GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari

⚡️Endi talabalar xorijda ishlash va sayohat qilish dasturi xarajatlarini qoplash uchun foizsiz qarz (ssuda) olishi mumkin

Hukumat qarori (290-son, 02.05.2025-y.) bilan 2025-yil 15-maydan “Work and travel” xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.


Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kiritilgan.

✔️ Har yili 2 000 nafargacha talaba yoshlarga BHMning 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi.

📝 Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

📃 Ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

🔸 xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;

🔹ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, ushbu mablag‘larni qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning so‘nggi 12 oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot va qarz shartnomasi bo‘yicha kafil bo‘lishga rozilik arizasi - agar mavjud bo‘lsa;

🔸 viza.

📋Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan so‘ng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.

🗓 1 kalendar yil davomida 2 000 nafar ariza beruvchiga ssuda ajratish ma’qullangandan so‘ng ariza qabul qilish to‘xtatiladi.

Ssuda ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi bo‘yicha ssuda ajratilgan ariza beruvchilardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun ro‘yxatga qo‘yilmaydi hamda kelgusi yilda qaytadan murojaat qiladi.

📌Ma’lumot uchun: ssuda bu - qaytarish sharti bilan ajratiladigan foizsiz qarz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Forwarded from Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi 

Bu Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida (PF-76, 05.05.2025-y.) belgilandi.

📌 Farmonga ko‘ra Agentlik:
🔹Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi loyiha ofisi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida tashkil etiladi;

🔸o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

✔️Shuningdek, Farmon bilan:
🟢Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari;

🟢Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish tartibi;

🟢Ta’lim sifatini ta’minlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌1
Forwarded from Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari

Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi


“Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-84-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.


🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yil 15-maydan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi.

🔴“Qizil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

🔹a’zolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;

🔸parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;

🔹o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;

🔸boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila.

⚡️2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌2👍1
Forwarded from Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari

Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

“Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini  qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.) qabul qilindi.


🔰 Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:

🔹 “El-yurt umidi” stipendiyasi g‘oliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat o‘tkazish orqali aniqlanadi;

🔸 test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

✔️Bakalavriat bo‘yicha hamda magistratura va doktorantura bo‘yicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga ko‘ra:

🔸birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) to‘liq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔸birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔹 birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👌1
Forwarded from Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari

❗️O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi

“2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-184-son, 15.05.2025-y.) qabul qilindi.


🔰 Qarorga ko‘ra, 2030-yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish belgilandi, jumladan:

🔹 4,2 mln nafar umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi;

🔹 400 ming nafar o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi.

💬 Qaror bilan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

✔️ 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab:

▶️har yili ilmiy loyihalar tanlovida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etishga oid mavzular e’lon qilib boriladi;

◀️oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi.

🌐 “Ekolog olimlar hamjamiyati” nodavlat notijorat tashkiloti ta’sis etiladi.

💬 Har yili talabalar o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi nominatsiyalar hamda startap loyihalar bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi.

📝 Shuningdek, 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan har yili talabalar o‘rtasida dolzarb ekologik masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy forum o‘tkaziladi.

⭐️Oliy ta’limdan keyingi ta’limda ekologiya sohasidagi tadqiqotlar qabul kvotalari 30 foizga oshiriladi.

🛡Ekologik madaniyat va ekologiya muammolari sohasida xotin-qizlar uchun hududlar kesimida doktorantura uchun qo‘shimcha kvotalar ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari

Oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.


Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 10 foizga oshiriladi.

Bunda:
🔹 yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m;
🔸 nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m;

✔️ kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
🟢3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m;
🟢oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;
🟢oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m;
🟢kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib belgilandi.

🗓 2025-yil 1-avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

🗓 2025-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib belgilandi.

🗓 2025-yil 1-avgustdan:
🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;
🔸bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2