"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Музокаралар якунида Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоған Стратегик ҳамкорлик кенгашининг биринчи йиғилиши натижалари тўғрисида қўшма баёнот имзоладилар.
Шунингдек, иқтисодиёт, савдо, технологиялар соҳасига оид ҳужжатлар имзоланди.
Оммавий ахборот воситалари вакиллари учун брифинг ўтказилди.

После переговоров Президенты Шавкат Мирзиёев и Реджеп Тайип Эрдоган подписали Совместное заявление об итогах первого заседания Совета стратегического сотрудничества.
Подписан также ряд документов по сотрудничеству в сферах торговли, экономики, технологий.
Состоялся брифинг для представителей средств массовой информации.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #Strategikkengash #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment
#turkiya

#NOCOMMENT| Туркиянинг Истанбул шаҳрида ташкил этилган "ISK - Sodex Istanbul 2021" – иситиш, вентиляция ва совутиш тизимлари халқаро кўргазмаси ниҳоясига етди. Унда "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси корхоналари ҳам анча фаол қатнашди. Натижалар ҳам ёмон бўлмаган. Бу ҳақида кейинроқ тўхталамиз.

Бизни кузатиб боринг!!!
@uzeltexsanoat'
#investitsiya
#turkiya
#eksport
#hamkorlik

🇺🇿🇹🇷ТУРК КОМПАНИЯЛАРИ БИЛАН МУЗОКАРАДАН ҚАНДАЙ НАТИЖАЛАР КУТИЛМОҚДА?

Батафсил👇👇👇
➡️ #xalqaro_hamkorlik #Turkiya

🟢 O'zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari o'rtasida biznes-forum tashkil etildi

Rivojlanib borayotgan yurtimiz elektrotexnika sanoatida yuqori o'sish sur'atlarini uzluksiz ta'minlash uchun xorijiy investitsiyalari jalb qilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu sababli, "O'zeltexsanoat" uyushmasi va "Ohangaron Tech Industrial" texnoparki hamkorligida o'zbek-turk ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi.

➡️ BATAFSIL

🇺🇿 O'zbekcha 🇷🇺 Русский 🇺🇸 English

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #xalqaro_hamkorlik #Turkiya

🟢 O'zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari o'rtasidagi biznes-forum tafsilotlari "Axborot-24" dasturining rus tilidagi sonida keng yoritildi.

https://t.me/mtrkuzofficial/152266

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #xalqaro_hamkorlik #Turkiya

🟢 O'zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari o'rtasidagi biznes-forum tafsilotlari "Axborot-24" dasturining o'zbek tilidagi sonida keng yoritildi.

https://t.me/mtrkuzofficial/152282

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#koʻrgazma #turkiya #ideal

📶"IDEAL ELEKTROLYUKS" TURKIYADAGI NUFUZLI KOʻRGAZMADA QATNASHMOQDA

🇹🇷Ayni kunlarda oʻz ishini boshlagan "Zuchex-2023" 33-uy-roʻzgʻor buyumlari, suvenirlar va maishiy texnika mahsulotlari xalqaro koʻrgazmasida "Oʻzeltexsanoat" uyushmasiga aʼzo "Ideal Elektrolyuks" korxonasi ham maishiy texnika mahsulotlari toʻplami bilan ishtirok etmoqda.

➡️Ko'rgazma birinchi marta 1997-yilda bo'lib o'tgan. O‘shandan buyon mehmonlar va xorijiy kompaniyalar vakillari uchun Turkiya ta’minot bozori bilan tanishish, shuningdek, savdo aloqalarini kengaytirish uchun imkoniyat maydoni hisoblanadi.

➡️"Zuchex" ko'rgazmasi mavzular koʻlami kengligi bo'yicha dunyodagi to'rtinchi yirik tadbirdir.

🌐Istanbuldagi "Zuchex" ko'rgazmasi eng muhim voqea bo'lib, unda 600 ga yaqin kompaniyalar 6500 dan ortiq mahsulotlar jamlanmasini oʻz ichiga oladi. Har yili koʻrgazmaga qariyb 32000 nafardan ortiq ishtirokchi tashrif buyuradi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #raqamlashtirish #turkiya

⚙️ISHLAB CHIQARISHNI RAQAMLASHTIRISH BO‘YICHA XALQARO HAMKORLIK

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, shu jumladan, davlat boshqaruvi, sanoat va ishlab chiqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ayni paytda yurtimizda «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasi keng tatbiq etilmoqda. Xususan, elektrotexnika sanoati tarmoqlarida ham bu jarayon boshlangan.

Bugun “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Turkiyaning “Mert Software Electronics” kompaniyasi bilan ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Boshqaruv raisi o‘rinbosari A.Boyev elektrotexnika sanoati korxonalarida boshqaruvni avtomatlashtirish, raqamlashtirishga bosqichma-bosqich o‘tish kabi masalalar bo‘yicha hamkorlarga ma'lumot berdi.

O‘z navbatida, “Mert Software Electronics” kompaniyasi vakili samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdi. Jumladan, kompaniya vakili raqamlashtirish jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar va ularning afzalligi haqida tushuntirish berdi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Turkiya #DAIICHI #Karel

🇹🇷 Turkiyaga tashrif: “DAIICHI Electronic” kompaniyasining yurtimizda avtomobillar uchun audio-radio qurilmalar ishlab chiqarish loyihasi taqdimoti o’tkazildi

➡️ Mamlakatimizda avtomobillar ishlab chiqarish, yangi quvvatlarni ishga tushirish hisobiga avtosanoat tarmog’ida elektrotexnika butlovchi qismlariga bo’lgan talab ortib bormoqda.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi ushbu yo’nalishda yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirish bo’yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o’tkazmoqda.

➡️ Ayni kunlarda, uyushma raisi o’rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi vakillarimiz, “Eltech Industrial” texnoparki davlat muassasasi direktori Ilhomxo’ja Nabiyev Turkiyada xizmat safarida bo’lib turibdilar.

➡️ Safar mobaynida Turkiyaning “DAIICHI Electronic” kompaniyasi va uning hamkori bo’lgan “Karel” kompaniyasiga tashrif uyushtirildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
➡️ #Turkiya #hamkorlik

⚡️ O’zbekistonga Turkiya kompaniyalarini jalb qilish bo’yicha muzokaralar olib borildi

➡️ Avval xabar berganimizdek, “O’zeltexsanoat” uyushmasi va “Eltech Industrial” texnoparki davlat muassasasi vakillaridan iborat rasmiylar ayni paytda Turkiya Respublikasida bo’lib turibdilar.

➡️ Kuni kecha, “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi o’rinbosari Jahongir Jamalov va “Eltech Industrial” texnoparki davlat muassasasi direktori Ilhomxo’ja Nabiyev boshchiligidagi mas’ullar Anqara Sanoat palatasi 1-sanoat zonasi raisi Niyazo Akdash bilan uchrashdilar.

➡️ Muzokaralarning asosiy mavzusi yurtimizda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, xususan, “Eltech Industrial” texnoparkiga Turkiya kompaniyalarni hamkorlikda jalb qilish bo’ldi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоғаннинг таклифига биноан 6 июнь куни расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана 6 июня посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Sarkuysan #Turkiya

⚡️ Turkiyaning “Sarkuysan” kompaniyasi bilan muzokara olib borildi

➡️ Davlatimiz rahbari joriy yil 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo’ladi. Ushbu tashrif oldidan O’zbekiston va Turkiya rasmiylari, ishbilarmon doira vakillari o’rtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda.

➡️ Bugun “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov va “Eltech Industrial” texnoparki davlat muassasasi direktori Ilhomxo’ja Nabiyev boshchiligidagi vakillarimiz Turkiyaning “Sarkuysan” kompaniyasi mutasaddilari bilan muzokara olib bordilar.

➡️ Uchrashuvda tomonlar o’zaro ma’lumot almashib, istiqbolli hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish bo’yicha o’z fikrlarini bildirdilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Turkiya #Invest_in_Uzbekistan

⚡️ Turkiyada "Invest in Uzbekistan" milliy mahsulotlar ko'rgazmasi ish boshladi

➡️ Davlatimiz rahbarining Turkiya Respublikasiga kutilayotgan rasmiy tashrifi oldida ushbu mamlakat poytaxti Anqara shahrida "Invest in Uzbekistan" milliy mahsulotlar ko'rgazmasi o'z ishini boshladi.

➡️ Ko'rgazmada yurtimizning boshqa sanoat sohalari qatori "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari ham o'z mahsulotlarini namoyish qilmoqdalar.

➡️ Ushbu tadbir doirasida turkiyalik ishbilarmonlar, rasmiy shaxslar va ko'rgazma ishtirokchilari bilan uchrashuvlar o'tkazilib. hamkorlik aloqalarini rivojlantirish muhokama qilinmoqda.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Turkiya #DAIICHI

🇹🇷 Turkiyaga tashrif: “DAIICHI Electronic” kompaniyasining yurtimizda avtomobillar uchun audio-radio qurilmalar ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi

➡️Bugun Turkiyaning Anqara shahrida boʻlib oʻtgan O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, "Oʻzeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov hamda Daiichi Electronics kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️Taʼkidlandiki, mamlakatimizda avtomobillar ishlab chiqarish, yangi quvvatlarni ishga tushirish hisobiga avtosanoat tarmog’ida elektrotexnika butlovchi qismlariga bo’lgan talab ortib bormoqda.

➡️“O’zeltexsanoat” uyushmasi ushbu yo’nalishda yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirish bo’yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o’tkazmoqda.

🇹🇷Bosh ofisi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan “DAIICHI Electronic” kompaniyasi dunyo avtomobilsozlik sanoatiga elektronika tizimlari yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyadir.

➡️2002-yilda tashkil etilgan kompaniya dunyoning yetakchi avtomobilsozlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilib keladi. Xususan, Ford, Volkswagen, Mitsubishi, Hyundai, Suzuki, Fiat va boshqalar shular jumlasidan.

➡️Kompaniya Android va Bluetooth kabi eng so‘nggi smartfon ulanishlarini qo‘llab-quvvatlaydigan avtomobil ko‘ngilochar tizimlari bo‘yicha ilg‘or yechimlari bilan mashhur.

➡️Uchrashuv davomida avtomobillar uchun elektron komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Turkiya #exhibition

⚡️ Turkiya hukumati a’zolari o’zbek elektrotexnika mahsulotlari bilan tanishdi

➡️ Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari joriy yil 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo’lib turibdi. Ushbu tashrif mobaynida ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig’ilishi bo’lib o’tishi belgilangan.

➡️ Tashrif doirasida ikki davlat rasmiy shaxslari, ishbilarmon doira vakillari o’rtasida hamkorlikni yangi bosqichga ko’tarish bo’yicha uchrashuv va muzokaralar bo’lib o’tmoqda.

➡️ “Invest in Uzbekistan” nomi ostida tashkil etilgan ko’rgazmada esa mamlakatmiz iqtisodiyoti, sanoati salohiyatini aks ettiruvchi mahsulotlar namoyish etilmoqda.

➡️ Yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan keng assortimentdagi mahsulotlar joylashgan stend ko’rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otmoqda.

➡️ Kuni kecha, Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi rasmiylar sanoatimizning boshqa sohalari qatori elektrotexnika sanoati stendi bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov yuqori martabali mehmonlarga mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika mahsulotlari, sohadagi ijobiy o’zgarishlar va o’zbek elektrotexnika sanoatining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Анқара шаҳрига расмий ташриф доирасида “Turkish Aerospace Industries Inc.” компанияси фаолияти билан танишди.

В рамках программы официального визита
в город Анкару Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью компании «Turkish Aerospace Industries Inc.».

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған раислигида Ўзбекистон-Туркия олий даражадаги Стратегик ҳамкорлик кенгашининг учинчи йиғилиши бўлиб ўтди.

Под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана состоялось третье заседание узбекско-турецкого Совета стратегического сотрудничества высшего уровня.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #Kengash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Turkiya #Sarkuysan

🇺🇿🇹🇷 Turkiyaning eng yirik misni qayta ishlovchi "Sarkuysan" kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

➡️ Mamlakatimiz elektrotexnika sanoat rivojida yirik xalqaro kompaniyalar, tashkilotlar va davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish "O'zeltexsanoat" uyushmasi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov va “Eltech Industrial” texnoparki davlat muassasasi direktori Ilhomxo’ja Nabiyev boshchiligidagi vakillarimiz ayni kunlarda Turkiya Respublikasida bo'lib turibdilar.

➡️ Mazkur tashrif mobaynida bir qator yetakchi kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borilishi, tajriba almashish rejalashtirilgan.

➡️ Xususan, kuni kecha uyushma raisi boshchiligidagi mutasaddilarimiz Turkiyaning "Sarkuysan" kompaniyasiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida, mutasaddilarimiz "Sarkuysan" kompaniyasining ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishib, o'zaro tajriba almashdilar.

➡️ Kompaniya direktorlar kengashi raisi Hayrettin Çayci bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi yurtimizda misni qayta ishlash, ushbu yo'nalishda hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

➡️ O'z navbatida, Hayrettin Çayci yurtimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi.

➡️ Uchrashuv yakunida, tomonlar O'zbekistonda misdan qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi qo'shma korxona tashkil etish bo'yicha dastlabki hisob-kitoblar ustida ishlovchi qo'shma ishchi guruh tuzishga kelishdilar.

🇹🇷1972-yilda tashkil etilgan “Sarkuysan” kompaniyasida bugungi kunda mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi. Kompaniya elektrolitik mis mahsulotlari, mis quvurlar, mis shinalar, emallangan mis simlar va boshqa shu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Kompaniyaning yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvati 220 ming tonnani tashkil etadi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM