлар маркази биноси, 1-қават;
🗓 18-май, якшанба куни;
9:00.

👩‍🏫 10 нафар устоз баҳолаб боради.
🚀 Медиага қизиқувчи ёшларни катта танловга чорлаймиз!

РАСМИЙ САҲИФАЛАРИМИЗ
Telegram | Facebook | Instagram |
Web | X | RU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🏆1
🏆“Hokim kubogi” musobaqalari davom etmoqda.

🗣Guliston davlat pedagogika institutida start olgan “Hokim kubogi” musobaqalarinitng institut bosqichi qizg‘in kurashlarga boy ravishda o‘tmoqda.

Talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan 1-tur musobaqalari quyidagicha yakunlandi:
↪️Maktabgacha ta’lim – Pedagogika —2:0;
↪️Kimyo – Ona tili va adabiyoti (rus tili) — 2:0;
↪️Geografiya – Fizika — 2:1;
↪️Boshlang‘ich ta’lim – O‘zbek tili va adabiyoti — 1:2;
↪️Maktabgacha ta’lim – Boshlang‘ich ta’lim — 0:2;
↪️Biologiya – Matematika — 0:2;
Ona tili va adabiyoti (rus tili) — Boshlang‘ich ta’lim — 0:2;
↪️Matematika – Maktabgacha ta’lim —0:2.
Musobaqalar davom etmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🏆2
🏀“Sport oyligi”ga start berildi!


🗣Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yilning may oyi respublika oliy va kasbiy taʼlim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi” deb eʼlon qilindi.

📌Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF–6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.


☑️2025-yil 5-may kuni butun mamlakat bo‘ylab “Sport oyligi”ga rasman start berildi. Tadbirning ochilish marosimi oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida bir vaqtda jonli efir orqali namoyish qilindi.

💖 Guliston davlat pedagogika institutida ham mazkur sport oyligi doirasida keng qamrovli tadbirlar tashkil etildi. Ochilish marosimida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, sport to‘garaklari yetakchilari va faol talabalar ishtirok etdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Forwarded from Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari

⚡️Endi talabalar xorijda ishlash va sayohat qilish dasturi xarajatlarini qoplash uchun foizsiz qarz (ssuda) olishi mumkin

Hukumat qarori (290-son, 02.05.2025-y.) bilan 2025-yil 15-maydan “Work and travel” xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.


Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kiritilgan.

✔️ Har yili 2 000 nafargacha talaba yoshlarga BHMning 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi.

📝 Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

📃 Ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

🔸 xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;

🔹ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, ushbu mablag‘larni qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning so‘nggi 12 oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot va qarz shartnomasi bo‘yicha kafil bo‘lishga rozilik arizasi - agar mavjud bo‘lsa;

🔸 viza.

📋Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan so‘ng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.

🗓 1 kalendar yil davomida 2 000 nafar ariza beruvchiga ssuda ajratish ma’qullangandan so‘ng ariza qabul qilish to‘xtatiladi.

Ssuda ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi bo‘yicha ssuda ajratilgan ariza beruvchilardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun ro‘yxatga qo‘yilmaydi hamda kelgusi yilda qaytadan murojaat qiladi.

📌Ma’lumot uchun: ssuda bu - qaytarish sharti bilan ajratiladigan foizsiz qarz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Forwarded from Edu.uz
#SportOyligi #OchilishMarosimi

“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan respublika miqyosida o‘tkaziladigan ushbu tantanali tadbir 5-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tashkil etildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Milliy Olimpiya Qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Vahobov hamda boshqa mutasaddilar so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga sport oyligi doirasida o‘tkaziladigan turli musobaqalarda faol ishtirok etishlari, sog‘lom turmush tarziga sodiq qolishlari hamda yuqori natijalarga erishishlarida omad tilashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/51718

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍1