GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#SportOyligi #OchilishMarosimi

“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan respublika miqyosida o‘tkaziladigan ushbu tantanali tadbir 5-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tashkil etildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Milliy Olimpiya Qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Vahobov hamda boshqa mutasaddilar so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga sport oyligi doirasida o‘tkaziladigan turli musobaqalarda faol ishtirok etishlari, sog‘lom turmush tarziga sodiq qolishlari hamda yuqori natijalarga erishishlarida omad tilashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/51718

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍1