"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#biznes_forum
#germaniya

#NOCOMMENT| Ўзбекистон-Германия бизнес-форуми бошланиш арафасида.

Тадбирнинг очилиш қисмида Ўзбекистон Республикаси Бош вазири А.Арипов иштирок этади.

Шунингдек, кун тартибида электротехника саноатининг истиқболларига бағишлаб тақдимот ҳам бўлиб ўтади.

Бизни кузатиб боринг!!!
@uzeltexsanoat
#biznes_forum
#germaniya

#NOCOMMENT| Ўзбекистон-Германия бизнес-форумида тармоқлар кесимида панел учрашувлар ва тақдимотлар бўлиб ўтди.

Жумладан, "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси раиси М.Юнусов ҳам маъруза билан чиқиш қилиб, Ўзбекистон ва Германия компаниялари билан амалга оширилаётган қўшма лойиҳалар, мисни чуқур кайта ишлашдаги имкониятлар, истиқболдаги янги режалар ва ҳамкорлик муносабатлари тўғрисида тақдимот қилди. Хусусан, ташкил этилаётган Мис саноати кластерига германиялик инвесторлар билан ҳамкорлик ўрнатиш таклифлари илгари сурилди.

Батафсил👇👇👇

https://youtu.be/y2KwTw3dmcM
➡️ #xalqaro_hamkorlik #Germaniya

Hamkorlikning yangi ufqlari - "Germaniyaning xorijdagi savdo palatalari" (AHKs) tashkiloti

Yurtimiz elektrotexnika sanoati rivojida xorijiy davlatlar, kompaniya va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish muhim o'rin egallaydi. Shu maqsadda, uyushma ma'sul xodimlari yangidan-yangi xalqaro hamkorlik aloqalari o'tkazish uchun doimiy harakatdalar.

Kuni kecha, "O'zeltexsanoat" uyushmasi vakillari "Germaniyaning xorijdagi savdo palatalari" (AHKs) tashkilotining Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha bosh direktori Atabek Alimjanov bilan uchrashuv o'tkazdilar.

Uchrashuv mobaynida, ishtirokchilar Germaniya-O'zbekiston elektrotexnika sanoatidagi hamkorlik masalalari, aloqalarning yangi istiqbollari xususida muloqot olib bordilar. Bundan tashqari, Germaniyaning soha kompaniyalarini hamkorlikda ishlashga jalb qilishda ko'maklashish bo'yicha ham fikr almashildi.

"Germaniyaning xorijdagi savdo palatalari (AHKs)" tashkiloti
butun dunyo bo'ylab o'z xorijiy biznesini yo'lga qo'ymoqchi yoki kengaytirmoqchi bo'lgan nemis kompaniyalariga maslahat beradigan, qo'llab-quvvatlaydigan va vakillik qiladigan tashkilot hisoblanadi. Tashkilotning asosiy vazifasi Germaniya tashqi savdosini rivojlantirishdir. Hozirda, tashkilotga 46 mingdan ortiq nemis kompaniyalari a'zo va uning 92 ta davlatda 150 ga yaqin vakolatxonalari mavjud.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Germaniya #elektrotexnika_sanoati

📣 GERMANIYA ELEKTROTEXNIKA SANOATIGA OID QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

Turli davlatlarning iqtisodiyoti, ayniqsa elektrotexnika sanoatiga oid qiziqarli ma'lumotlarni video shaklida taqdim qilishda davom etamiz.

Ushbu sondagi materialda siz Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti va elektrotexnika sohasiga oid eng muhim quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lasiz:

⚙️ Germaniya iqtisodiy ko'rsatkichlari

⚙️ Iqtisodiyotdagi drayver sohalar

⚙️ Elektrotexnika sanoati ko'rsatkichlari

⚙️ Xalqaro savdoda tutgan muhim o'rni va boshqalar

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #xalqaro_hamkorlik #Germaniya

📣 "O'ZELTEXSANOAT" UYUSHMASI RAISI VA "MANGOLD CONSULTING" KOMPANIYASI RAHBARI O'RTASIDA UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.

Ayni vaqtda, "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi boshchiligidagi vakillarimiz Germaniyada, ushbu mamlakat ishbilarmon doira vakillari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish maqsadida muzokaralar olib bormoqdalar.

Bugun uyushma raisi Mirziyod Yunusov Germaniyaning "Mangold Consulting" kompaniyasi rahbari Klaus Mangold bilan Gamburg shahrida muzokaralar olib bordi. Muzokaralarda quyidagi masalalar muhokama qilindi va natijalarga erishildi:

🟢 Emal qoplamali kabel simlarni Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berish masalasida muzokara olib borildi;

🟢 Germaniyaning yirik korxonalariga mis sanoatida qo'shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali yetkazib berish bo'yicha dastur ishlab chiqishga kelishib olindi;

🟢 Mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz xorijiy kompaniyalar bilan to'g'ridan-to'g'ri kelishuvlarga erishdilar.

➡️ BATAFSIL»

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #xalqaro_hamkorlik #Germaniya

📣 YANGI EKSPORT KELISHUVLARI YUZASIDAN ONLAYN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

Germaniyaning "HEINE+Beiswenger" kompaniyasi va "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "Mega Eelektro Kabel" korxonasi o'rtasida videokonferens aloqa tarzidagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda "O'zeltexsanoat" uyushmasi mutasaddilari va ikki kompaniyaning vakillari ishtirok etdilar. Muloqotda "HEINE+Beiswenger" kompaniyasining emallangan kabel-sim mahsulotlariga bo'lgan talabini "Mega Elektro Kabel" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish orqali qondirish masalalari muhokama qilindi.

"Mega Elektro Kabel" korxonasi rahbari Rahmatilla Saidov korxona bu turdagi mahsulotni yetarli miqdorda yetkazib berish quvvatiga egaligi, uning sifati va hamyonbopligi yuqori darajada ekanligini ta'kidladilar.

"HEINE+Beiswenger" kompaniyasi nomidan qatnashgan janob Jurij Wallbauer Germaniyada bugun emallangan kabel-sim mahsulotlariga bo'lgan talab yuqori ekanligini ma'lum qildi.

Muzokaralar davomida, mahalliy korxonamiz faoliyati va mahsulotlariga oid ma'lumotlarni o'zida jamlagan taqdimot, katalog nemis kompaniyasiga yuborilishi belgilandi.

Muloqot yakunida tomonlar keyingi uchrashuvda na'munaviy sinov buyurtmasini jo'natish masalalari muhokamasi bo'lishiga kelishdilar.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
📝 Facebook 📝 Telegram 💻 Instagram 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👉 #xalqaro_hamkorlik #Germaniya

📣 GERMANIYANING "MAICOM QUARZ" KOMPANIYASI PREZIDENTI TEXNOPARKKA TASHRIF BUYURDI

Germaniyaning “Maicom Quarz” kompaniyasi prezidenti Herman Marsch “O’zeltexsanoat” uyushmasi ma’sullari hamroxligida “Texnopark” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

➡️ BATAFSIL MATN SHAKLIDA»

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
📝 Facebook 📝 Telegram 💻 Instagram 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Germaniya #elektrotexnika_sanoati

📣 GERMANIYA ELEKTROTEXNIKA SANOATIGA OID QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

Turli davlatlarning iqtisodiyoti, ayniqsa elektrotexnika sanoatiga oid qiziqarli ma'lumotlarni video va infografika shaklida e'tiboringizga havola etamiz.

Ushbu media materiallar orqali siz Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti va elektrotexnika sohasiga oid eng muhim quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lasiz:

⚙️ Germaniya iqtisodiy ko'rsatkichlari

⚙️ Iqtisodiyotdagi drayver sohalar

⚙️ Elektrotexnika sanoati ko'rsatkichlari

⚙️ Xalqaro savdoda tutgan muhim o'rni va boshqalar

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #xalqaro_hamkorlik #Germaniya #biznes_forum

📣 Germaniya va O'zbekiston elektrotexnika korxonlari o'rtasida € 113.3 mln yevroga teng 9 ta hamkorlik kelishuvlari imzolandi

Bugun Oʼzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniyaga tashrifi arafasida Berlin shahrida Oʻzbekiston-Germaniya biznes-forumi boʼlib oʼtdi. Unda ikki mamlakat 250 dan ortiq yirik kompaniyalari, banklari, davlat idoralari va sanoat birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Iqtisodiyotimizning boshqa sohalari qatori "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi boshchiligidagi mutasaddilarimiz germaniyalik hamkorlar bilan yangi 113.3 mln yevroga teng 9 ta kelishuv va hamkorlik shartnomalarini imzoladilar.

Ushbu kelishuvlarning 7 tasi investitsiyaviy, 2 tasi eksport xarakteriga ega. Bunda, 35 mln yevrolik mahsulotlar Germaniyaga eksport qilinadi, 78.3 mln yevrolik investitsiya loyihalari hamkorlikda amalga oshiriladi.

Ushbu kelishuvlarga ko'ra, uyushmaga a'zo "O'zelektroapparat-Elektroshit", "Texnopark", "Gierus", "Next Generation Product", "Vades Group", "Uzkabel, "United Cable-Co", "Procab", "Akfa engineering and management" korxonalari va Germaniyaning "Siemens AG", "Diehl Metering", TEC-Components", "Gierus", "Enertech", "Viessmann Werke", "Infineon Technologies", "Niehoff", "Leoni", "Garden Dreams International", RBB aluminium Vertrip", "Benkam Europe" kompaniyalari hamkorlik qiladilar.

2023-2026-yillar oralig'ida realizatsiyasi amalga oshiriladigan ushbu hamkorlik loyihalari rivojlanib borayotgan mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun yangi kuch va energiya sifatida xizmat qiladi. Texnologiyalar sohasida nafaqat Yevropada balki butun dunyoda yetakchi davlatlardan biri bo'lgan Germaniya bilan sohadagi hamkorlik, yurtimiz elektrotexnika sanoati rivojida ulkan ahamiyat kasb etadi.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #xalqaro_hamkorlik #Germaniya

📣 Germaniyaning "Mangold Consulting" kompaniyasi rahbari va "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

"O'zeltexsanoat" uyushmasi boshqaruv raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi vakillarimiz ayni vaqtda mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida Germaniya Federativ Respublikasida bo'lib turibdi.

Kuni kecha bo'lib o'tgan biznes-forum doirasida erishilgan yangi hamkorlik kelishuvlarini imzolash marosimidan so'ng, uyushma raisi Germaniyaning "Mangold Consulting" kompaniyasi raisi Klaus Mangold bilan uchrashdi.

Uchrashuvda hamkorlik qilishning quyidagi yo'nalishlari muhokama qilindi:

➡️ O'zbek kompaniyalarini Yevropa hamda Germaniyadagi yetakchi kompaniyalarning ta'minot zanjiriga qo'shilishi;

➡️ Ohangaronda Mis klasterini rivojlantirishda Germaniya kompaniyalarini hamkorlikka jalb etish;

➡️ Germaniya-O'zbekiston elektrotexnika sanoatlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiquvchi qoʻshma loyihalarni hamkorlikda yaratish.

O'zaro samimiy muloqot ruhida kechgan uchrashuvda Klaus Mangold uyushmaning yurtimiz elektrotexnika sanoatini rivojlantirishdagi sayi-harakatlarini yuqori baholashini ta'kidlab, teng manfaatli yangi hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yilishi muhimligini bildirdi.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #xalqaro_hamkorlik #Germaniya #muzokara

📣 "O'zeltexsanoat" uyushmasi va "Mercedes-Benz" kompaniyasi o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi

"O'zeltexsanoat" uyushmasi "Marketing va tashqi iqtisodiy aloqalar" boshqarmasi ma'sul xodimlari, uyushmaga a'zo "Trust electronics", "Mega Electrokabel" korxonalari va Germaniyaning "Mercedes-Benz" kompaniyasi vakillari o'rtasida videokonferensaloqa formatidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda uyushma mutasaddilari, xorijiy kompaniya vakillariga uyushmaning faoliyati, maqsadi, unga a'zo korxonalar, yurtimiz elektrotexnika sanoatiga oid eng so'nggi yangiliklar va faktlar bo'yicha taqdimot qildilar.

"Mercedes-Benz" kompaniyasi vakillari avtomobil ishlab chiqarishda mis-sim va butlovchi qismlarga katta ehtiyojlari borligini, bu borada hamkorlik aloqalari o'rnatish bo'yicha muzokaralar olib borishga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.

Uchrashuv so'nggida, xorijiy kompaniya vakillariga uyushma korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar kesimidagi ma'lumotlar jo'natilishi va shu asosda navbatdagi muzokaralar tashkillashtirilishi belgilandi.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#biznes_forum #elektron_hukumat #germaniya #vades

Давлатимиз раҳбарининг Германия Федератив Республикасига ташрифи чоғида берилган топшириқлар ижроси юзасидан “Ўзэлтехсаноат” уюшмаси Vades Group корхонаси ҳамда Германиянинг Infineon Technologies AG компанияси билан ҳамкорликда “Электрон ҳукумат ҳужжатларининг афзалликлари: илғор хорижий тажриба ва тенденциялар” мавзусида халқаро бизнес-форум ўтказади.

13 сентябрь 2023 йил
соат 09:00

📍“Hyatt Regency Tashkent” меҳмонхонаси “Hyatt Regency Tashkent” меҳмонхонаси

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #hamkorlik #germaniya

🟢 Germaniyaning "Wilo Group" kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

➡️ Xabaringiz bor, ayni kunlarda Davlatimiz rahbari boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama hamkorlik muzokaralarini o'tkazish maqsadida Germaniyada amaliy tashrif bilan bo'lib turibdi.

➡️ Delegatsiya tarkibida bo'lgan "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov tashrif doirasida Germaniyaning "Wilo" kompaniyasi prezidenti Oliver Hermes bilan muzokaralar o'tkazdi.

➡️ Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o'rnatish, o'zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Qariyb 150 yillik tarixga ega, ushbu kompaniyaga 1872-yilda Dortmund shahrida asos solingan. Suv ta'minoti, isitish, sovutish, drenaj uy-joy uchun boshqaruv tizimlari kabi elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya dunyoning 15 ta davlatida asosiy zavodlariga ega.

➡️ "Wilo Group" koʻpmillatli texnologik kompaniya boʻlib, qurilish xizmatlari, suv xoʻjaligi va sanoat sektori uchun nasoslar va nasos tizimlarini yetkazib beruvchi dunyodagi yetakchi yetkazib beruvchilardan biridir. Dunyo bo'ylab 8,5 ming nafar xodimlarga ega kompaniyaning 2022-yildagi sof foydasi $ 1 mlrd 885 mln dollarni tashkil qildi.

➡️ Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik qilishdan birdek manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Germaniya #biznes_forum

⚡️ Toshkentda O‘zbekiston - Germaniya ishbilarmonlar kengashi doirasida Biznes-forum o‘tkazildi

➡️ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi bosh direktori Mixael Xarms hamraisligida o‘tgan Biznes-forumda ikki mamlakat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

➡️ O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, turli sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Manba

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #germaniya

🇩🇪Germaniya kansleri Olaf Sholts 15-17 sentyabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi.

➡️Bu Shotsning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi bo‘ladi va unga «Katta ishbilarmonlar delegatsiyasi» hamrohlik qiladi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Самарқанд шаҳридаги Конгресс марказида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Германия Федерал Канцлери Олаф Шольцнинг тор доирада ва делегациялар иштирокидаги музокаралари бўлиб ўтди.

В Конгресс-центре города Самарканда состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Федерального Канцлера Германии Олафа Шольца в узком формате и с участием делегаций.

#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Музокаралар якунида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Германия Федератив Республикаси Федерал Канцлери Олаф Шольц Қўшма декларацияни қабул қилдилар. Ташриф доирасида 8 та икки томонлама ҳужжат имзоланди.

По итогам переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Федеральный Канцлер Федеративной Республики Германия Олаф Шольц приняли Совместную декларацию. В рамках визита были подписаны 8 двусторонних документов.

#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Germaniya #PTB

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va Germaniyaning PTB instituti elektrotexnika sohasida sifatni oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari Germaniyaning nufuzli Fizika-texnika instituti (PTB) bilan uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

➡️ Uchrashuv davomida biznes subyektlari duch kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish va milliy sifat infratuzilmasi doirasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️ Tomonlar standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash institutlari kuchini birlashtirish orqali elektrotexnika sanoatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladilar.

➡️ Shuningdek, uchrashuvda elektrotexnika sohasida sifatni oshirishga qaratilgan “Calidena” metodologiyasini joriy etish masalasi ham muhokama qilindi.

➡️ Mazkur yondashuv sanoat korxonalariga milliy sifat infratuzilmasining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro talablar darajasiga moslashishda muhim vosita sifatida e’tirof etildi.

➡️ Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va loyiha doirasida belgilangan tashabbuslarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM