"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
#saxovat
#xayriya

💧ҚОРАЎЗАКЛИКЛАР ТОЗА ИЧИМЛИК СУВИГА ЭГА БЎЛДИ

✔️Қорақалпоғистон Республикасининг Қораўзак тумани пойтахтдан 1220 километр узоқликда жойлашган.
Ҳудуднинг энг чекка қишлоқларида бугун тоза ичимлик сувига эҳтиёж жуда катта.

✔️“Сув берган элда азиз” дейди доно халқимиз. “Ўзэлтехсаноат” уюшмасига аъзо “ECO COMPANY” корхонаси томонидан хайрли бир ташаббусга қўл урилди. Ушбу туманнинг Олжабай, Кыпшак, Нурумтубек, Костам, Умбет, Теристамгалы қишлоқлари жойлашган аҳолиси учун ичишга яроқсиз бўлган қудуқ сувини юқори сифатли тоза ичимлик сувига айлантириб берадиган сув тозалаш фильтрлари олиб келиб ўрнатилди.

✔️Хоразм вилоятининг Урганч шаҳрида жойлашган “ECO COMPANY” корхонаси томонидан бу каби хайрли ишлар биринчиси эмас ва охиргиси ҳам бўлмайди.

🙏“Қуралпа” овул фуқаролар йиғини аҳолиси кўрсатилган бундай саховатли ишлардан миннатдор.

👉Лавҳада батафсил жараёнлар билан танишинг!!!

https://youtu.be/H61uTDNfjC4
➡️ #xayriya_hashari

🟢 11-mart kuni xayriya hashari oʻtkaziladi.

➡️ Hukumat farmoyishiga asosan 11-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #xayriya_hashari

📣 "O'ZELTEXSANOAT" UYUSHMASIDA UMUMXALQ HASHARI UYUSHQOQLIK BILAN TASHKIL ETILDI

Asrlar osha shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bayramlar oldidan har bir mahalla, davlat va nodavlat tashkilotlarida xayriya hasharlarini o'tkazishdir.

Erta tongdan "O'zeltexsanoat" uyushmasi jamoasi ham uyushma va uning yon atrofidagi hududlarda "Obod va fayzli mahalla - yurt ko'rki" shiori ostida xayriya hashari tadbirini o'tkazdilar.

Xayriya hasharida uyushma xodimlari obodonlashtirish, ko‘kalamzlorlashtirish, tozalash ishlarini olib bordilar. Uyushma hududidagi yerlarni chopish, daraxtlarni oqlash va shakl berish, ariqlarni tozalash, hamda chiqindilarni belgilangan hududga olib chiqish tadbirlari hashar ishtirokchilari tomonidan ko'tarinkilik bilan bajarildi.

Yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi Navro'z bayrami arafasida uyushma xodimlari tomonidan o‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, uyushma hududi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltrildi.

🟢 HASHAR JARAYONIDAN FOTOSURATLAR

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xayriya #ijtimoiy_himoya

📹 Artel kompaniyasi AKFA Medline bilan hamkorlikda yuragida nuqsoni bor bolalarda bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazib kelmoqda.

👍 “Sen yashaysan” xayriya aksiyasi bu yil ham davom etmoqda.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #xayriya #Yashnobod #mahallabay

📣 Yashnobod tumanidagi ishsiz xotin-qizlarga xayriya yordami ko'rsatildi

"O'zeltexsanoat" uyushmasi tashabbusi bilan uyushmaga biriktirilgan Yashnobod tumanidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi, "Ayollar daftari"da ro'yxatda turgan xotin-qizlarga xayriya tariqasida mini-pech maishiy texnika vositasi tarqatildi.

Xayriya tadbirida uyushma raisining o'rinbosari Abror Boyev boshchiligidagi vakillarimiz, tumanda joylashgan "Bog'bon" va "TashIsti" mahallalari ma'sul xodimlari ishtirok etdilar.

Ushbu mini-pechlar orqali vaqtincha ishsiz xotin-qizlar savdobop shirinliklar tayyorlagan holda o'z oilalariga baholiqudrat moddiy yordam berish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Uyushma tomonidan bu kabi xayriya tadbirlari Yashnobod tumanidagi boshqa mahallalarda ham uzluksiz davom ettiriladi.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #xayriya #Yashnobod #mahallabay

📝 Yashnobod tumanidagi ishsiz xotin-qizlarga amaliy yordam ko'rsatildi

"O'zeltexsanoat" uyushmasi tashabbusi bilan uyushmaga biriktirilgan Yashnobod tumanidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi, "Ayollar daftari"da ro'yxatda turgan xotin-qizlarga xayriya tariqasida mini-pech maishiy texnika vositasi tarqatildi.

Jumladan, tumanda joylashgan "Mohirlar" va "Jarboshi" mahallalarida yashovchi xotin-qizlarga mini-pechlar sovg'a qilindi. Endi vaqtincha ishsiz xotin-qizlar savdobop shirinliklar tayyorlagan holda o'z oilalariga baholi qudrat moddiy yordam berish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Uyushma tomonidan bu kabi xayriya tadbirlari davom etmoqda.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM