"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Термиз шаҳрида Сурхондарё вилояти фаолларининг йиғилиши бўлиб ўтди.
Президент Шавкат Мирзиёев вилоятни комплекс ривожлантириш, “маҳаллабай” тизимда аҳоли ҳаётини яхшилаш бўйича устувор вазифаларни кўрсатиб ўтди.
Сурхондарё вилоятида 2021-2022 йилларда умумий қиймати 16 триллион 900 миллиард сўм бўлган 1 минг 177 та ҳудудий инвестиция лойиҳалари амалга оширилиши қайд этилди. Уларнинг натижасида 25 мингта янги иш ўрни ташкил этиш мўлжалланган.

В городе Термезе состоялось совещание с участием актива Сурхандарьинской области.
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев обозначил приоритеты комплексного развития региона, улучшения жизни населения по системе "махаллабай".
Отмечалось, что в 2021-2022 годах в Сурхандарьинской области будут реализованы 1 177 инвестиционных проектов на сумму 16 триллионов 900 миллиардов сумов. В результате планируется создать 25 тысяч новых рабочих мест.

#Mirziyoyev #yigilish #Surxondaryo #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
➡️ #Surxondaryo #loyihalar

🟢 Surxondaryodagi yangi loyihalar holati o'rganilmoqda

➡️ Mamlakatimiz elektrotexnika sanoatining iqtisodiyotimizdagi ulushini ko'paytirish, yangi ish o'rinlari tashkil etish har tomonlama yangi loyihalarni amaliyotga joriy etishga bog'liq.

➡️ Bunda "O'zeltexsanoat" uyushmasi tomonidan yangi investitsiyalarni jalb etish hisobiga respublikamiz bo'ylab yangidan-yangi loyihalarning amalga oshirilishi jarayonlari o'rganiladi. Shuningdek ushbu loyihalarni amalga oshirishda vakolat doirasidagi amaliy va huquqiy yordamlar ko'rsatiladi.

➡️ Uyushma raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi ishchi guruhi ayni damda Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalarning holatini o'rganmoqda.

➡️ Ishchi guruhi tashrif davomida "Smart Communication" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan "Tayyor elektrotexnika mahsulotlari logistika markazi va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Loyihaning boshlang'ich ishlab chiqarish davrlarida oshxona dudbo'ronlari ishlab chiqarilishi ko'zda tutilgan.

➡️ Sariosiyo tumanida amalga oshirilayotgan, qiymati 122 mlrd so'm ($10 mln dollar) bo'lgan loyiha amalga oshirilishi orqali 93.5 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi.

➡️ Shu bilan birga 200 ta yangi ish o'rinlari yaratilib, byudjet 4.2 mlrd so'mlik qo'shimcha soliq tushumi bilan ta'minlanadi.

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудларда электротехника, кимё ва фармацевтика тармоқларини ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам развития электротехнической, химической и фармацевтической отраслей в регионах.

#Mirziyoyev #yigilish #sanoat #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Mirziyoyev #yigilish #sanoat #loyihalar

Жорий йилнинг ўзида электротехника саноатида 163 миллион долларлик 39 та лойиҳа ишга тушди


Бу ҳақида бугун Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудларда электротехника, кимё ва фармацевтика тармоқларини ривожлантириш масалалари бўйича йиғилишида маълум қилди.

Шунингдек, Президент тармоқ ва ҳудудлар биргаликда ишлаб, электротехникада 2,1 миллиард долларлик 190 та, кимё саноатида 3,8 миллиард долларлик 139 та, фармацевтикада 1,5 миллиард долларлик 110 та ўрта ва кичик лойиҳаларни шакллантирганлигини, эндиликда уларнинг қуввати, яратилажак маҳсулотлар тури ва иш ўрнига эътибор қаратиб, лойиҳаларни жадаллаштириш ва самарадорлигини ошириш бўйича масъулларга алоҳида кўрсатмалар берди.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Toshkent_shahri #loyihalar

🟢 Toshkent shahrida 2024-yilda 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari respublikamiz bo’ylab amalga oshirilayotgan yangi investitsion loyihalarni o’rganish maqsadida hududlarga xizmat safarlari uyushtirmoqdalar.

➡️ Uyushma mas’ul xodimlari S.Boyev va O.Mirzayevlardan iborat ishchi guruh Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining holatini o’rgandilar.

➡️ Ishchi guruh xizmat safari mobaynida bir qator loyihalar doirasidagi qurilish va jihozlash ishlari bilan tanishdilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Mis_klasteri #loyihalar

🟢 “Mis klasteri”: Yangi loyihalar tashabbuskorlari bilan ochiq muloqot

➡️ Kuni kecha “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Jahongir Jamalov ishtirokida “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki hududida yangi loyihalarni amalga oshirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

➡️ Ta’kidlandiki, bugungi kunda “Ohangaron Tech Industrial” texnoparkida umumiy qiymati $ 191 mln dollarlik 10 ta loyihani amalga oshirish ishlari davom etmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda, mis xomashyosidan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish istagida bo‘lgan tadbirkorlar soni tobora ortmoqda va ular tomonidan yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar olinmoqda.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham tadbirkorlar tomonidan taklif qilingan elektr uzatish liniyalari uchun metall konstruktsiya, maishiy texnikalar, stabilizatorlar, elektromobillar uchun quvvatlash uskunalari, yuqori va past voltaj elektr uskunalari hamda yangi avlod transformatorlarini ishlab chiqarish loyihalari muhokama qilindi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #loyihalar #Toshkent #Ohangaron

⚡️OHANGARONDA 3 TA YANGI LOYIHA AMALGA OSHIRAYOTGAN KORXONA FAOLIYATI O’RGANILDI


➡️ Ayni paytda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov boshchiligidagi Ishchi guruhi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi elektrotexnika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish jarayoni va 2024-yilda ishga tushadigan yangi loyihalarning mavjud holati yuzasidan oʻrganishlar olib bormoqda.

➡️ Navbatdagi tashrif manzili "NURA-HIGH-TECHNOLOGIES" MChJ korxonasi faoliyatini o’rganishdan boshlandi. Bu yerda bugungi kunda kuchlanishi 6/10 kV, quvvati 63 dan 630 kVA gacha bo’lgan Kiosk tipidagi komplektli transformator podstansiyasi, NURA Electric brendi ostida mustahkam va zamonaviy metall qutilar, K-59 seriyali komplekt elektr taqsimlash qurilmalari ishlab chiqarilmoqda.

➡️Davlatimiz rahbarining elektrotexnika sanoati ishlab chiqaruvchilarini qo’llab-quvvatlashga qaratailgan imkoniyatlaridan foydalangan holda korxona ishlab chiqarishni kengaytirib, Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Eltech Industrial” texnoparki hududida past va yuqori kuchlanishli yangi avlod transformatorlari (qiymati 30 mln doll), elektr uzatish liniyalari uchun metal konstruksiyalar ishlab chiqarish (qiymati 15 mln doll), elektr boshqaruv shkaflari (qiymati 5 mln doll) loyihasini amalga oshirmoqda. Buning uchun korxonaga Texnopark hududidan 5 gektar maydondan yer ajratib berilgan.

➡️Uyushma raisi M.Yunusov mavjud ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishar ekan, korxonaning yillik quvvatlarini bir necha barobarga oshirish asnosida ko‘proq mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli o‘rinbosar va boshqarmalarga ko‘rsatmalar berdi.

➡️Shuningdek, Ishchi guruhi Ohangaron hududida amalga oshirilayotgan loyihaning qurilish ishlarini tezroq yakuniga yetqazib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tadbirkorga bu borada amaliy yordam ko‘rsatilishini maʼlum qildi.

‼️Eslatib o'tamiz, joriy yil may oyida Ohangaron tumanidagi ushbu loyihalarga start berilgan edi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Navoiy #loyihalar

⚡️Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan yangi loyihalarning holati o'rganildi

➡️ Bir necha kun avval davlatimiz rahbari tomonidan elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish, eksport va investitsiya oqimini oshirish bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazilgan edi.

➡️ Ushbu yig'ilishda elektrotexnika sanoati iqtisodiyotimizning drayver tarmoqlaridan biriga aylanayotganligi aytib o'tildi. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari bugungi natijalar bilan cheklanib qolmaslik, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish bo'yicha mas'ullarga bir qator vazifalar berdilar.

➡️ Sohada ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo'yicha har bir hududda amalga oshirilayotgan yangi loyihalarning o'rni beqiyos. Navoiy viloyatida ham bugungi kunda 10 ga yaqin yangi loyihalarning qurilish, ishga tushirilish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ul xodimlari mazkur loyihalarning borishini o'rganish maqsadida viloyatda xizmat safarida bo'ldilar.

➡️ Bugungi kunda Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalarning aksariyati quyidagilar:

💬 Navoiy shahrida - "Navpromlitmash" korxonasi tomonidan har xil turdagi filtr ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilish;

💬 "Navoiy Elektroremont" korxonasi tomonidan yuqori kuchlanishli elektrodvigatellar ishlab chiqarish;

💬 Karmana tumanida - "Davud Karmana" korxonasi tomonidan har xil turdagi sovutgichlar, muzlatgichlar va uskunalar ishlab chiqarish;

💬 "UzEraeCable" korxonasi tomonidan dvigatel simlarini ishlab chiqarish;

💬 "Ihlas Elektrik" korxonasi tomonidan kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqarish;

💬 "Ihlas Elektrik" korxonasi tomonidan polipropilen va polietilendan quvur va fitinglar ishlab chiqarish.

➡️ Ushbu loyihalarning umumiy qiymati $ 20 mln dollarni, yaratiladigan yangi ish o'rinlari soni esa 225 tani tashkil etadi.

➡️ Uyushma mas'ullari ushbu loyihalarni o'rganish mobaynida korxonalar mutasaddilari bilan muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni o'rgandilar. Shuningdek, ushbu muammolarga birgalikda yechim topish borasida fikrlar almashildi.

➡️ Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan joriy yil 5-sentyabr kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida bayon etilgan yangiliklar haqida ma'lumotlar berildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Surxondaryo #loyihalar

⚡️ Hokim ishtirokida Surxondaryo viloyatidagi elektrotexnika sanoati loyihalari muhokama qilindi

➡️ Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov viloyatdagi investitsion loyihalarning amalga oshirilish jarayonlarini o'rgandi.

➡️ Boshqa tarmoqlar qatori elektrotexnika yo'nalishida viloyatda amalga oshirilayotgan loyihalar holati, ularni sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish bo'yicha muhokamalar bo'lib o'tdi.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ul xodimlari E.Fayziyev va F.Abdiraimovlar viloyat hokimligi rahbariyati vakillari va tadbirkorlar ishtirok etgan yig'lishda ushbu loyihalar haqida atroflicha ma'lumotlar berib o'tdilar.

➡️ Mazkur loyihalarni amalga oshirishda, rivojlantirishda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatish bo'yicha viloyat hokimi tomonidan mas'ul shaxslarga vazifalar yuklatildi.

➡️ Uyushma xodimlari respublikamizning barcha hududlarida soha korxonalarini qo'llab-quvvatlash, mavjud loyihalarning sifatli realizatsiyasini ta'minlash bo'yicha ishlarni davom ettiradilar.

➡️ Eslatib o‘tamiz, 5-sentyabr kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda jami qiymati $500 mln dollarga yaqin 85 ta loyihalarni ishga tushirish belgilangan edi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #infografika #loyihalar

⚡️ Hududlarda $ 515,5 mln dollarlik 85 ta loyiha amalga oshirildi

➡️ Mamlakatimiz elektrotexnika sanoati rivojida hududlarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar muhim ahamiyatga ega.

➡️ 2024-yil mobaynida republikamizning barcha hududlarida umumiy qiymati $ 515,5 mln dollarga teng 85 ta loyiha amalga oshirildi.

➡️ Buning natijasida 6108 ta yangi ish o'rinlari yaratilib, hududlar infratuzilmasi yaxshilandi.

➡️ Yakunlangan 2024-yilda hududlarda amalga oshirilgan loyihalar bo'yicha 2023-yilga ($ 191,5 mln doll.) nisbatan 2.7 barobar o'sish ko'rsatkichiga erishildi.

➡️ Mazkur loyihalar doirasida zamonaviy sim-kartalar, lazerda kesish uskunalari, mis shinalari, quyosh panellari uchun kabellar, turbokompressorlar, elektron o'lchov jihozlari, litiy-ionli batareyalar va boshqa ko'plab turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatlari yo'lga qo'yildi.

📝Fb 📝 Tg 💻In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Andijon #loyihalar

⚡️ Radiator va avtomobillar uchun multimedia tizimlari ishlab chiqarish loyihalari holati o’rganildi

➡️ Joriy yilning 5-fevral kuni “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi o’rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatida xizmat safarida bo’ldi.

➡️ Mazkur tashrif doirasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar holati atroflicha o’rganildi.

➡️ Xususan, Ishchi guruh a’zolari Andijon tumanidagi “Nektar Agro” korxonasida bo’lib, umumiy qiymati $ 27 mln dollarlik loyihani ko’zdan kechirdilar.

➡️ Loyiha doirasida korxonada radiatorlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.

➡️ Bunda ishlab chiqarish uchun korxona tomonidan asosiy texnologik uskunalar o’rnatilgan bo’lib, yuzlab yangi ishchi o’rinlari tashkil etilishi belgilangan.

➡️ Asaka tumanida joylashgan “ADM Electrics” korxonasi Ishchi guruhning navbatdagi manzili bo’ldi.

➡️ Korxona tomonidan umumiy qiymati $ 2 mln dollarlik antenna, signal hamda BL7 turidagi elektr o’tkazgich simlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

➡️ Shu bilan birga korxona tomonidan sinov tariqasida avtomobillar uchun multimedia tizimlari ishlab chiqarilishi boshlangan.

➡️ Ushbu jarayonlar Ishchi guruh a’zolari tomonidan chuqur o’rganilib, korxonalar mutasaddilari bilan muhokamalar o’tkazildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Namangan #loyihalar

⚡️ Namangandagi investitsiya loyihalarining holati o'rganildi

➡️ Joriy yilning 18-fevral kuni "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o'rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida xizmat safarida bo'ldi.

➡️ Mazkur tashrif doirasida Namangan viloyatidagi amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari holati atroflicha o'rganildi.

➡️ Xususan, Ishchi guruh a'zolari Davlatobod tumanidagi "Interior Mega Max" korxonasida bo'lib, umumiy qiymati $ 10 mln dollarlik loyihani ko'zdan kechirdilar.

➡️ Loyiha doirasida korxonada avtomobil yoritish chiroqlari ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmoqda.

➡️ Bunda ishlab chiqarish uchun korxona tomonidan asosiy texnologik uskunalar o'rnatilgan bo'lib, yangi o'nlab ishchi o'rinlari tashkil etilishi belgilangan.

➡️ To'raqo'rg'on tumanida joylashgan "Plasterboard" korxonasi Ishchi guruhning navbatdagi manzili bo'ldi.

➡️ Korxona tomonidan umumiy qiymati $ 3 mln dollarlik elektr choynak ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

➡️ Ushbu jarayonlar Ishchi guruh a'zolari tomonidan chuqur o'rganilib, korxonalar mutasaddilari bilan muhokamalar o'tkazildi.

➡️ Bunda uyushma tomonidan loyihalarni amalga oshirishda vakolat doirasidagi ko'maklar ko'rsatilishi ta'kidlandi.

➡️ Shuningdek, korxonalarga sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar xususida batafsil ma'lumotlar berildi.

➡️ Uyushma mas'ullari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar holatini o'rganish ishlari davom ettiriladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM