#eksport #subsidiya #kompensatsiya
📝 EKSPORT QILISHDA SUBSIDIYA BERILADIGAN MAHSULOTLAR RO‘YXATIGA QO‘SHIMCHALAR KIRITILDI
✍️ Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2023 yil 18 apreldagi 25-son bayoni bilan Eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun subsidiyalar taqdim etiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritildi.
🌐📝 Unga ko‘ra, avtotransport va temir yo‘l transportida, jumladan, qo‘shni davlatlarga eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (transport xarajatlarisiz) avtomobil transportida 15 foizidan, temir yo‘l transportida 20 foizidan yuqori bo‘lmagan qismi kompensatsiya qilib beriladigan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlari ro‘yxatiga infraqizil isitish panellari va radiatorlar, quyosh fotoelektrik panellari, suv nasoslari va qismlari, sanoat konditsionerlari kiritildi.
📝 Facebook 📝 Telegram 💻 Instagram 🎞 Youtube
🌐
Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Quyosh paneli o'rnatganlarga kompensatsiya to'lanadi