GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.1K photos
1.23K videos
49 files
3.8K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🗣Muhtaram Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi 112-qarorida belgilangan “Atoqli ijodkor-ziyolilar, aholi orasida yuksak hurmatga ega san’at va ijod vakillari tomonidan olis va chekka hududlar aholisi, ushbu hududlardagi ta’lim muassasalari oʻquvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar o’tkazish” vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat pedagogika institutida taniqli aktyor, ko’plab milliy seriallarda turli xildagi qahramonlarning rollarini mahorat bilan ijro etayotgan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Jabbor Toshev bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o‘tdi.

🎵Aktyor talabalarga oʻz ijodi haqida gapirib, bugungi globallashuv sharoitida, ayniqsa, boʻlajak umumta’lim maktablari “Musiqa madaniyati” oʻqituvchilarini o’z kasbiga qanchalik tayyor bo’lishlarini, maktabda ta’lim sifatini bugungi kundagi davlat talablari darajasiga ko’tarishda o’z kasblarini mukammal egallashlari kerakligi haqida to’xtalib o’tdi.

➡️Uchrashuv juda samimiy va qiziqarli savol-javoblarga boy bo’ldi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡Guliston davlat pedagogika institutida Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi tasarrufidagi ta’lim yo‘nalishlari talabalari tomonidan “Talabalar festivali” loyihasi doirasida “Sharq va g‘arb yuzlashganda” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

⭐️Tadbirda turli millat vakillarining milliy liboslari, urf-odatlari, qadriyatlari va tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, kuy-qo‘shiqlari ijro etildi, milliy taomlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📆 5-may — Xalqaro sayg‘oqlar kuni

🌁 Bu kunga 2010-yilda Qozog'iston, O'zbekiston va Rossiya vakillari ishtirok etgan "SOS Sayg'oq" dasturi doirasida tashkil etilgan seminarda asos solingan. Har yili shu kuni hayvonot olamining ushbu noyob turini muhofaza qilishga alohida e'tibor qaratiladi, bu borada targ‘ibot ishlari olib boriladi.

https://gov.uz/oz/eco/news/view/51694

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💖 Guliston davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan e’lon qilingan “Sportchi – el suyanchi” shiori ostida “Sport oyligi” doirasidagi tadbirlarga tantanali tarzda start berildi. Dastlabki musobaqa sifatida talabalar o‘rtasida badminton bahslari boshlandi.

🏋️‍♀️ Sport oyligi davomida institutda sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu nafaqat yoshlarning jismonan chiniqishiga, balki sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga ham xizmat qiladi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💖 Guliston davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rivojlantiruvchi markazlarida bolalarning qiziqishlari va yosh xususiyatlariga mos tarzda turli mashgʻulotlar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida bolajonlar ijodiy fikrlash, tafakkur va jismoniy faollikni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar, ijodiy topshiriqlar hamda estetik didni shakllantiruvchi faoliyatlarga jalb etildi.

Mazkur tashabbus talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, kasbiy mahoratini oshirish bilan birga, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama kamol topishiga ham xizmat qildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM