"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
#memorandum
#hamkorlik
#yashil_energetika

🇷🇺🇺🇿РОССИЯЛИК КОМПАНИЯ БИЛАН “ЯШИЛ ЭНЕРГЕТИКА” ЙЎНАЛИШИДА МЕМОРАНДУМ ИМЗОЛАНДИ

‼️Маълумки, “Ўзэлтехсаноат” уюшмаси раиси ўринбосари Ж. Жамалов Россиянинг бир қатор компания вакиллари билан музокаралар олиб бормоқда. Хусусан, муқобил энергетикани ривожлантириш йўналишида ҳам қатор таклифлар ва келишувларга эришилмоқда.

✍️Жумладан, Россиянинг “ВИНДАРСЕВЕРСТАЛЬ” компанияси билан бўлиб ўтган музокара анча самарали ва манфаатли кечди. Юртимизда шамол электр станциялари учун устун миноралари ишлаб чиқаришни йўлга қўйиш бўйича ҳамкорлик МЕМОРАНДУМИ имзоланди.

🇷🇺Компаниянинг йиллик қуввати 145 та шамол минораларини ишлаб чиқаришга мўлжалланган. Ҳозирда бунга бутун дунёда талаб ортиб бормоқда.

👏🤝Ўзбекистон ҳам “Яшил энергетика”га қадам қўйган илғор давлатлар сирасига кириб бормоқда. Бу келишув икки томонлама инвестиция лойиҳаларини амалга ошириш учун дастлабки қадам ҳисобланади.

👉Бизни ижтимоий тармоқларда ҳам кузатиб боринг!!!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#memorandum

🇺🇿🇮🇳Ҳиндистон билан электротехника ишлаб чиқариш соҳасидаги ҳамкорлик кўлами кенгаймоқда

ДЕҲЛИ, 22 май. /
«Дунё» АА/. Аввал хабар берилганидек, жорий йилнинг 18 - 20 май кунлари Ҳиндистоннинг Деҳли шаҳрида бўлиб ўтган тўртинчи “Cable and Wire Fair 2022” халқаро кўргазмасида “Ўзэлтехсаноат” уюшмаси таркибига кирувчи 10 га яқин корхона ўз маҳсулотлари билан иштирок этди, деб хабар бермоқда “Дунё” АА мухбири.

Ушбу халқаро кўргазма доирасида “Ўзэлтехсаноат” уюшмаси ва Ҳиндистон электроника ва электротехника ишлаб чиқарувчилар уюшмаси (IEEMA) ўртасида Ҳамкорлик тўғрисидаги меморандум имзоланди.

👉БАТАФСИЛ
#hamkorlik
#memorandum

⚡️ҚУЁШ ПАНЕЛЛАРИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШГА БЎЛГАН ТАЛАБ БОРГАН САРИ ОШИБ БОРМОҚДА. БУНГА САБАБ НИМА?

‼️"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси республикада "яшил энергетика"ни ривожлантириш ва қайта тикланувчи энергия манбалари ишлаб чиқарувчилар тармоғини кенгайтириш бўйича кўпгина қўшма лойиҳаларни амалга оширмоқда.

📝Куни кеча Orient Group ва HIBI International Co. Ltd компанияси ўртасида қуёш панеллари ва инверторлар ишлаб чиқарувчи қўшма корхонани ташкил этиш бўйича англашув меморандуми имзоланди.

Хўш, бу борада "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси истиқболли лойиҳанинг амалга оширилишида қандай ёрдам беради?

👉БАТАФСИЛ ЎҚИШ УЧУН

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🔹 Facebook 🔺 Telegram 🔹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kadrlar_tayyorlash #hamkorlik #memorandum

🟢 Mis klasteri uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimi va loyihalar xususidagi videolavha

🟢 Kuni kecha "O'zeltexsanoat" uyushmasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ohangaron shahar kasb-hunar maktabi va "Ohangaron Tech Industrial" texnoparki o'rtasida mis klasteri uchun malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Ushbu jarayonga oid batafsil ma'lumotni quyidagi videolavha orqali olishingiz mumkin.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kadrlar_tayyorlash #hamkorlik #memorandum #OAV_biz_haqimizda

🟢 Ohangaron tumanida amalga oshirilayotgan "Mis klasteri" loyihasi doirasidagi ishlar, unda malakali kadrlar tayyorlash tizimi va loyihalar qiymati, jamoatchilik fikri xususidagi reportaj "Oʻzbekiston-24" kanalining "Axborot" dasturida keng yoritildi.

🟢 Ushbu jarayonga oid batafsil ma'lumotni quyidagi videolavha orqali olishingiz mumkin.

https://t.me/mtrkuzofficial/147661
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Janubiy_Koreya #hamkorlik #memorandum

📣 Janubiy Koreya kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

"O'zeltexsanoat" uyushmasi va Janubiy Koreyaning "Jeollanam-Do" provinsiyasi, "Jeonnam Texnoparki", Energiya sanoatini rivojlantirish instituti, Jeonnam energetika sanoati mahsulotlarini eksport qiluvchilar uyushmasi o'rtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalarini ishlab chiqarishda hamkorlik qilish bo'yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

➡️ BATAFSIL

🗯 Matn shaklida o'qish

📹 Video shaklida ko'rish

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #hamkorlik #memorandum #Ozarbayjon

🟢 Ozarbayjon bilan elektrotexnika sohasida salmoqli hamkorlik shartnomalari imzolandi

➡️ Davlatimiz rahbarining Ozarbayjon Respublikasiga 22-23-avgust kunlari tashkil etilgan davlat tashrifi doirasida bir qancha sohalar qatori elektrotexnika sanoati yo'nalishida ham hamkorlik memorandumlari imzolandi.

➡️ Xususan, "Akfa" kompaniyasi isitish radiatorlarini ishlab chiqarish loyihasini ($ 10 mln dollar), "Artel" kompaniyasi esa isitish maishiy texnika jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini ($ 20 mln dollar) Ozarbayjon Respublikasida ishga tushirishi bo'yicha ahdlashuv memorandumlari imzolandi.

➡️ Memorandumlarni imzolash marosimida, "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov, Ozarbayjon Respublikasi eksport va investitsiyalarni rag'batlantirish agentligi ijrochi direktori Yusif Abdullayev, "Akfa" va "Artel" kompaniyalari mutasaddilari ishtirok etdilar.

➡️ Ozarbayjonda yurtimiz elektrotexnika korxonalari tomonidan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirilishi nafaqat ushbu davlatga, balki Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq va Yevropa mintaqalariga mahsulotlar eksport qilishda qulay joylashuv muhitini yaratadi.

➡️ Bu esa o'z navbatida yurtimiz elektrotexnika mahsulotlarini ham Ozarbayjon bozori, ham jahon bozorida o'z o'rnini topishi, xaridorgir bo'lishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇺🇸 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #OAV #Ozarbayjon #memorandum

🟢 Ozarbayjon bilan hamkorlik kelishuvlari tafsiloti "O'zbekiston 24" telekanalida keng yoritildi

➡️ Davlatimiz rahbarining Ozarbayjon Respublikasiga 22-23-avgust kunlari tashkil etilgan davlat tashrifi doirasida bir qancha sohalar qatori elektrotexnika sanoati yo'nalishida ham hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

➡️ Xususan, "Akfa" kompaniyasi isitish radiatorlarini ishlab chiqarish loyihasini ($ 10 mln dollar), "Artel" kompaniyasi esa isitish maishiy texnika jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini ($ 20 mln dollar) Ozarbayjon Respublikasida ishga tushirishi bo'yicha ahdlashuv memorandumlari imzolandi.

➡️ Ushbu kelishuvlar tafsilotlariga oid ma'lumotlar "O'zbekiston 24" telekanalida keng yoritildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Malayziya #memorandum

⚡️ Malayziya ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi (FMM) bilan anglashuv memorandumi imzolandi

➡️ Kuni kecha Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Malayziya ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi (FMM) vitse-prezidenti Goh Bun Kim bilan anglashuv memorandumini imzoladi.

➡️ Memorandumga ko'ra, tomonlar yarimo‘tkazgichlar tarmog‘ini rivojlantirish, ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, elektrotexnika sohasidagi boshqa loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar ishlab chiqishga kelishib oldilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Aluminas #memorandum

⚡️ NOCOMMENT

➡️ E'tiboringizga "O'zeltexsanoat" uyushmasi va Rossiya alyuminiy assotsiatsiyasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumini imzolash jarayonlariga oid videokontentni taqdim etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Olmaota #hamkorlik #memorandum

✍️UYUSHMA BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

➡️ Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan "HOMETECH&ELECTRA-2024" xalqaro koʻrgazma doirasida faol hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi “World Silk Way” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

➡️Unga koʻra, endilikda ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasida onlayn B2B uchrashuvlar oʻtkazish, hamkorlikda biznes-missiya, savdo koʻrgazmalari tashkil etish imkoniyati yaratiladi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Jezetek #memorandum

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Xitoyning “Jezetek” kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

➡️ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha qator muzokaralar, uchrashuvlar va biznes forum o‘tkazildi.

➡️ Ushbu delegatsiya tarkibida ishtirok etgan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov hamda Xitoyning “Jezetek” (Sichuan Jiuzhou Investment Holding Group Co., Ltd) kompaniyasi boshqaruv raisi Yang Baoping o‘rtasida o‘tgan muzokaralar natijasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

➡️ Mazkur memorandum elektrotexnika sohasida strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

➡️ Xususan, hujjatga muvofiq, tomonlar o‘z salohiyatini birlashtirgan holda, elektrotexnika mahsulotlari va yuqori kuchlanishli kabel ishlab chiqarish bo‘yicha zavod tashkil etish, ilg‘or texnologiyalar asosida LED uskunalari, Wi-Fi routerlar va raqamli qurilmalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalarida hamkorlik qiladi.

BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #KEIC #memorandum

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Koreya elektrotexnika sanoati kooperativi o‘rtasida anglashuv memorandum imzolandi

➡️ Joriy yilning 5-may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga Koreya Respublikasining Koreya elektrotexnika sanoati kooperativi (KEIC) raisi Chon Myong Xva boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan keldi.

➡️ Mazkur delegatsiya tarkibida "Hapdong Electronics IND", "Shinwon Electronics", "Chang Hung Telecom", "Ora System", "DH Media Tech", "Soldia" kabi kompaniyalar mutasaddilari ham tashrifda ishtirok etdilar.

➡️ Uchrashuv davomida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov va uyushma raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov xorijiy mehmonlar bilan muzokaralar olib bordilar. Tomonlar o‘z tashkilotlari faoliyati va vazifalari haqida batafsil ma’lumot almashdi.

➡️ Uyushma raisi Mirziyod Yunusov mehmonlarga yurtimiz elektrotexnika sanoatining hozirgi holati, Koreya bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari, yangi investitsion loyihalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

➡️ Tomonlar muzokara davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha taklif va g‘oyalar almashishdi:

• yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish;

• elektrotexnika sohasidagi xodimlar malakasini Koreyada oshirish;

• ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish va o‘zaro tajriba almashish.


➡️ Tashrif yakunida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda KEIC o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Har ikki tomon ham hamkorlikdan manfaatdor ekanini, muzokaralar davomida muhim kelishuvlarga erishilganini alohida qayd etdi.

BATAFSIL»

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM