"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Xitoy #Holowits

⚡️ Xitoyning "Holowits Technologies" kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi

➡️ Davlatimiz rahbarining Xitoyga qilgan davlat tashrifi doirasida "O'zeltexsanoat" uyushmasi tomonidan bir qancha kompaniyalar bilan muzokaralar o'tkazildi.

➡️ Xususan, uyushma raisi Mirziyod Yunusov Xitoyning "Holowits Technologies" kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

➡️ Muzokarada Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda yurtimizda videokuzatuv qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha o'zaro fikr almashildi.

➡️ "Holowits Technologies" kompaniyasi direktori Yang Jen o'z navbatida ushbu loyihaga qiziqish bildirib, uning istiqbolini o'rganish bo'yicha hamkorlik qilishini ta'kidladi.

➡️ Sun'iy ong kameralari, videokuzatuv qurilmalari, yaxshi narsalar interneti, bulutli xizmat texnologiyalari kabi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ushbu sohada xizmat ko'rsatuvchi "Holowits Technologies" kompaniyasi o'z yo'nalishida global liderlardan biri hisoblanadi.

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #OAV #TCG #XITOY

🟢 "Techno Cable Group" korxonasi Xitoy kompaniyalari bilan $ 70 mln dollarlik kelishuv imzoladi

➡️ Xabaringiz bor davlatimiz rahbarining kuni kecha yakunlagan Xitoyga qilgan davlat tashrifi doirasida tashkil etilgan uchrashuv va forumlarda yurtimiz elektrotexnika korxonalari ham faol ishtirok etdilar.

➡️ Xususan, "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "Techno Cable Group" korxonasi o'tkazilgan muzokaralar natijasida Xitoyning yirik kompaniyalari bilan $ 70 mln dollarga teng kelishuv bitimlarini imzoladi.

➡️ Kelishuvga ko'ra, respublikamiz hududida amalga oshiriluvchi yashil energetika loyihalari uchun korxona tomonidan maxsus kabel-sim mahsulotlari yetkazib beriladi.

➡️ Mazkur kelishuv orqali, import optimizatsiya qilinadi va kooperatsiya aloqalari rivojlanadi.

➡️ "Techno Cable Group" korxonasi faoliyati va Xitoyga tashrif doirasida erishilgan yutuqlar "O'zbekiston 24" telekanali, "Fakt 24" dasturi ijodkorlari tomonidan keng yoritildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #SIDA

⚡️ Xitoyning SIDA assotsiatsiyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

➡️ Mamlakatimiz rahbarining joriy yil 24-25-yanvar kunlari Xitoyga qilgan davlat tashrifi doirasida "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov va O'zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev Shenjen shahrida joylashgan "Shenjen sanoat dizayni bo'yicha mutaxassislar assotsiatsiyasi" (SIDA) vitse-prezidenti Shirley Feng bilan muzokara olib bordilar.

➡️ Shuningdek, assotsiatsiya qoshidagi maxsus sanoat parkida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishni muhokama qildilar.

➡️ SIDA - bu 2008-yilda tashkil etilgan bo'lib, ayni kunda Xitoy va butun dunyoda 900 dan ortiq a'zolarga ega.

➡️ Tashkilot sanoat parklarini loyihalash, tadqiqotlar olib borish, resurslarni optimallashtirish, loyihalarni amalga oshirishda sanoat xizmatlarini ko'rsatish bilan shug'ullanib keladi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment #Xitoy #stansiya #dron

🔋Xitoy tog‘larida yuk tashuvchi dronlar yordamida quyosh elektr stansiyasi qurilmoqda

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #hamkorlik

⚡️ Xitoy kompaniyalari bilan yangi loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi

➡️ Texnologik jihatdan taraqqiyotga erishgan Xitoy davlati bilan hamkorlik har tomonlama manfaatli hisoblanadi. Ayniqsa mamlakatimiz va ushbu davlat o’rtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo’nalishidagi hamkorlik kengayib bormoqda.

➡️ Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasiga Xitoyning bir qator yetakchi kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi. “Hubei Shengfeng Medical Devices”, “China Huadian Corporation”, “Ningbo Dongchuan”, “Sichuan Shengyakai Fasting Equipment”, “Beijing Ruihuaying Technology Development” korxonalari shular jumlasidan.

➡️ Uyushma mas’ullari xorijiy kompaniyalar vakillariga mamlakatimiz elektrotexnika sanoatining bugungi holatiga oid batafsil ma’lumotlarni berdilar.

➡️ Ayniqsa, yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalari va energiya saqlash qurilmalari ishlab chiqarish loyihalari muhokamalar markazida bo’ldi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #xitoy

🇺🇿🇨🇳O‘zbekiston-
Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi

➡️Bugun, 13-may kuni Toshkent shahrida Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

➡️O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi raisi o‘rinbosari Lyu Gochjun hamraisligida o‘tgan majlisda ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari jadal rivojlanayotgani, bunda, Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona, yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

➡️Yig‘ilishda tovar ayirboshlashni yanada oshirishga qaratilgan qo‘shma “Harakatlar rejasi”ni qabul qilish, Xitoyga mahsulotlarini uzoq muddatli va barqaror yetkazib berish uchun qo‘shimcha savdo imtiyozlarini joriy etish, sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish, iqtisodiyotni barcha sohalarda qo‘shma raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirish taklif etildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #tashrif

⚡️ Mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi Xitoyga tashrif buyurdi

➡️ Joriy yilning 26-30-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida EKSPO “Xitoy-Yevroosiyo” sakkizinchi xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

➡️ Davlatimiz rahbarining ko'rsatmalariga asosan, Bosh vazir boshchiligidagi hukumatimiz delegatsiyasi mazkur tadbirda ishtirok etish uchun Urumchi shahriga tashrif buyurdi.

➡️ Bugun, 25-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Partqoʻmi kotibi Ma Sinjuy o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

➡️ Shuningdek, Xitoyga tashrif mobaynida Bosh vazir boshchiligidagi hukumatimiz delegatsiyasi, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov o'rtasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

➡️ Ushbu uchrashuvlarda "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov ham ishtirok etdi.

➡️ Mazkur uchrashuvlar doirasida o'zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, istiqbolli qo'shma loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama etildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Canton_fair #xitoy

📝ARTEL “Canton Fair-2024” ko‘rgazmasi ilk kunida 40 mln dollarlik kelishuvlarga erishdi.

➡️Bu yilgi ko'rgazmada 229 dan ortiq davlat qatnashchilari yig'ilgan bo'lib, ilk kundanoq ARTEL stendi ko'plab mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

➡️E’tiborlisi, yarmarka ilk kunida kopmaniya va tashrif buyuruvchilar o'rtasida 40 million dollarlik memorandumlar imzolandi va bu hali davom etmoqda.

➡️Qiziqarli tomoni koʻrgazma mehmonlari uchun milliy taomlar tayyorlanib, tortiq qilindi.

🇨🇳1957-yildan beri Xitoyning Guanjou shahrida o'tkazib kelinayotgan Canton Fair ko'rgazmasi Xitoyning eng yirik va nufuzli savdo maydoni hisoblanadi. U ishlab chiqaruvchi va xaridorlarni birlashtirib, yangi biznes aloqalarni yo'lga qo'yadi va mamlakatlar o'rtasida hamkorlikni mustahkamlaydi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #SWAN_INT

⚡️ Shanxayda Xitoyning “SWAN INT” kompaniyasi bilan muzokaralar o’tkazildi

➡️ Joriy yilning 5-10-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida yettinchi Xitoy xalqaro import mahsulotlari ko‘rgazmasi bo'lib o'tadi.

➡️ Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumatimiz delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

➡️ Delegatsiya tarkibida "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ullari ham tadbir doirasida va undan tashqarida Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqdalar.

➡️ Xususan, bugun uyushma mas'ullari Shanhayda joylashgan "SWAN INT" kompaniyasiga tashrif buyurdilar. Tashrif mobaynida kompaniya rahbari Cheng Junhe bilan muloqot tashkil etildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #Chen_Hsong

⚡️ Xitoyning “Chen Hsong” kompaniyasi bilan termoplast-avtomatlar ishlab chiqarish muhokama qilindi

➡️ Shu kunlarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi vakillarimiz Xitoyda bir qator yirik kompaniya hamda tashkilot rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

➡️ Xususan, uyushma raisi Xitoyning Shenjen shahrida “Chen Hsong” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Aleks Xon bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

➡️ Muzokarada Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda yurtimizda termoplast-avtomatlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, ushbu mahsulotlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha tajriba orttirish va sifatli xomashyo importini tashkil etish masalalari bo’yicha fikrlar almashildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #TCL

⚡️ Xitoyning “TCL” kompaniyasi bilan hamkorlikda yurtimizda maishiy texnika butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish muhokama qilindi

➡️ Ayni kunlarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi vakillarimiz bir qator yirik kompaniya hamda tashkilotlar bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Xitoyda bo’lib turibdilar.

➡️ Xususan, bugun uyushma raisi boshchiligidagi vakillarimiz hamda Xitoyning “TCL” kompaniyasi TCL Asia Pacific Business Group brend agentligi biznes departamentining savdo bo'yicha direktori Michael Zheng o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

➡️ Uchrashuv doirasida yurtimizda shartnoma asosida “TCL” brendi ostida mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va uchinchi mamlakatlarga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Shuningdek, “TCL” kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda maishiy texnika uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish imkoniyatlari bo’yicha fikrlar almashildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #Chigo

⚡️ Xitoyning “Chigo” brendi ostida mahsulot ishlab chiqarish quvvatini tashkil etish muhokama qilindi

➡️ Uyushma mutasaddilarining ayni kunlardagi Xitoyga tashrifi doirasida bir qator nufuzli kompaniyalar bilan hamkorlik yuzasidan uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

➡️ Kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Xitoyning “Chigo” kompaniyasi vitse prezidenti Toney Liao bilan muzokaralar olib bordi.

➡️ Xorijiy kompaniyaning Foshan shahridagi bosh ofisida bo’lib o’tgan uchrashuv doirasida yurtimizda “Chigo” brendi ostida mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish muhokama qilindi.

➡️ Shu bilan birga “Chigo” kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda maishiy texnika uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish imkoniyatlari bo’yicha fikrlar almashildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #Gree

⚡️ Dunyodagi eng yirik konditsioner ishlab chiqaruvchi “Gree” kompaniyasi bilan muzokara olib borildi

➡️ Uyushma mutasaddilarining ayni kunlardagi Xitoyga tashrifi doirasida bir qator nufuzli kompaniyalar bilan hamkorlik yuzasidan uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

➡️ Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Xitoyning “Gree Electric Appliances” kompaniyasi mutasaddilari bilan muzokaralar olib bordi.

➡️ Xorijiy kompaniyaning Chjuxay shahridagi bosh ofisida bo’lib o’tgan uchrashuv doirasida yurtimizda “Gree” brendi ostida mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish muhokama qilindi.

➡️ Shu bilan birga “Gree Electric Appliances” kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda maishiy texnika uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish imkoniyatlari bo’yicha fikrlar almashildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #Tederic

⚡️ Termoplast avtomatlar ishlab chiqarish bo’yicha Xitoyning “Tederic Machinery” kompaniyasi bilan muzokara

➡️ Avval xabar berganimizdek, “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika sanoati vakillarining Xitoyga tashrifi davom etmoqda.

➡️ Bugun uyushma raisi Mirziyod Yunusov va Xitoyning “Tederic Machinery” kompaniyasi direktori Shen Haibo o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

➡️ “Tederic Machinery” — Xitoyning Xanchjou shahrida joylashgan yetakchi kompaniya bo’lib, plastikni qayta ishlashga mo’ljallangan termoplast-avtomatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

➡️ 2003-yilda tashkil etilgan korxona 120 ming kvadrat metr hududda zamonaviy zavodga ega bo‘lib, yiliga 10 ming dona yuqori samarali, aniqlik va energiyani tejovchi uskunalar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

➡️ Kompaniya global miqyosda faoliyat yuritadi va Braziliya, Meksika, Portugaliya, Janubiy Koreyada to‘rtta filialiga ega.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #hamkorlik

⚡️ Skuter va quyosh stansiyalari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish masalasi muhokama qilindi

➡️ Bugun "O'zeltexsanoat" uyushmasiga Xitoyning "Shandong Qinlu Energy Technology" va "Celco Innovation Energy Technology" kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif doirasida uyushma raisi o'rinbosari Jahongir Jamalov "Shandong Qinlu Energy Technology" kompaniyasi bosh direktori Jeyms Ji va "Celco Innovation Energy Technology" kompaniyasi sotuv direktori Dun Szinli bilan muzokaralar olib bordi.

➡️ Muzokarada mazkur kompaniyalar bilan hamkorlikda yurtimizda skuter va quyosh stansiyalari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish muhokama qilindi.

➡️ Shuningdek, ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlarni kooperatsiya asosida ichki bozorda sotish bo'yicha ham fikrlar bildirildi.

➡️ Uyushma mas'ullari Xitoy kompaniyalari vakillariga mamlakatimda biznes uchun yaratilgan qulay-muhit, shart-sharoitlar haqida atroflicha ma'lumotlar berdilar.

➡️ Xorijiy kompaniyalar vakillari o'z navbatida yangi loyihalar bo'yicha takliflar va kutiladigan ijobiy natijalarga oid fikrlarini bildirib o'tdilar.

➡️ Uchrashuv so'ngida tomonlar yuqorida ta'kidlangan yo'nalishlarida o'zaro hamkorlik imkoniyatlarini o'rganishlarini, hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #hamkorlik

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Xitoyda 20 dan ortiq yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o'tkazdi

➡️ 2025-yil 15-17-aprel kunlari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi M.Yunusov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan 137-Xalqaro “Canton Fair” ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

➡️ Delegatsiya tarkibida uyushmaga a'zo “Premier Electrotech”, “Sam-Ferre”, "Artel Electronics Manufacturing" “Texnopark”, “Trinity Technology”, “Sam-Nur-Tafviz” kabi mahalliy soha korxonalarining 16 nafar vakili ham ushbu ko'rgazmada ishtirok etdi.

➡️ Ko‘rgazma doirasida “GREE”, “AUX”, “CHIGO”, “AUCMA”, “XINGX”, “WANBAO”, “MIDEA”, “KEG”, “SKYWORTH”, “LAMO”, “CHANGHONG” “TCL”, “CANDOR”, “YEHOS”, “ICCOLD”, “BLUECARBON”, “HOMA”, “GREATWAY”, “JEZETEEK”, “JG” kabi 20 dan ortiq yirik Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi.

➡️ Uchrashuvlarda O‘zbekistonning elektrotexnika sanoatida yaratilgan qulay sarmoya muhiti va infratuzilma imkoniyatlari tanishtirilib, Xitoy kompaniyalariga O‘zbekiston orqali xorijiy bozorlarga chiqish taklifi bildirildi.

➡️ Shuningdek, xorijiy investorlar uchun yurtimizda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

➡️ Xitoy kompaniyalarini O‘zbekistonga keng jalb etish, eksport hajmini oshirish hamda ikki tomonlama texnologik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar ham muzokaralar markazida bo'ldi.

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #hamkorlik

⚡️ O'zbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoyda

➡️ Urumchi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Partqoʻmi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi ikki mamlakat delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

➡️ Ushbu tashrif doirasida tashkil etilayotgan uchrashuv va muzokaralarda "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Biznes_forum #Xitoy

⚡️ Bugun, 30-aprel kuni Urumchi shahrida Oʻzbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Uning ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Partqoʻmi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy

⚡️ 1-iyundan Xitoyga vizasiz borish mumkin

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida oʻzaro vizadan ozod qilish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim (Chendu, 2024-yil 1-dekabr) kuchga kirishi uchun davlat ichki protseduralari tugallandi. Bu haqda TIV maʼlum qildi.

Koʻrsatilgan xalqaro shartnomaning qoidalariga binoan, Bitim 2025-yil 1-iyundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Bitim Oʻzbekiston va Xitoy fuqarolarining ikki davlat hududiga oʻzaro vizasiz safarlariga doir masalalarni tartibga soladi.

Bitimga muvofiq, Tomonlar davlatlari fuqarolari ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun har bir alohida boʻlish muddati 30 kundan oshmaydigan muddatda va har qanday 180 kunlik davr ichida jami 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatda viza talablaridan ozod qilinadi.

Vizasiz rejim mehnat faoliyati, oʻqish va media faoliyati bilan shugʻullanish, shuningdek, boshqa Tomon vakolatli organlarining oldindan roziligini talab qiladigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM